DIQQAT! AGAR SIZ SHAXSIY SAHIFA YARATAYOTGAN, SHAXSIY SAHIFANGIZGA YOKI “OK” IJTIMOIY YTARMOG‘IDAGI BOSHQA ISTALGAN LITSENZIAT SAHIFASIGA KIRAYOTGAN, YOKI UNGA JOYLASHTIRILGAN KONTENTNI YUKLAYOTGAN YOKI NUSXA KO‘CHIRAYOTGAN, YOKI IJTIMOIY TARMOQDAN BOSHQA USULDA FOYDALANAYOTGAN BO‘LSANGIZ, BU ORQALI LITSENZIYA KELISHUVINI QABUL QILASIZ VA UNING BARCHA SHARTLARIGA HECH QANDAY CHEKLOVLARSIZ FOYDALANISHGA ROZI EKANLIGINGIZNI TASDIQLAYSIZ.

Mazkur litsenziya kelishuvi (bundan buyon “Kelishuv”) “VK” MChJ, bundan keyin “Litsenziar” deb nomlanadi va Siz – Ijtimoiy tarmoq Litsenziati (keyinchalik “Litsenziat”) o‘rtasidagi Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga aloqador munosabatlarni tartibga soladi.

Ijtimoiy tarmoqdan foydalangan holda siz OK ijtimoiy tarmog‘ining https://ok.ru/privacy havola bo‘yicha joylashtirilgan Maxfiylik siyosatiga ham rozilik berasiz.

1. Joriy Kelishuvda foydalaniladigan terminlar

1.1. Ijtimoiy tarmoq – bu Internet tarmog‘ida quyidagi manzilda joylashtirilgan “OK” nomi ostida ma’lum bo‘lgan ijtimoiy tarmoq: (odnoklassniki.ru yoki ok.ru) va Litsenziatga sayt, saytning mobil versiyasi va kompyuter dasturi shaklidagi intellektual faoliyat natijasini o‘zida aks ettiruvchi boshqa resurslar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ijtimoiy tarmoq. Ijtimoiy tarmoq kompyuter va mobil qurilmalar uchun ijtimoiy tarmoq funksiyasini tashkil qilishning ma’lum bir natijasini olish maqsadiga mo‘ljallangan ma’lumot va buyruqlarning hamda hosil bo‘ladigan audio-vizual tasvirlar (uning tarkibiga kiruvchi grafik tasvir va foydalanuvchi interfeysi kiradi), (bundan keyin – ma’lumot va buyruqlar deb yuritiladi) umumlashtirilgan obyektiv shaklida taqdim etiladi. Ma’lumot va buyruqlar faollashtirilgan va faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan tashkil topadi.

Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lganda, Ijtimoiy tarmoq Litsenziatlarga Shaxsiy sahifalarni yaratish va boshqa Litsenziatlarning Shaxsiy sahifalari bilan tanishib chiqish, boshqa Litsenziatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kontekstli qidirish, boshqa Litsenziatlar bilan Shaxsiy xabarlar almashish, guruhlar va uyushmalar yaratish hamda oldindan mavjud bo‘lgan guruhlar va uyushmalarga qo‘shilish, suratlar va boshqa kontentni joylashtirish, nusxalash va yuklash, Ijtimoiy tarmoqning boshqa funksional imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ma’lumot va buyruqlardan (faollashtirilgan va faollashtirilmagan) foydalanish huquqi Litsenziar tomonidan Litsenziatga ushbu Kelishuvda ko‘rsatilgan shartlar asosida taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqni ishlatish va unga xizmat ko‘rsatish, jumladan texnik va tashkiliy hamroxlik qilish faqat Litsenziar tomonidan amalga oshiriladi va Litsenziatga huquqlarni taqdim etish imkoniyati bilan ta’minlovchi uning majburiyatidan (ushbu Kelishuvning 5-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda) iboratdir. Litsenziatlarning Ijtimoiy tarmoqdagi ishtiroki interaktiv (onlayn) rejimda Litsenziatni Internet tarmog‘iga ulash orqali amalga oshiriladi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa, alohida yoki umumiy qilib olingan kompyuter uchun mo‘ljallangan dastur va uning tarkibiy qismi, shuningdek, u hosil qiladigan audio-vizual elementlar uchun zarur bo‘lgan hajmdagi huquq egasi hisoblanadi, Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziar tomonidan joylashtirilmagan Kontent bundan mustasno, chunki bu elementlarning mualliflik huquqi uchinchi tomonga tegishli bo‘lishi mumkin. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning ishlatilishi, boshqarilishi va tarqatilishini ta’minlaydigan hududlarda uni tarqatishni amalga oshirish huquqiga ega.

1.2. Litsenziar – bu “VK” Mas’uliyati Cheklangan Jamiati bo‘lib, u Litsenziatga litsenziya shartlari asosida Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini taqdim etadi va Ijtimoiy tarmoqni ommaga yetkazish, tarqatish, boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ma’muriy ishlarni amalga oshiradi. Litsenziar ushbu Kelishuvni tuzayotgan tomonlaridan biri hisoblanadi.

1.3. Litsenziat – bu Ijtimoiy tarmoq ishtirokchisi hisoblangan, ushbu Kelishuvni tuzish huquqi va qobiliyati mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs, unga ushbu Kelishuv asosida Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqi taqdim etiladi. Litsenziat ushbu Kelishuvni tuzayotgan tomonlaridan biri hisoblanadi.

1.4. Kontent – Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan dizayn, illyustratsiya elementlari, grafik tasvirlar, surat, ssenariy, matn, video, musiqa, ovoz va foydalanish huquqi Litsenziar, Litsenziat yoki boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan intellektual faoliyat natijasi hisoblangan boshqa obyektlar.

1.5. Ilova – bu Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziar yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan joylashtirilgan, kompyuter uchun mo‘ljallangan dasturlar (o‘yinlar, elektron xizmat va boshqalar) yoki ularning elementlari, ular Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoq doirasida Ijtimoiy tarmoqning asosiy funksiyalariga qo‘shimcha ravishda ishlatilishi mumkin. Litsenziatning Ilovalardagi ishtiroki uchinchi tomon bilan tuzilgan alohida kelishuv shartlari asosida amalga oshiriladi.

1.6. Shaxsiy sahifa – bu Ijtimoiy tarmoq bo‘limi bo‘lib, unda boshqa Litsenziat tanishib chiqishi mumkin bo‘lgan Litsenziat hisob qaydnomasiga joylashtirilgan ma’lumotlarning bir qismi (jumladan, Litsenziat talabi asosida, surat, do‘stlar, status, guruh, uyushma va boshqalar haqidagi ma’lumotlar). Shaxsiy sahifa Litsenziat tomonidan Shaxsiy xabarlarni almashish, boshqa Litsenziatlarni do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shish va boshqa amallarni bajarish maqsadida foydalaniladi. Shaxsiy sahifaga kirish imkoniyati Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqning funksiyalari doirasida yoki Litsenziar tomonidan joriy Kelishuv shartlari asosida cheklanishi mumkin.

1.7. Litsenziat hisobi (Hisob) – bu Litsenziat hisobi bo‘lib, u Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tayotganda, yaratiladi va Litsenziarga har bir Litsenziatni ro‘yxatga olish va unikal login va parol yordamida Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini taqdim etish imkonini beradi. Hisobga kirish uchun ishlatiladigan login va parol Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Litsenziat tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va ushbu Kelishuv yoki Ijtimoiy tarmoq sahifasidagi “Yordam” bo‘limida belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.

1.8. Shaxsiy xabarlar – bu bir Litsenziat tomonidan boshqasiga yuboriladigan elektron xabar bo‘lib, ular boshqa foydalanuvchilarga ko‘rsatilmaydi, ularni yuborish va olish Litsenziatning Shaxsiy sahifasi yordamida amalga oshiriladi.

1.9. Mukofot – bu Litsenziarga Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan ushbu Kelishuvda belgilangan doirada foydalanish huquqini taqdim etganligi uchun to‘lanadigan to‘lov. Mukofot miqdori Litsenziar tomonidan belgilanadi va Litsenziatga foydalanish huquqi beriladigan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlar hajmidan kelib chiqadi.

Ijtimoiy tarmoq qoidalarida faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olishning boshqa shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Litsenziat berilgan qoidalar bilan Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limi bilan tanishib chiqing.

1.10. Litsenzion kelishuv – Litsenziar va Litsenziat o‘rtasida tuziladigan ushbu Kelishuv matni bo‘lib, unda Ijtimoiy tarmoqdan, shuningdek, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish haqidagi litsenziya kelishuvining barcha zaruriy va asosiy shartlari berilgan. Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlariga, jumladan, “Yordam” bo‘limiga, saytning mobil versiyasiga va Litsenziar ilovasiga joylashtirilgan, Litsenziat uchun o‘zini tutish qoidalari yoki Litsenziat tomonidan ma’lum bir amallarni bajarish qoidalari, shuningdek, Mukofot to‘lovi shartlari va Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishning boshqa qoidalari joriy Kelishuvning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.

2. Bu Kelishuvga qo‘shilish shartlari

2.1. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni boshlashdan oldin Litsenziat ushbu Kelishuv, bundan tashqari, Ijtimoiy tarmoqqa qo‘llaniladigan Ijtimoiy tarmoq qoidalari va Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlariga joylashtirilgan boshqa hujjatlar bilan tanishib chiqishi lozim.

2.2. Kerakli maydonlar to‘ldirilgandan va mazkur Kelishuv bilan tanishib chiqqandan keyin Litsenziat “Ro‘yxatdan o‘tish” va shunga o‘xshash tugmani bosgan holda usubu Kelishuvga qo‘shiladi (qabul qiladi), bu Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksining 435 va 438-moddalarida nazarda tutilgan Litsenziar ofertasini qabul qilganini (aksept) anglatadi, bu esa Litsenziatga Kelishuv shartlariga, shuningdek, qo‘llaniladigan Ijtimoiy tarmoq qoidalariga rioya qilish majburiyatini yuklaydi.

2.3. Ijtimoiy tarmoqdan Hisobni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, ro‘yxatdan o‘tishsiz foydalanish mumkin bo‘lgan shaklda va hajmda foydalanish ham mazkur Kelishuv qabul qilinishini anglatadi.

