21 окт 2017

Hayot...

Bu insoniyatga berilgan eng oliy ne'mat. Har bir inson o'z hayoti uchun o'zi javobgar. Berilgan hayotni qanday yashab o'tish ham o'zimizga bog'liq. Hayotimiz davomida ko'plab sarguzashtlar, to'siqlar va quvonchli daqiqalarga duch kelamiz. Bu bo'lib o'tgan voqealarning hammasini o'zimiz yaratamiz va ishtirok etamiz. Hayot-bu kino. Aslida kinolar ham real hayotdan olinadi. Kinoni yaxshi yomonligiga, tarbiyaviy tomonlariga qarab ajrata boshlaymiz. Kimlardir bizning hayotimiz, turmush sharoitimiz, odob-axloq qoidalarimiz va shunga o'xshash xislartimizga qarab xulosa chiqaradi yoki xavas qiladi. Hayotni qanday yaratish, uni qanday yashash