2.4. Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan holda Litsenziat qo‘llaniluvchi qonunchilikka ko‘ra yo‘l qo‘yiluvchi ro‘yxatdan o‘tish yoshiga to‘lganligini va/yoki qo‘llaniluvchi qonunchilikka to‘liq muvofiq holda, jumladan ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka amal qilish maqsadida barcha kerakli roziliklarni (masalan, ota-onalardan) olganligini tasdiqlaydi, aks holda Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish taqiqlanadi.

3. Kelishuv predmeti

3.1. Mazkur Kelishuv orqali Litsenziar Litsenziatga oddiy, maxsus bo‘lmagan litsenziya shartlari asosida Ijtimoiy tarmoqdan, shuningdek, joriy Kelishuv doirasida faollashtirilgan va faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etadi.

3.2. Litsenziatga faollashtirilgan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi bepul taqdim etiladi.

3.3. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi esa Litsenziatga Mukofot evaziga, agar uni olish uchun boshqa uslub ko‘rsatilmagan bo‘lsa, taqdim etiladi.

4. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish chegaralari

4.1. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan quyidagi usullarda foydalanish huquqiga ega:

4.1.1. ijtimoiy tarmoq funksiyalaridan foydalanish, shuningdek, Hisob va Shaxsiy sahifa yaratish orqali Ijtimoiy tarmoqni shakllantirishda ishtirok etish va shunday ishtirok vaqtida ma’lumot va Kontentni joylashtirish va qayta ishlash, bu Kelishuvda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda boshqa Litsenziatlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish orqali Ijtimoiy tarmoq tarkibi va Hisobning shaxsiy parametrlarini o‘zgartirish;

4.1.2. ijtimoiy tarmoqqa shaxsiy foydalanish uchun joylashtirilgan ma’lumot va Kontent shaklidagi elementlardan shaxsiy kompyuter yoki mobil qurilma xotirasiga saqlash (yuklab olish) orqali ijro ettirish. Kontent elementi boshqa Litsenziat yoki uchinchi tomonning mualliflik huquqi obyekti yoki shaxsiy rasm (surat) hisoblangan holatlarda, Litsenziat ularni ijro ettirish uchun mualliflik huquqi egalarining roziligini olishga majbur;

4.2. Litsenziatga quyidagilar ta’qiqlangan:

4.2.1. ijtimoiy tarmoqning mualliflik huquqi Litsenziar, boshqa Litsenziat yoki uchinchi tomonga tegishli bo‘lgan elementlarni bunday harakatlarni bajarishga mualliflik huquqi egalarining roziligisiz, tijorat yoki notijorat maqsadlarda ijro ettirish, tarqatish, qayta ishlash;

4.2.2. saytlarni yaratish yoki Internetda yoki undan tashqarida istalgan tijorat faoliyatini olib borishda dizayn yoki Ijtimoiy tarmoq interfeysi elementlarini qo‘yish;

4.2.3. ijtimoiy tarmoq ichida/tashqarisida audio-vizual tasvirlarni va Ijtimoiy tarmoqda mavjud bo‘lgan boshqa Litsenziatlar ma’lumotlarini ushbu Litsenziatlar ruxsatisiz tijorat yoki notijorat maqsadlarda tarqatish;

4.2.4. litsenziatga taqdim etilgan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini ikkilamchi litsenziya tuzish orqali yoki boshqa usulda boshqa Litsenziat yoki uchinchi tomonga taqdim etish;

4.2.5. mazkur Kelishuvda (5-bo‘lim) mustahkablab qo‘yilgan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish qoidalarini buzish.

5. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish qoidalari

5.1. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish uchun Litsenziat Hisob yaratish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Ijtimoiy tarmoqqa kirish uchun Litsenziat tomonidan unikal hisob ma’lumotlari – login va parol yaratiladi, ular maxfiy ma’lumot hisoblanadi va ularni oshkor qilish mumkin emas, amaldagi qonunchilik va/yoki mazkur Kelishuvda belgilangan holatlar bundan mustasno. Litsenziat Hisobining paroli yo‘qolgani sababli u bilan firibgarlik va boshqa noqonuniy harakatlar amalga oshirilish tahdidi uchun Litsenziatning o‘zi javobgar hisoblanadi. Litsenziatga parolni uchinchi tomon topib olmasligi uchun yetarli darajada murakkab bo‘lgan parolni tanlash tavsiya etiladi.

5.1.1. Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish va/yoki avtorizatsiya qilishni Ekosistema VK vositasi bo‘lgan VK ID dan foydalanib amalga oshirish mumkin. Ekosistema VK foydalanuvchilar, Ekosistemaga kiruvchi Servislar va foydalanuvchilar uchun odatiy bo‘lgan servislardan foydalanish qulayligini oshirishga mo‘ljallangan maxsus vositalarning o‘zaro aloqa qilishi uchun umumiy maydondan iboratdir. “V Kontakte” MchJ tomonidan taqdim etiluvchi VK ID vositasi (OGRN 1079847035179, joylashgan joy manzili: 191024, Sankt-Peterburg, Xersonskaya ko‘ch., 12–14-uy, lit. A, 1-N bino) VK Ekosistemaning Foydalanuvchi bilan kelishuvlarini bajarish maqsadlarida Foydalanuvchini Servislarda ro‘yxatga olish va/yoki avtorizatsiya qilishni amalga oshirishga imkon beradi, Foydalanuvchining VK Ekosistemadagi akkauntini yaratish va ushlab turish funksiyasini bajaradi, Foydalanuvchiga VK Ekosistemadagi akkaunt ma’lumotlarini yagona xavfsiz boshqarish hamda Foydalanuvchining VK Ekosistemadagi akkauntida Foydalanuvchi uchun kerakli Servislarni ulash yoki o‘chirib qo‘yish funksiyalarini taqdim etadi. VK ID vositasida Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish va/yoki avtorizatsiya qilish Internet tarmog‘iga https://id.vk.com/terms manzilga ochiq kirish huquqida joylashtirilgan VK Ekosistemaning Foydalanuvchi bilan kelishuvi va https://id.vk.com/privacy manzilga ochiq kirish huquqida joylashtirilgan VK Ekosistema Maxfiylik siyosati, ushbu Kelishuv va Maxfiylik siyosatiga rozilikni anglatadi.

5.2. Litsenziatning hisob ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar Litsenziar tomonidan ushbu Kelishuv shartlarini bajarish maqsadida OK Ijtimoiy tarmog‘ining quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan shartlar va tartibda qayta ishlanadi: https://ok.ru/privacy.

5.3. Hisob ro‘yxatga olingandan so‘ng, Litsenziat Hisob, Shaxsiy sahifa va Ijtimoiy tarmoqning boshqa elementlarini Kontent bilan to‘ldirish, taqdim etilgan funksiyalar asosida surat va boshqa materiallarni qo‘shish, uyushmalarga qo‘shilish va Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqdan mazkur Kelishuvga rioya qilgan holda foydalanish sharti bilan taqdim etilgan boshqa funksiyalardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

5.4. Litsenziat, jumladan, ro‘yxatdan o‘tish va Ijtimoiy tarmoq standart funksiyalaridan foydalanish hamda Litsenziatga taqdim etilgan Ijtimoiy tarmoq funksiyalari doirasida o‘z Shaxsiy sahifasining maxfiyligi va ko‘rinuvchanligi sozlamalarini tanlash yo‘li bilan shartlarni belgilaydi va cheklanmagan shaxslar doirasiga o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish huquqini taqdim etadi. Litsenziar Litsenziatning bunday tanlovini boshlamaydi va unga ta’sir qilmaydi hamda Litsenziatdan uning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatishga ruxsat olishni maqsad qilmaydi. Litsenziat tomonidan cheklanmagan shaxslar doirasiga berilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash huquqi Litsenziar tomonidan Kelishuv asosida va uning shartlariga ko‘ra amalga oshiriladi.

5.5. Hisobini oldinroq ro‘yxatdan o‘tkazgan Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqqa kirishi har gal shaxsni tasdiqlash jarayoni – Litsenziatning login va parolini kiritish, cookie-fayllar texnologiyasi va Litsenziar ruxsat bergan boshqa usullar yordamida amalga oshirilgan shaxsni avtomatik tasdiqlash natijasida e-pochta orqali olingan giperhavolalarga o‘tish orqali amalga oshiriladi.

5.6. Ijtimoiy tarmoqda haqiqiylik tekshiruvidan o‘tgan shaxs, foydalanish va boshqarish huquqi shunday tekshiruv natijasida, agar boshqasini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, olingan Hisob tegishli bo‘lgan foydalanuvchi hisoblanadi.

5.7. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotganda Litsenziatni Ijtimoiy tarmoqda shaxsini tasdiqlash, shuningdek, Ijtimoiy tarmoqqa tashrif buyurish kabi statistik ma’lumotlarni to‘plash maqsadida cookie-fayllar texnologiyasi qo‘llanishi mumkin.

5.8. Litsenziat brauzerning tegishli parametrlarini qo‘llash orqali cookie-fayllar texnologiyasidan foydalanishni cheklashi yoki butunlay ta’qiqlab qo‘yishi mumkin.

5.9. Parol yo‘qolgani, Hisob bloklangani va boshqa sabablarga ko‘ra haqiqiylik tekshiruvidan imkoni bo‘lmagan hollarda, Litsenziat Litsenziar yordam xizmatiga murojaat qilish yoki Ijtimoiy tarmoqning “Yordam” yoki boshqa bo‘limlarida berilgan ko‘rsatmalarni bajarish huquqiga ega. Hisobga kirish imkoniyatini tiklash, Litsenziat shaxsini tasdiqlash usullari Litsenziar tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi, bekor qilinishi yoki qo‘shilishi mumkin.

5.10. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning kechayu kunduz ishlashini ta’minlash uchun tijorat jihatidan asoslangan chora-tadbirlarni qo‘llaydi, lekin texnik nosozliklar, olib borilgan profilaktika ishlari sababli uzilishlar bo‘lmasligiga, shuningdek, Ilovaning to‘liq yoki qisman ishlashiga kafolat bermaydi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yoki uning istalgan elementlari kelajakdagi aniq bir vaqtda ishlashi yoki ishlashdan to‘xtashiga kafolat bermaydi.

5.11. Ijtimoiy tarmoq, jumladan, ssenariy, Ilova, Kontent va uning bezatilishi, mobil versiyani “o‘zgarishlarsiz” o‘zida aks ettiradi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yoki uning elementlari ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun mos kelishini hech qanday kafolat bermaydi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yoki uning elementlaridan foydalanishdan maxsus natijalar olinishiga kafolat bera olmaydi va bunga va’da bermaydi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa boshqa Litsenziatlar tomonidan Litsenziatning odob va ahloq haqidagi o‘z qarashlari asosida joylashtirilgan Kontent va Ilovaning mosligiga kafolat bermaydi.

5.12. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda Litsenziat Kontentga nisbatan, ayniqsa, boshqa Litsenziat tmonidan joylashtirilgan Kontentga, boshqa material va ma’lumotlarga qattiq e’tibor qaratishi lozim; zararli dasturning Litsenziat kompyuteriga salbiy ta’sir ko‘rsatish, Hisobga ruxsatsiz kirish, parolni o‘g‘irlash va Litsenziat uchun salbiy bo‘lgan boshqa oqibatlarning oldini olish uchun Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan giperhavolalarga o‘tishda, istalgan fayl, shuningdek, dasturiy ta’minotdan foydalanishda.

5.13. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqqa Kontentni joylashtirish orqali Litsenziarga Kontentdan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan maqsadlarda foydalanish huquqini taqdim etadi. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqqa Kontent joylashtirgan holda boshqa Litsenziatlarga ko‘rish, o‘ynatish (jumladan, nusxalash) yo‘li undan faqat Ijtimoiy tarmoq taqdim etadigan funksiyalar doirasida foydalanishga bo‘lgan favqulodda bo‘lmagan huquqni hamda faqat tijoriy bo‘lmagan shaxsiy maqsaddagi boshqa huquqlarni beradi, bundan foydalanish huquq egasining qonun bilan himoya qilinuvchi manfaatlariga zarar yetkazadigan hollar bundan mustasno. Litsenziat Shaxsiy sahifaga GIF-tasvirlarni hamda Ijtimoiy tarmoqning otkritkalar yaratish funksiyalariga ega bo‘lgan ochiq guruhlarida fotosuratlar va GIF-tasvirlarni joylashtirgan holda boshqa Litsenziatlarga bunday fotosuratlar va GIF-tasvirlardan Ijtimoiy tarmoqda otkritkalar yaratish va yo‘naltirish uchun foydalanish huquqini beradi. Otkritkalar yaratish funksiyalarini boshqarish bilan https://ok.ru/help/kak-ogranichit-sozdanie-otkrytok manzili orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

5.14. Litsenziat Kontent va Litsenziar, Litsenziat va boshqa mualliflik huquqi egalarining intellektual faoliyati natijasi hisoblangan boshqa tarkibni mualliflik huquqi egalari roziligisiz va/yoki bunday harakat uchun yetarli bo‘lgan hajmdagi huquqsiz yuklash yoki boshqa usulda barchaga oshkor qilish (Ijtimoiy tarmoqqa joylash, Ijtimoiy tarmoq doirasida e’lon qilish) huquqiga ega bo‘lmaydi.

5.15. Litsenziar roziligisiz Ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlarni tijorat maqsadlarida qo‘yish, nusxa olish, to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, uzatish va/yoki Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlar bazalarini tijorat yoki notijorat maqsadlarda chiqarib olish yoki undan to‘liq yoki qisman foydalanishga ruxsat berilmaydi. Litsenziar roziligisiz ma’lumotlarni to‘plash uchun avtomatlashtirilgan ssenariylardan (dastur, bot, kraulerlar va boshqa avtomatik ma’lumot to‘plash vositalari) foydalanish va (yoki) Ijtimoiy tarmoq bilan aloqa qilish taqiqlanadi.

5.16. Shaxsiy sahifa Litsenziatning o‘zi tomonidan o‘chirib tashlangan hollarda o‘chirib tashlangandan keyin 183 kun ichida shaxsiy sahifani tiklash imkoniga ega bo‘ladi.

5.17. Litsenziat Akkauntga yoki o‘zi administratori bo‘lgan hamjamiyat/guruhga Internet tarmog‘ida manzillashda tartib raqami id ning o‘znini oluvchi qisqa (domenosti) nomni berishga haqli. Domenosti nom sifatida foydalanilishi ushbu Litsenziya shartnomasi, tegishli qonunchilik va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan taqiqlangan so‘zlar va nomlardan, jumladan, biroq faqat shular bilan cheklanib qolmasdan, ahloqsiz so‘zlar, tovar belgilari sifatida ro‘yxatga olingan nomlar (MKTU sinfidan qat’iy nazar), firma nomlari va tijoriy belgilar (agar Litsenziatda ularga nisbatan mutloq huquqlar bo‘lmasa) tanlanishi mumkin emas. Ushbu shartlarning buzilishi aniqlangan hollarda Litsenziar Litsenziatga u tomonidan berilgan domenosti nomidan foydalanish, jumladan, tegishli hollarda undan foydalanish huquqini tegishli shaxsga (huquq egasining vakiliga) berishni taqiqlash huquqiga ega.

5.18. Akkauntdan yoki uyushma/guruhdan 1 (bir) yil va undan ortiq vaqt davomida foydalanilmagan (ularda harakarlar bo‘lmagan) hollarda Litsenziar sahifaning qisqa (domenosti) nomini bunday nomdan boshqa Litsenziat tomonidan keyingi foydalanilishi uchun ozod qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda bunday Akkaunt yoki uyushma/guruhga sahifaning oddiy tartib raqami id biriktiriladi.

5.19. Tovar belgisi, firma nomi, tijoriy belgi, ommabop taxallus, ism, nomdan domenosti nom sifatida foydalanilgan hollarda Litsenziar Litsenziatdan bunday nomdan foydalanishning qonuniyligining hujjatli tasdig‘ini (tegishli hollarda) so‘rash huquqiga ega.

6. Litsenziarning huquq va majburiyatlari

6.1. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning joriy boshqaruvini olib boradi, uning tuzilishi, tashqi ko‘rinishini aniqlashtiradi, mazkur Kelishuv shartlari buzilganda, Litsenziatlarning Ijtimoiy tarmoqqa kirishini cheklaydi yoki ruxsat beradi, o‘ziga tegishli bo‘lgan boshqa huquqlarni amalga oshiradi. Litsenziat Litsenziarning Ijtimoiy tarmoq doirasida joylashtirilgan Kontent ko‘rsatilishini ta’minlovchi, shuningdek, reklamani ko‘rsatish maqsadida dasturiy vositalarning (audio/video-pleyer) funksional va texnik imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishiga rozilik beradi.

6.2. Litsenziatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini taqdim etishda, jumladan, Litsenziatlarga u yoki bu harakatni Ijtimoiy tarmoq doirasida mustaqil ravishda amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishda, Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yordamida bunday o‘zaro aloqaning texnologik imkoniyatini tadim etgan tomon sifatida ishtirok etadi. Litsenziatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot, grafik tasvirlar va boshqa materiallarni Internet tarmog‘i va Ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minoti orqali uzatish, saqlash va ularga kirish imkoniyatini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zaro aloqa bunday materiallarni o‘zgartirmasdan yoki Litsenziar tomonidan ularning tarkibiga ta’sir ko‘rsatmasdan amalga oshiriladi.

6.3. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa reklama joylashtirish tartibi, hamkorlik dasturlarida ishtirok etish va boshqa masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi.

6.4. Litsenziar quyidagi huquqlarga egadir:

6.4.1. istalgan vaqtda Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchi interfeysi va bezatilishini, uning tarkibini, Ijtimoiy tarmoqning taqdim etilgan funksiyalari tarkibini o‘zgartirish, ishlatiladigan ssenariy, dasturiy ta’minot, Litsenziar Kontenti va Ijtimoiy tarmoqda ishlatiladigan yoki saqlanadigan boshqa obyektlar, istalgan Ilova va server ilovalarini Litsenziatga bildirishnoma yuborish yoki yubormasdan o‘zgartirish yoki to‘ldirish;

6.4.2. istalgan Kontentni, jumladan, Litsenziar fikriga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi qonunini (amaldagi qonunni), mazkur Kelishuv nizomini, boshqa Litsenziat yoki uchinchi tomon huquqlarini buzayotgan va/yoki buzishi, ularga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish va/yoki xavfsizlik tahdidini yaratishi mumkin bo‘lgan Kontentni sabab va ogohlantirishsiz o‘chirib tashlash;

6.4.3. o‘z xohishiga qarab istalgan ma’lumotni (Litsenziatning Shaxsiy xabarlari, Litsenziat suratlari, statusi, boshqa ma’lumot va materiallarni o‘z ichiga olgan holda), shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunini (amaldagi qonunni) va/yoki mazkur Kelishuv shartlarini buzgan holda Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma’lumotlarni o‘chirib tashlash;

6.4.4. Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqning barcha yoki bir nechta bo‘limiga va/yoki Ijtimoiy tarmoq elementlari, shaxsiy sahifa, Ijtimoiy tarmoq uyushmalari, guruhlari, Ijtimoiy tarmoq funksiyalari, shuningdek, faollashtirilgan va faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlarga kirish imkoniyatini to‘xtatib turish, cheklash yoki to‘xtatish, Litsenziat tomonidan yaratilayotgan uyushma va guruhlarni istalgan vaqtdan sababini ko‘rsatmasdan o‘chirib tashlash, agar amaldagi qonunchilikda boshqa talablar belgilanmagan bo‘lsa;

6.4.5. o‘z xohishiga qarab, jumladan Litsenziat tomonidan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini (amaldagi qonunchilikni) yoki mazkur Kelishuv shartlari buzilishi holatlarida Litsenziat Hisobini o‘chirib tashlash;

6.4.6. to‘lov evaziga Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan mazkur Kelishuvda va Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlari va/yoki Ijtimoiy tarmoq elementlari orqali, jumladan, Ilovalarda ko‘rsatib o‘tilgan shartlar asosida foydalanish imkoniyatini taqdim etish;

6.4.7. Litsenziatdan (va/yoki Litsenziar hamkorlaridan/vositasida) Litsenziarlarga reklama-axborot yoki yangilik ko‘rinishidagi xabarlarni, jumladan, e-mail, sms-tarqatmalar, Ijtimoiy tarmoq Ilovasidagi push-bildirishnomalar vositasida yoki boshqa mavjud usul orqali tarqatishni amalga oshirish.
Bunda Litsenziat Ijtimoiy tarmoqda Foydalanuvchining Qayd yozuvini yaratganidan keyin istalgan vaqtda sabablarini tushintirmasdan quyidagi usullarda reklama xabarlarini rad qilishi mumkin:
1) Foydalanuvchi mobil qurilmasi sozlamalarini o‘zgartirish (zarur hollarda iOS https://ok.ru/help/3/18/4955 yoki Android https://ok.ru/help/3/18/4956 uchun ko‘rsatmalardan foydalaning) – Ijtimoiy tarmoq Ilovasidagi push-bildirishnomalarga nisbatan,
2) Hisobda (Ijtimoiy tarmoq saytidagi “Bildirishnomalar va ogohlantirishlar” bo‘limida “Sozlamalar” da yoki shunchaki https://ok.ru/settings/notifications havolasi bo‘yicha o‘tish orqali hamda Ijtimoiy tarmoq Ilovasidagi “Bildirishnomalar va ogohlantirishlar” bo‘limida “Sozlamalar” da sozlamalarni o‘zgartirish) – Ijtimoiy tarmoqdagi hodisalar to‘g‘risidagi bildirishnomalarga nisbatan,
3) istalgan reklama xati ichidagi “Obunani bekor qilish” tugmasini bosgan holda – e-mail xabarlarga nisbatan.

6.4.8. ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotganda Litsenziatlarga mazkur Kelishuv shartlariga Litsenziat tomonidan rioya qilinmayotgani haqida tanbeh berish, ularni ogohlantirish, bildirishnoma yuborish, xabar berish. Litsenziatga Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish vaqtida berilgan Litsenziar ko‘rsatmalari Litsenziat tomonidan bajarilishi shart;

6.4.9. ijtimoiy tarmoqda o‘z intellektual huquqini himoya qilish uchun qonunda ta’qiqlanmagan chora-tadbirlarni qo‘llash;

6.4.10. Litsenziatlarga axborot (servis) xabarlarini (bildirishnomalarini) e-pochta, sms-tarqatmalar, Ijtimoiy tarmoq Ilovasidagi push-bildirishnomalar, Ijtimoiy tarmoq funksiyalari yordamidagi tarqatmalar, veb-brauzer yoki boshqa mavjud usulladan foydalangan holda tarqatilishini amalga oshirish;

6.4.11. Litsenziatga Ijtimoiy tarmoqda xabarlar yuborish yo‘li bilan Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqda amalga oshirilgan xaridlar (jumladan, Mukofotlar to‘lashda) to‘g‘risidagi cheklarni yuborish.

6.5. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa o‘z Ilovasini Litsenziar roziligi bilan joylashtirgan Litsenziat va uchinchi tomon o‘rtasida yuzaga kelgan bahsli va nizoli vaziyatlarni o‘rganib chiqish va hal qilish bilan shug‘ullanmaydi, bunday Ilovalar Litsenziatlar tomonidan ishlatilganda, o‘z xohishiga ko‘ra yuzaga kelgan nizoli vaziyatni bartaraf etishga yordam berishi mumkin. Boshqa Litsenziat(lar)dan ushbu Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqdagi noqonuniy yoki noto‘g‘ri hatti-harakati haqidagi shikoyatlarni olganda, Litsenziar ushbu Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish imkoniyatini (Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqi amallari) to‘xtatib qo‘yish, cheklash yoki butunlay to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi.

6.6. Litsenziar quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

6.6.1. mazkur Kelishuvda keltirilgan shartlar asosida Litsenziatga Ijtimoiy tarmoqdan, jumladan, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan mazkur Kelishuv doirasida foydalanish huquqini taqdim etish;

6.6.2. ma’lumotlarni Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilish yoki xabarlarni tarqatish orqali Litsenziatga joriy Kelishuv shartlari o‘zgartirilganligi haqida xabar berish.

7. Litsenziatning huquq va majburiyatlari

7.1. Litsenziat quyidagi huquqlarga ega:

7.1.1. Hisob va Shaxsiy sahifadagi sozlamalarni ishlab chiqish, Hisobga kirish uchun ishlatiladigan parolni almashtirish;

7.1.2. Litsenziat Hisobida o‘zi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish, surat, statusni qo‘shish, boshqa Litsenziatlar suratlari va statuslarini baholash va ularga sharh qoldirish;

7.1.3. Litsenziatlar uyushmalarida, shuningdek, Litsenziatga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va qidiriladigan Litsenziat Shaxsiy sahifasiga joylashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra boshqa Litsenziatlarni qidirishni amalga oshirish;

7.1.4. Shaxsiy sahifani Litsenziat tomonidan o‘zining Shaxsiy sahifasi doirasida ko‘rsatilgan telefon raqami bo‘yicha boshqa Litsenziatlarga tavsiya qilish imkoniyatlari sozlamalarini o‘zgartirish;

7.1.5. yangi uyushmalar, guruhlar yaratish va mavjudlariga qo‘shilish, Ijtimoiy tarmoq va Ilova funksiyasidan foydalanish va ularga Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limida berilgan guruhli kontentga bo‘lgan talablari asosida materiallarni joylashtirish;

7.1.6. Shaxsiy xabarlarni yuborish va olish, forumga xabarlar qo‘shish;

7.1.7. boshqa Litsenziatlarning Shaxsiy sahifalariga joylashtirilgan suratlarni moderatsiyalash. Mazkur huquqqa Hisobning tegishli sozlamalarini o‘zgartirish orqali moderatsiyaga obuna bo‘lgan Litsenziat egalik qilishi mumkin;

7.1.8. faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olish hamda bu huquqlardan amaldagi Kelishuv shartlari asosida foydalanish;

7.1.9. Rossiya Federatsiyasi qonunlarida (amaldagi qonunchilikda) yoki Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish bilan bog‘liq mazkur Kelishuvda ta’qiqlanmagan;

7.1.10. Litsenziat mobil qurilmasidagi Ijtimoiy tarmoq ilovasiga Litsenziat ma’lumotlariga, ya’ni Litsenziat joylashgan joy, Ijtimoiy tarmoq ilovasi hamda Litsenziatning mobil qurilmadagi telefon daftarchasidagi kontaktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga (batafsil ma’lumotlar 6.1.7–6.1.8-bandlar. OK ijtimoiy tarmog‘i Maxfiylik siyosati) Litsenziatga shasiy maqsadlar uchun Ijtimoiy tarmoqda telefon daftarchasini yuritish imkoniyatini taqdim etish maqsadida hamda unga Ijtimoiy tarmoqdagi boshqa Litsenziatlarni tavsiya qilish uchun kirishga ruxsat berish.

7.2. Litsenziat quyidagi majburiyatlarga ega:

7.2.1. mazkur Kelishuv shartlariga hech qanday cheklovlarsiz amal qilish;

7.2.2. Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatda o‘tayotganda va Hisobni yaratayotganda haqiqiy ma’lumotlarni taqdim etish;

7.2.3. mazkur Kelishuvning 4-bo‘limida berilgan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish cheklovlaridan oshib ketmaslik;

7.2.4. Ijtimoiy tarmoq yoki uning biron-bir elementiga nisbatan Litsenziar mualliflik huquqini buzmaslik, jumladan, Litsenziat Litsenziarning yozma roziligisiz Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan materiallardan (matnli, grafik, audi-video) nusxa ko‘chirish, ularni efirga uzatish, arqatish, e’lon qilish va boshqa qandaydir usulda tarqatish va qayta yaratish huquqiga ega emas;

7.2.5. uning o‘z Hisobi va Shaxsiy sahifasi xavfsizligini ta’minlovchi va ularga uchinchi tomonning ruxsatsiz kirishining oldini oluvchi (jumladan, cookie-fayllar texnologiyasidan foydalanganda, Litsenziat qurilmasidan uchinchi tomon foydalanishi mumkin bo‘lganda, parol brauzerda saqlanmaganligini nazorat qilish) kerakli chora-tadbirlarni mustaqil ravishda qo‘llash;

7.2.6. Litsenziarning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga oid ko‘rsatmalarini bajarish, jumladan, Litsenziar tomonidan Litsenziat yoki Ijtimoiy tarmoqdagi Litsenziatlar guruhiga foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazida (Litsenziatlarning), Ijtimoiy tarmoqning yangiliklar bo‘limida, Litsenziar forumida berilgan ko‘rsatmalarni bajarish. Litsenziat tomonidan bunday ko‘rsatmalar bajarilmagan holatlarda Litsenziar Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini, jumladan, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini, to‘xtatib turishi, cheklashi yoki butunlay to‘xtatishi mumkin;

7.2.7. bu Kelishuvni tuzganligi va unga amal qilishi kerakligi sababli Litsenziar talabiga ko‘ra, hisob ma’lumotlarini, jumladan, familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlarni tasdiqlash;

7.2.8. Litsenziatdan boshqa shaxslar tasviri tushirilgan suratlarni ularning roziligisiz joylashtirish, RF FK 152.1.-moddasiga yoki RF FK yoki boshqa tegishli qonunchilikka ko‘ra bunday rozilik talab qilinmaydigan hollar bundan mustasno;

7.2.9. Litsenziarga Ijtimoiy tarmoqda Litsenziatga nisbatan haqoratli, kamsituvchi, va boshq. sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan barcha holatlar bo‘yicha xabar berish;

7.2.10. oldindan mavjud bo‘lgan uyushmalar o‘rniga yangi uyushmalarni (maktab, kollej, oliy o‘quv yurti, harbiy qism, ish joyi, dam olish joyi) yaratmaslik;

7.2.11. Internetdagi https://ok.ru/regulations manzilida mazkur Kelishuv mazmuni bilan doimiy ravishda tanishib borish va unga kiritilgan o‘zgartirishlarni kuzatib borish;

7.2.12. mazkur Kelishuvda ko‘rsatilgan va/yoki Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlariga joylashtirilgan boshqa talablarga rioa qilish va boshqa majburiyatlarni bajarish.

7.3. Litsenziat ushbu Kelishuvni imzolash uchun zarur bo‘lgan barcha vakolatlarga va qobiliyatlarga ega ekanligini kafolatlaydi.

7.4. Litsenziatga quyidagilar ta’qiqlanadi:

7.4.1. Litsenziar ruxsatisiz boshqa Litsenziatlarning hisob ma’lumotlarini va/yoki Ijtimoiy tarmoqdagi boshqa ma’lumotlarni to‘plashi;

7.4.2. Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma’lumotlarni to‘plash uchun avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish;

7.4.3. ijtimoiy, irqiy, milliy yoki diniy parokandalik va kelishmovchilikni keltirib chiqaruvchi targ‘ibot yoki tashviqotni, urush, ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy yoki til ustunlikni targ‘ib qilishi, qonunda tarqatish ta’qiqlab qo‘yilgan boshqa ma’lumotlarni tarqatish;

7.4.4. agar Litsenziat amaldagi qonunga ko‘ra yetarli huquqqa yoki bu ma’lumotni oshkor qilish uchun kelishuvga ega bo‘lmasa, kirish imkoniyati cheklab qo‘yilgan (maxfiy) ma’lumotlarni Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish yoki Shaxsiy xabarlar orqali uchinchi tomonga yetkazish;

7.4.5. Litsenziar, Litsenziat va mualliflik hamda boshqa huquqlar obyekti hisoblangan boshqa uchinchi tomon Kontentini ularning roziligisiz to‘liq yoki qisman Ijtimoiy tarmoqda joylashtirish, yaratish, qayta ishlash, tarqatish, e’lon qilish, ommaga namoyish qilish, uzatish, sotish yoki boshqa usulda foydalanish, ushbu Kelishuv, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida (amaldagi qonun) belgilangan holatlar, shuningdek, mualliflik huquqi egasi o‘z Kontentining istalgan foydalanuvchi tomonidan ishlatilishiga aniq tarzda ruxsat bergan holatlar bundan mustasno. Ijtimoiy tarmoqqa musiqa, video yoki boshqa Kontentni yuklash, shuningdek, Ijtimoiy tarmoqqa Kontentni boshqa usulda joylashtirish orqali Litsenziat buning uchun zarur bo‘lgan barcha huquqlarga, jumladan, ommaga namoyish qilish huquqiga, ya’ni bunday joylashtirish mualliflik huquqi egalari va uchinchi tomonning huquqlarini buzmasligini va buning uchun mualliflik huquqi egalaridan hamda uchinchi tomondan tegishli rozilik olinganligini tasdiqlaydi. Agar Litsenziat Ijtimoiy tarmoqda Kontentni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan huquq va/yoki mualliflik huquqi egasi roziligiga ega bo‘lmasa, unga kontentni joylashtirish ta’qiqlanadi;

7.4.6. boshqa Litsenziatlar yoki shaxslar uchun haqoratli hisoblangan yoki shunday baholanishi mumkin bo‘lgan materiallar, shuningdek, qo‘rqitish, zo‘ravonlikka undash, noqonuniy harakatlarni bajarish, jamiyatga qarshi, ahloqsiz ishlarni bajarishga, shuningdek, odob-ahloq qoidalariga zid bo‘lgan harakatlarni bajarishga undovchi hamda Litsenziat va boshqa shaxslarni kamsitishi mumkin bo‘lgan tasvir va boshqa materiallarni Ijtimoiy tarmoqqa ochiq tarzda joylashtirish (jumladan forumlarda, sharhlar va/yoki statuslarda) yoki Shaxsiy xabarlar orqali matnli xabarda, grafik tasvirda uzatish;

7.4.7. joylashtirilishi fuqaro yoki tashkilot obro‘-e’tiboriga zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan xabarlar, grafik tasvirlar yoki boshqa materiallarni (shuningdek, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan) Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish;

7.4.8. haqoratli so‘z va jumlalarga ega bo‘lgan xabarlarni Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish;

7.4.9. Ijtimoiy tarmoqqa voyaga yetmaganlarning pornografik mazmundagi tasvirlari mavjud materiallarni joylash;

7.4.10. Ijtimoiy tarmoqqa o‘z joniga qasd qilishga undovchi, o‘z joniga qasd qilish usullarining bayoni va uni amalga oshirishga yordam beruvchi maslahatlarga ega ma’lumotlarni joylashtirish;

7.4.11. Ijtimoiy tarmoqda okkultizm mavzusidagi va faoliyati haqidagi (jodu, fol ochish, satanizm, issiq-sovuq qilish, afsun, sehrgarlik, marosimlar, bashoratlar, tabiblar va esktrasenslar xizmarlari va boshqalar) axborotlar va tijoriy materiallarni joylashtirish;

7.4.12. Ijtimoiy tarmoqqa giyohvandlik va psixotropik moddalar haqidagi reklama va boshqa ma’lumotlarni, jumladan, giyohvandlik moddalarini tarqatish, ularni tayyorlash usullari va iste’mol qilish bo‘yicha maslahatlarni, shuningdek, esktremistik yo‘nalishdagi ma’lumotlarni joylashtirish;

7.4.13. Ijtimoiy tarmoqqa voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini buzuvchi ma’lumotlarni joylashtirish;

7.4.14. Ijtimoiy tarmoqqa amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday ma’lumotlarni joylashtirish;

7.4.15. Ijtimoiy tarmoqqa boshqa Litsenziat yoki shaxslarning roziligisiz ularning shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, kontakt ma’lumotlarini joylashtirish;

7.4.16. Hisobni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida yoki keyinroq atayin yolg‘on ma’lumotlarni yoki boshqalarning ma’lumotlarini kiritish;

7.4.17. Ijtimoiy tarmoqqa boshqalarning roziligisiz ularning yoki o‘ylab topilgan personajlarning suratlarini, shuningdek, mualliflik huquqi egalari (mualliflar) roziligisiz hayvon, predmet tasvirlarini, abstrakt tasvirlarni, shuningdek, Litsenziat tasviri hisoblanmagan boshqa grafik tasvirlarni joylashtirish;

7.4.18. Litsenziat Hisobini bir guruh shaxslar yoki tashkilot tomonidan foydalanish maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazish, Hisob Ijtimoiy tarmoq guruhlarida, Litsenziar bilan kelishilgan holda, target.mail.ru yoki shunga o‘xshash reklama tizimlari yordamida faqat reklama materiallari va boshqa matnli xabarlarni joylashtirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlar bundan mustasno;

7.4.19. bitta shaxs tomonidan bittadan ortiq Litsenziat Hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish;

7.4.20. Ijtimoiy tarmoq faoliyatini noturg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan harakatlarni bajarish, Ijtimoiy tarmoq yoki uning yopiq bo‘limlari (jumladan, kirish huquqi faqat Litsenziarga berilgan bo‘limlar) boshqaruvini ruxsatsiz qo‘lga kiritishga urinishni amalga oshirish, shuningdek, boshqa shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirish;

7.4.21. parolni o‘g‘irlash yoki topishga urinish orqali boshqa Litsenziatlarning Hisoblariga ruxsat kirishni amalga oshirish, shuningdek, shunday kirishga urinishni bajarish;

7.4.22. spam tarqatishni amalga oshirish – Shaxsiy xabarlarda, sharhlarda, forumdagi xabarlarda, Litsenziatning Shaxsiy sahifalarida tijoratga oid, siyosiy, reklama va boshqa ma’lumotlarni (jumladan, shunday ma’lumotga va/yoki zararli dasturlarga ega Internet saytlariga olib boruvchi giperhavolalarni) ommaviy tarqatish yoki oluvchi Litsenziat tomonidan bunday ma’lumotlarni olish uchun o‘z roziligini bermagan holatlarda bunday turdagi ma’lumotni tarqatish uchun boshqa harakatlarni amalga oshirish;

7.4.23. Ijtimoiy tarmoqdan qarzdorlarni qidirish yoki boshqa shunga o‘xshash maqsadlarda foydalanish;

7.4.24. Ijtimoiy tarmoqda, jumladan, uning guruhlarida tamaki va tamaki mahsulotlarini, dori-darmonlarni, giyohvandlik moddalarni, kuchli va kuchsiz spirtli ichimliklarini ommalashtirish, reklama qilish va yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlarni tarqatish;

7.4.25. Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziar fikriga ko‘rsa Ijtimoiy tarmoq siyosati va yaratilish maqsadiga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa ma’lumotlarni joylashtirish;

7.4.26. Ijtimoiy tarmoq funksiyasidan Ijtimoiy tarmoqning buyruq, ssenariy va/yoki ilovalariga o‘zgartirish kiritadigan dasturiy vositalarni qo‘llash yo‘li bilan foydalanish.

8. Kafolatlar va majburiyatlar.

8.1. Litsenziat u tomonidan Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan yoki Shaxsiy xabar orqali uzatilgan ma’lumotlar, Kontent, qonun bilan himoya qilingan intellektual mulk, ularning qismi yoki nusxasi, shuningdek, boshqa materiallar hech kimning huquq yoki qonuniy manfaatlarini buzmasligiga kafolat beradi. Agar uchinchi tomondan uchinchi tomon ma’lumotlari va/yoki Kontentini joylashtirish bo‘yicha mazkur Kelishuv shartlari buzilganligi haqidagi shikoyat kelib tushsa, Litsenziar yuzaga kelgan kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida, amaldagi qonun doirasida, murojaat qilgan shaxslarga Litsenziatning kontakt ma’lumotlarini taqdim etish huquqiga ega.

8.2. Litsenziat u tomonidan Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish uchun ishlatilgan hisob ma’lumotlarining (login va parol) xavfsizligini ta’minlash va boshqa shaxslar tomonidan tizimga kirish imkoniyatining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishini kafolatlaydi.

8.3. Litsenziar Litsenziat tomonidan Shaxsiy xabarlar orqali olib borilgan yozishmalarning sir saqlanishiga amal qiladi.

8.4. Litsenziar Litsenziat bilan aloqa qilish, Litsenziatga bildirishnoma, xabar va sms-xabar yuborishda, shuningdek, Litsenziatga Litsenziat roziligi bilan Ijtimoiy tarmoq funksiyalarini taqdim etishda Litsenziar tomonidan Litsenziat Hisobida ko‘rsatilgan e-pochta manzili va mobil telefon raqamidan foydalanishiga kafolat beradi, agar mazkur Kelishuv yoki amaldagi qonunchilikda boshqa narsa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu Ijtimoiy tarmoq funksional imkoniyatlari yordamida aks etadi.

8.5. Litsenziar Litsenziat Shaxsiy sahifasi tarkibini hosil qilishda va unga Kontentni yuklashda ishtirok etmaydi, Litsenziat harakatlarini nazorat qilmaydi, Sayt va Ijtimoiy tarmoqning ochiq bo‘limlari, Litsenziatning Shaxsiy sahifalari, Shaxsiy xabarlardagi ma’lumotlarni senzura bo‘yicha avtomatik saralashni amalga oshirmaydi va buni bajarish uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lmaydi va Litsenziat harakati yoki harakatsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.6. Ijtimoiy tarmoqning funksiyalari doirasida Litsenziar Litsenziat tomonidan joylashtirilayotgan ma’lumot va Kontentni dastlabki moderatsiyadan o‘tkazish amalga oshirmaydi va buni amalga oshirish uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lmaydi va undagi ma’lumotlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.7. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq ishidagi buzilish va uzilishlar hamda buning oqibatida yuzaga kelgan ma’lumot yo‘qotishlari uchun javobgar hisoblanmaydi. Litsenziar Sayt yoki Saytga joylashtirilgan giperhavolalar yo‘naltiradigan saytlardan foydalanish oqibatida Litsenziat kompyuteri, mobil qurilmasi yoki boshqa qurilma yoki dasturiy ta’minotga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.8. Litsenziar Litsenziat Hisobi parolining uchinchi shaxslar tomonidan o‘g‘itlanishi va ular tomonidan Litsenziat Hisobidan foydalangan holda bajarilgan harakatlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.9. Uchinchi tomonlar Ijtimoiy tarmoqqa Kontent, jumladan, reklamalarni joylashtirishi mumkin. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq, unga joylashtirilgan Kontent yoki Litsenziat yoki boshqa shaxslar Ijtimoiy tarmoq orqali kirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa materiallardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zarar, jumladan, qo‘ldan chiqarilgan foyda yoki zarar uchun javobgar hisoblanmaydi, hatto agar Litsenziar bunday zarar yetishi mumkinligi haqida ogohlantirgan bo‘lsa ham.

8.10. Litsenziat o‘z Hisobi yordamida bajarilgan noqonuniy faoliyat, shuningdek, uning Ijtimoiy tarmoqdagi Hisobi yordamida Litsenziatning yoki boshqa Litsenziatning Shaxsiy sahifasida, forumlarda, sharhlarda va Ijtimoiy tarmoq va/yoki Saytning boshqa bo‘limlarida joylashtirilgan Kontent uchun javobgar hisoblanadi.

8.11. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan yoki boshqa usulda Ijtimoiy tarmoqda yoki uning yordamida ommaga havola qilgan har qanday Kontent yoki ma’lumot uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqda Kontent va ma’lumotlarni noqonuniy joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi tomon da’volarini mustaqil ravishda hal qilishga majburdir.

8.12. Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan, Litsenziatlarning Shaxsiy xabarlari orqali yuborilgan, forumlarda Litsenziatning Shaxsiy sahifasiga joylashtirilgan va boshqa joydagi sayt, mahsulot, xizmat, tijorat yoki notijorat xarakteridagi ma’lumotlar uchun giperhavolalar bu mahsulotlarning (xizmat) Litsenziar tomonidan ma’qullanganligini anglatmaydi. Litsenziar Litsenziatning bunday giperhavolaga o‘tishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.13. Litsenziar Litsenziat yoki uchinchi tomonning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishdagi noqonuniy harakatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.14. Litsenziar Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan so‘zlari uchun javobgar hisoblanmaydi. Litsenziar Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqda boshqa Litsenziatlarga nisbatan qilgan hurmatsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.15. Litsenziar Litsenziat tomonidan o‘z Hisobiga kirish imkoniyatini yo‘qotgani uchun javobgar hisoblanmaydi (Hisob yoki Shaxsiy sahifadan foydalanish uchun zarur bo‘lgan login, parol va boshqa ma’lumotlarni yo‘qotish).

8.16. Litsenziar Litsenziat tomonidan Hisob va Shaxsiy sahifasini yaratish vaqtida kiritgan ma’lumotlarining to‘liq emasligi, noaniqligi, noto‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.17. Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqning o‘yin Ilovalari ishlatilganda Litsenziar o‘yin vaqtida Litsenziat tomonidan shunday o‘yin Ilovalaridagi ishtiroki uchun olingan o‘yin qimmatliklarini yo‘qotilishi uchun javobgar hisoblanmaydi.

8.18. Litsenziar Litsenziatning Internet ulanishi mavjud emasligiga, Litsenziat Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish haqida kelishuv tuzgan Internet aloqasi ta’minotchilari xizmatining sifatiga javobgar hisoblanmaydi.

8.19. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqda Litsenziat tomonidan undan foydalanish vaqtida olingan naqt yoki naqt bo‘lmagan pullarni yoki boshqa qimmatli buyumlar, jumladan, virtual qimmatli buyumlarni ayriboshlashni amalga oshirmaydi.

8.20. Ushbu Kelishuv har qanday asosda to‘xtatilgandan so‘ng, agar boshqa holatlar amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Litsenziar Litsenziat tomonidan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish uchun sarflangan xarajatlarni qoplab bermaydi.

8.21. Litsenziar foydalanish oqibatida Litsenziat yoki boshqa uchinchi tomonga bevosita yoki bilvosita yetkazilgan zarar yoki olinmagan foyda uchun javobgar hisoblanmaydi:

8.21.1. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish yoki foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi;

8.21.2. Litsenziatning shaxsiy ma’lumotlariga, jumladan, Litsenziatning Hisobi va Shaxsiy sahifasiga uchinchi tomonning ruxsatsiz kirishi;

8.21.3. uchinchi tomonning Ijtimoiy tarmoqdagi arizasi yoki faoliyati;

8.21.4. Hisob yoki Kontentni o‘chirib tashlash yoki Ijtimoiy tarmoqning ma’lum bir elementi yoki Ijtimoiy tarmoq faoliyati butunligicha to‘xtatilishi.

8.22. Har qanday vaziyatda Litsenziarning Litsenziat oldidagi majburiyati 3000 (uch ming) rubldan oshmaydi, shu bilan birga qo‘ldan chiqarilgan foyda qoplab berilmaydi, agar amaldagi qonunchilikda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

8.23. Litsenziar Litsenziatga Ijtimoiy tarmoq yoki uning ma’lum bir funksiyasi/bo‘limi/sahifasidan, shuningdek, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish rad etilishiga sabab bo‘lgan, Litsenziat tomonidan Kelishuv shartlari buzilganligini isbotlovchi hujjat yoki boshqa dalillarni taqdim etishga majbur emas.

8.24. Litsenziat tomonidan Litsenziarga yuborilgan shikoyatlar Hisob ma’lum bir shaxsga tegishli ekanligini aniqlash imkoni mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. O‘xshash hisob ma’lumotlariga ega bo‘lgan Hisoblar mavjudligini hisobga olgan holda Litsenziar shikoyat qaysi Hisobdan kelib tushgani yoki Hisobning shikoyat bilan murojaat qilgan shaxsga tegishli ekanligini aniqlash mumkin bo‘lgan Litsenziat Hisobi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini so‘rash huquqiga ega.

8.25. Litsenziar Litsenziatning uchinchi tomonga tegishli bo‘lgan Ilovalardan foydalanish oqibatida Litsenziyat sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi. Ushbu orqali Litsenziat Ilova ma’lum bir holatlarda epileptik yoki asab bilan bog‘liq boshqa kasalliklari bo‘lgan shaxslarda kasallikni qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan turli ovoz va/yoki video effektlar mavjud bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi va Litsenziat undan yuqorida aytib o‘tilgan kasalliklar yo‘qligini tasdiqlaydi yoki Ilovadan foydalanmaslik majburiyatini oladi. Ushbu orqali Litsenziat shaxsiy kompyuter oldida uzoq muddat davomida (uzluksiz) o‘tirish jismoniy holatdagi salbiy o‘zgarishlarga, jumladan, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, turli nevrozlik holatlari vs organizmga boshqa salbiy ta’sirlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Litsenziat Ilovadan uzoq bo‘lmagan vaqtda davomida, dam olish yoki jismoniy holat profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar uchun mo‘ljallangan tanaffuslar bilan foydalanishni kafolatlaydi, agar bu Litsenziatga tavsiya etilgan yoki belgilangan bo‘lsa.

8.26. Litsenziar, jumladan, quyidagi yo‘l bilan Litsenziat tomonidan amaldagi qonunchilikka zid keluvchi ma’lumotlarning Ijtimoiy tarmoqqa noqonuniy joylanishining oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik uchun kompleks choralarni qo‘llaydi:

8.26.1. ushbu Kelishuvga Litsenziatlar tomonidan Ijtimoiy tarmoqda qonunni buzgan holda ma’lumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarni kiritish;

8.26.2. Litsenziatlarga Ijtimoiy tarmoq interfeysida ma’lumotlarni joylashtirish vaqtida qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini maxsus eslatish;

8.26.3. Litsenziatlar, davlat organlari va boshqa shaxslarning Ijtimoiy tarmoqqa amaldagi qonunchilikni buzgan holda joylashtirilgan ma’lumotlar bo‘yicha shikoyatlarni qayta ishlash. Bunday shikoyatlar, jumladan, murojaatlar berishning maxsus shakllari orqali, “Shikoyat qilish” tugmasidan foydalanib, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish orqali yoki Litsenziar manziliga yozma shaklda taqdim etilishi mumkin;

8.26.4. taqiqlangan bir xil kontentni uning barcha nusxalarida aniqlash, bloklash va yo‘q qilishga imkon beruvchi turli texnologiyalar va algoritmlardan foydalanish.

8.27. Qonunni buzgan holda tarqatilgan kontent ustidan shikoyat qilish tartibi “OK” Ijtimoiy tarmog‘ida qonunni buzgan holda axborotlarni tarqatish bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish qoidalarida nazarda tutilgan.

8.28. Ijtimoiy tarmoqda Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanganda YouTubeʼdan unga havolani ko‘rsatish orqali qo‘shilgan kontentni aks ettirish uchun Litsenziar YouTube API ishlatadi. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan foydalangan holda YouTubeʼdan foydalanish shartlariga rozilik bildiradi.

9. Faollashtirilmagan ma’lumotlar va buyruqlardan foydalanish huquqi

9.1. Kelishuvning mazkur bo‘limi Litsenziar tomonidan Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish tartibi va shartlarini belgilab beradi.

9.2. Litsenziat xohishiga ko‘ra, Litsenziar Litsenziatga Mukofot evaziga, agar Litsenziar tomonidan boshqa holat nazarda turilmagan bo‘lsa, faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etadi, bu esa Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari doirasida ishlatiladigan Ijtimoiy tarmoqdagi virual qiymatga ega bo‘lgan narsalarni ko‘paytirish imkonini beradi. Mukofot miqdori va uni o‘tkazish shartlari Litsenziar tomonidan aniqlanadi va Ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari bilan belgilangan, Litsenziatga ma’lum bir natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va buyruqlar hajmidan kelib chiqadi. Ko‘rsatilgan shartlar mazkur Kelishuvda va/yoki Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlarida mavjud.

Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi Litsenziar tomonidan “OKlar” ko‘rinishidagi virtual qiymatlarning Litsenziat Hisobiga tushishi bilan taqdim etiladi. Shu vaqtdan boshlab Litsenziat faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan ushbu Kelishuv shartlari asosida “OKlar” ko‘rinishidagi virtual qiymatga mos keladigan hajmda foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. Litsenziar uchinchi tomondan (to‘lov tizimi, operator, to‘lovlar agregatori) to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotni (tasdig‘i) olgandan keyin “OKlar” ko‘rinishidagi virtual qiymatlar Litsenziat Hisobida ko‘rsatiladi.

Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlar hamda “OKlar” ko‘rinishidagi virtual qiymatlar mosligi Litsenziar tomonidan belgilanadi. Mukofot miqdori hamda “OKlar” ko‘rinishidagi virtual qiymatlar mosligi Litsenziar tomonidan belgilanadi.

Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi mazkur Kelishuvning amal qilish davri uchun taqdim etiladi, agar Ijtimoiy tarmoq qoidalariga ko‘ra bunday huquq tugatilmagan bo‘lsa.

Mukofotni o‘tkazish Ijtimoiy tarmoq tomonidan o‘rnatilgan konvertatsiya tartibiga asosan Litsenziat tomonidan tegishli mintaqada amal qiluvchi valyutadagi pul mablag‘lari orqali amalga oshiriladi. Mukofot miqdori Litsenziar tomonidan belgilanadi va Litsenziatga foydalanish huquqi beriladigan faollashtirilmagan ma’lumotlar va buyruqlar hajmidan kelib chiqadi.

Litsenziat Hisobida “OKlar” ko‘rinishidagi virtual qiymatlar aks ettirilgan vaqtdan boshlab Litsenziat Litsenziardan ushbu huquq uchun to‘langan Mukofotni qaytarib olish huquqiga ega emas, agar amaldagi qonunchilikda bevosita boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

9.3. Mukofotni o‘tkazish Litsenziat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov usullari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Foydlanish mumkin bo‘lgan to‘lov usullari ro‘yxati Ijtimoiy tarmoqning tegishli bo‘limlarida berilgan. Mukofot uchun to‘lov tizimlari orqali haq to‘lash usullari va shartlari Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilinadi: https://ok.ru/payment.

9.4. Mukofot haqini to‘lash vaqtida Litsenziat to‘lov usullaridan va to‘lov ko‘rsatmalarini belgilangan tartibda, jumladan, xabarlarni hamda qisqa matnli xabarlarni (SMS) kiritish qoidalari, ya’ni bosh harf va kichik harf, raqam va til kiritishlari tartibiga amal qilish majburiyatini oladi. Berilgan to‘lov ko‘rsatmalari va shartlariga amal qilingan holdagina Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi taqdim etiladi. Litsenziar Litsenziat tomonidan to‘lovni amalga oshirish shartlari to‘g‘ri bajarilgani uchun javobgar hisoblanmaydi. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olish uchun haq to‘lash tartibi va qoidalariga oid savollar bo‘yicha Litsenziat ushbu to‘lov tizimlari egalari yoki operator/to‘lov agregatorlariga murojaat qilishi lozim. Litsenziar Litsenziatga bunday to‘lov tizimlariga bog‘liq qoida va tartiblarga oid savollar bo‘yicha hech qanday tushuntirishlarni taqdim etmaydi, shuningdek, bunday huquqni olish uchun to‘lov tizimlari, operatorlar va to‘lov agregatorlari orqali, ular tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagan holda amalga oshirilgan va natijada pul mablag‘lari Litsenziarga kelib tushmagan holatlarda to‘lovlarni qoplab bermaydi.

9.5. Litsenziatga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish faqat Litsenziat tomonidan mazkur Kelishuv shartlariga muvofiq to‘lov to‘liq amalga oshirilgandan keyin amalga oshiriladi, agar Kelishuvda boshqacha tartib mavjud bo‘lmasa yoki Litsenziar tomonidan alohida belgilab berilmagan bo‘lsa. Bunda to‘lov amalga oshirilgani haqidagi tasdiq olinmaguniga qadar Litsenziar Litsenziatga bu huquqni taqdim etmasligi yoki cheklangan hajmda taqdim etishi mumkin.

9.6. Texnik xatolik, Ijtimoiy tarmoqdagi yoki uning istalgan elementidagi nosozlik yoki Litsenziatning bilib turib bajargan harakatlari natijasida u mazkur Kelishuvda belgilangan tartibda faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlaridan foydalanish huquqini sotib olmasdan Litsenziatga bunday imkoniyat taqdim etilsa, Litsenziat bu haqida Litsenziarga xabar berishi va unga Mukofotni to‘lashi yoki olingan huquqlardan noqonuniy foydalanish oqibatlarini bartaraf etishi lozim. Litsenziar bunday vaziyatlarni Litsenziatga xabar bermasdan bartaraf etish huquqiga ega.

9.7. Litsenziat Mukofotni to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek, Litsenziat tomonidan bunday to‘lovni amalga oshirish holatlari haqidagi ma’lumotlarni Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish davrida saqlashi va Litsenziar talabiga ko‘ra uni taqdim etishi lozim.

9.8. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlarni tarqatish huquqi faqat Litsenziarga tegishli bo‘lib, uchinchi tomondan bunday ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini taqdim etish takliflari Litsenziat tomonidan Litsenziardan kelayotgan taklif sifatida baholanmasligi lozim.

Bahsli, noaniq vaziyatlar yuzaga kelganda yoki Litsenziatga uchinchi tomondan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi uchun to‘lov bilan bog‘liq takliflar yuborilganda yoki Internet tarmog‘iga shunday taklif yoki e’lonlar joylashtirilganda, Saytda Litsenziar tomonidan joylashtirilgan e’lonlar bundan mustasno, Litsenziat darhol bu haqida Litsenziarga xabar berishga majbur.

Agar Litsenziat joriy nizomni buzgan holda ko‘rsatilgan e’lon bo‘yicha ushbu e’londa berilgan rekvizitlardan foydalangan holda to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa, Litsenziatning Litsenziarga faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqi berilmaganligi yuzasidan qilgan da’vosi qabul qilinmaydi va Litsenziar Litsenziatga bunday vaziyatda Litsenziat tomonidan sarflagan pul mablag‘larini qoplab bermaydi.

9.9. Litsenziar Litsenziatning faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini uchinchi tomondan olganligini aniqlasa, Litsenziar o‘z xohishiga ko‘ra Litsenziatga nisbatan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini to‘xtatib turishi, cheklashi yoki butunlay to‘xtatishi mumkin.

9.10. Litsenziat tomonidan faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqining sotib olinishi uni mazkur Kelishuv shartlariga rioya qilish va unga nisbatan Kelishuvda ko‘rsatilgan choralarni qo‘llashdan, jumladan, Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yish yoki butunlay to‘xtatish va/yoki Litsenziar tomonidan Litsenziat Hisobini o‘chirish tashlashdan ozod qilmaydi, agar amaldagi qonunchilikda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

9.11. Litsenziat Litsenziarga RF qonunlarini va/yoki Litsenziat fuqarosi hisoblangan boshqa mamlakat qonunlarini hamda uchinchi shaxs huquqlarini buzmagan holda Mukofot uchun to‘lovni amalga oshirishda u tomonidan tanlangan to‘lov vositasidan foydalanish huquqiga ega ekanligiga kafolat beradi. Litsenziar to‘lov operatori tomonidan olingan qo‘shimcha to‘lovlar hamda Litsenziat tomonidan unga tegishli bo‘lmagan to‘lov vositalaridan foydalanish oqibatida Litsenziat va/yoki uchinchi tomonga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.

9.12. Litsenziar Litsenziat tomonidan Mukofot to‘lovini to‘lashda amalga oshirilgan noqoqnuniy harakatlar uchun javobgar hisoblanmaydi. Litsenziar Litsenziat tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilganligi haqida gumonga ega bo‘lsa, vaziyatga aniqlik kiritilguniga qadar, Litsenziatga nisbatan bir tomonlama tartibda faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini to‘xtatib turishi yoki umuman to‘xtatishi mumkin, agar amaldagi qonunchilikda boshqa holatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

9.13. Litsenziar Litsenziat Mukofot uchun to‘lovni amalga oshirayotganda, noqonuniy harakatlarni amalga oshirayotganiga dalillari mavjud bo‘lsa, Litsenziar bunday ma’lumotlarni huquqni muofaza qilish organlariga, ushbu vaziyat bo‘yicha tekshiruvni amalga oshirishlari uchun taqdim etish huquqiga ega.

9.14. Litsenziat tomonidan bank kartalari yordamida Mukofot uchun to‘lovni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari:

9.14.1. bank kartasi operatsiyalari karta egasi yoki unga vakolatli bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi;

9.14.2. bank kartasi operatsiyalariga bank tomonidan ruxsat beriladi. Agar bank operatsiya firibgarlik xarakteriga ega ekanligi haqida shubha mavjud bo‘lsa, u holda bank bu operatsiyaning amalga oshirilishini rad etish huquqiga ega. Bank kartalarida firibgarlik xarakteridagi operatsiyalarni amalga oshirish jinoyat hisoblanadi;

9.14.3. bank kartasi bilan to‘lovni amalga oshirayotganda, firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida bank kartasi bilan amalga oshirilgan to‘lovlar Litsenziar tomonidan mavjud imkoniyatlar doirasida tekshirilishi mumkin. Litsenziat-shunday to‘lovni amalga oshirgan karta egasi Litsenziardan kelgan so‘rov asosida Litsenziarga bank kartasidan qonun doirasida foydalanilganini isbotlovchi kerakli hujjatlar nusxalarini taqdim etishga majbur. Litsenziat to‘lov amalga oshirilgandan yoki ularning haqiqiy ekanligiga shubha tug‘ilgandan keyin 14 kun ichida so‘ralgan hujjatlarni taqdim etmasa, agar Litsenziar tomonidan boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, vaziyatga aniqlik kiritilguniga qadar, u Litsenziatga Ijtimoiy tarmoq, uning bir qismi/bo‘limi va/yoki faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.

9.15. Litsenziat Ijtimoiy tarmoq va Ilova qimor o‘yini yoki pul tikib o‘ynaladigan o‘yin, tanlov, yoki garov emasligini tushunadi, qabul qiladi va bunga rozilik beradi.

9.16. Faollashtirilmagan ma’lumot va buyruqlardan foydalanish huquqini olish Litsenziatning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilgan jarayon hisoblanib, Ijtimoiy tarmoq va uning asosiy funksiyalaridan foydalanish uchun zarur yoki majburiy shart hisoblanmaydi.

10. Kelishuvning amal qilish hududi va muddati

10.1. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan Rossiya Federatsiyasi hududida, shuningdek, undan foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa hududlarda standart kompyuter vositalari, dasturlar va qurilmalardan foydalangan holda mazkur Kelishuvda keltirilgan usullarda foydalanish huquqiga ega.

10.2. Mazkur Kelishuv uning shartlari Litsenziat tomonidan qabul qilingandan keyin amal qilishni boshlaydi va 1 (bir) kalendar yili davomida amal qiladi.

10.3. Mazkur Kelishuv amal qilishi keyingi 1 (bir) yilga avtomatik ravishda uzaytiriladi, agar faqat Kelishuvning ko‘rsatilgan amal qilish muddatigacha quyidagi hodisalardan birortasi yuz bermasa:

10.3.1. Litsenziar mazkur Kelishuv shartlarini o‘zgartirishga, Litsenziat bilan yangi kelishuv tuzishga, Ijtimoiy tarmoqni boshqarish va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga hamda unga kirish imkoniyatini to‘xtatishga, Litsenziatga nisbatan mazkur Kelishuvni tugatilishiga yoki Litsenziatga nisbatan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish imkoniyatini tugatishga qaror qilmagan bo‘lmasa.

10.3.2. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni to‘xtatishga va ushbu Kelishuvni tugatishga qaror qilmagan bo‘lsa.

10.4. Litsenziar mazkur Kelishuvni bir tomonlama tartibda, sud jarayonisiz, Litsenziatni uning to‘xtatilish sabablari haqida ogohlantirmasdan, Ijtimoiy tarmoqqa kirish va undan foydalanish imkoniyatini darhol to‘xtatgan va Kelishuv asosida qilingan xarajatlar va olingan zararlarni qoplamagan holda, shuningdek, Ijtimoiy tarmoq yopilganda, Litsenziat tomonidan mazkur Kelishuv va Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoq sahifalarida ko‘rsatilgan shartlarni bir marta buzgan holatlarda istalgan vaqtda to‘xtatish huquqiga ega.

10.5. Litsenziar istalgan vaqtda Litsenziatni to‘xtatilish sabablari haqida ogohlantirmasdan Ijtimoiy tarmoqqa kirish va undan foydalanish imkoniyatini to‘xtatishi, Litsenziar Hisobini Kelishuv asosida qilingan xarajatlar va olingan zararlarni qoplamasdan yoki qaytarmasdan, shuningdek, mazkur Kelishuv shartlarining Litsenziat tomonidan bir marta buzilishi holatlarida to‘xtatish huquqiga ega, agar amaldagi qonunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

10.6. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqni tashkil qiluvchi va/yoki uning boshqaruvi va ishlashi uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot, elementlar, jumladan, ularning tarkibiga kiruvchi audio-vizual tasvirlar, shuningdek, Ijtimoiy tarmoqning grafik dizayni, suratlari, animatsiyalari, video-tasvirlari, video-kliplari, ovoz yozuvlari, ovoz effektlari, musiqasi, Ijtimoiy tarmoq va Ijtimoiy tarmoq Ilovasining matnli to‘ldiruvchilari uchun tegishli huquq yoki zarur litsenziyalar to‘liqligicha Litsenziarga tegishli ekanligiga rozilik beradi, Ijtimoiy tarmoqqa Litsenziat yoki uchinchi shaxslar tomonidan yuklangan Kontent bundan mustasno, agar Kelishuvda yaqqol tarzda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.

10.7. Mazkur Kelishuv Ijtimoiy tarmoqning hech bir tarkibiy qismiga bo‘lgan huquq yoki litsenziyalarni Litsenziardan Litsenziatga olib berish holatlarida nazarda tutmaydi.

10.8. Agar Litsenziat istiqomat qiluvchi davlat qonunlariga ko‘ra unga Internet tarmog‘idan yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ta’qiqlangan bo‘lsa yoki boshqa qonuniy cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lsa, jumladan, bunday dasturiy ta’minotdan foydalanish yoshga qarab cheklangan bo‘lsa, Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bunday holatlarda Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan o‘zi istiqomat qilayotgan mamlakat hududida amaldagi qonunlarni buzgan holda foydalangani uchun o‘zi javobgar hisoblanadi.

11. Yakuniy qoidalar

11.1. Mazkur Kelishuv Litsenziar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Litsenziar tomonidan bir tomonlama tartibda Kelishuvga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar bunday o‘zgartirishlar e’lon qilingan kunning ertasiga kuchga kiradi. Litsenziat Kelishuvda o‘zgartirishlar mavjudligini tekshirib borish uchun javobgar hisoblanadi. Litsenziat tomonidan Kelishuv va/yoki Kelishuvning o‘zgartirilgan nashri bilan tanishib chiqish bo‘yicha amalga oshirilmagan harakatlar Litsenziat tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmaslik va Litsenziat tomonidan mazkur Kelishuvda belgilangan cheklovlarga amal qilmaslik uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Mazkur Kelishuv shartlari yoki undan foydalanish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqning ishlatilishi Litsenziatning yangi shartlarga rozi ekanligini anglatadi.

11.2. Kuchga kiritilgan sud qarori orqali belgilangan tartibda haqiqiy emas deb ma’qullangan Kelishuvning bir yoki bir nechta moddalari Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvni to‘liqligicha to‘xtatilishiga sabab bo‘lmaydi. Kelishuvning bir yoki bir nechta moddalari haqiqiy emas deb tan olingan holatlarda Tomonlar Kelishuv asosida olgan majburiyatlarini Kelishuv tuzayotganda nazarda tutilgan Tomonlarga maksimal yaqinlashtirilgan va/yoki Kelishuv o‘zgartirilishi bilan kelishib olgan tarzda bajarish majburiyatini oladi.

11.3. Mazkur Kelishuv va Kelishuvga amal qilish va Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishdagi Tomonlarning o‘rtasidagi munosabat Rossiya Federatsiyasi qonunlari tomonidan nazorat qilinadi.

11.4. Mazkur Kelishuv shakli va uni tuzish usuliga nisbatan ommaviy ofertani qabul qilish orqali shartnoma tuzish tartibi va shartlarini nazorat qiluvchi RF Fuqarolik kodeksi (“RF FK”) normalari qo‘llaniladi.

11.5. Mazkur kelishuv bo‘yicha yuzaga kelgan tomonlar o‘rtasidagi barcha bahsli vaziyatlar yozishma va kelishuvlar asosida sudgacha bo‘lgan (da’voli) tartibda bartaraf etiladi. Agar bir tomon boshqa tomondan yozma shakldagi shikoyatni olgandan keyin 60 (oltmish) kalendar kuni ichida tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmasa, istalgan manfaatdor tomon bahsli vaziyatni ko‘rib chiqish uchun Litsenziar joylashgan joydagi sud yurisdiksiyasiga taqdim etilishi mumkin (agar ish boshqa sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmayotgan bo‘lsa), agar amaldagi qonunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

11.6. Ijtimoiy tarmoqdagi ushbu Ilovaning har bir tegishli Ilovasi tagida joylashgan Ijtimoiy tarmoq Ilovalarida uchinchi tomon ishlab chiqqan taklif, shikoyat va bahsli vaziyatlarni ko‘rib chiqish Tartibi mazkur Kelishuvning ajralmas qismi hisoblanadi. Yuqori keltirilgan Nizomga ko‘ra Litsenziat Ilova bilan bog‘liq barcha murojaat, ariza, taklif, shikoyat va boshqa so‘rovlarni Ijtimoiy tarmoqdagi tegishli Ilovalar sahifasida ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlaridan foydalangan holda yuboradi.

11.7. Ushbu Kelishuv tahriri bilan Internet tarmog‘ida Ijtimoiy tarmoq joylashtirilgan manzilda, Litsenziar Ilovalarida va Litsenziar tomonidan belgilangan va Litsenziatga uning matni bilan tanishib chiqish imkonini beruvchi manzilda tanishib chiqish mumkin.

11.8. Kelishuv bajarilishi bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Litsenziarning quyidagi manziliga murojaat qiling: Rossiya Federatsiyasi, 125167 Moskva sh., Leningradskiy prospekti, 39-uy, 79-bino.

11.9. Litsenziarning Ijtimoiy tarmoqdan foydalanilishi va Kelishuvning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha murojaatlari Litsenziat tomonidan amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

Tahrir sanasi: 30.12.2016
(10.04.2024 sanasidagi so‘nggi qo‘shimchalar bilan birga)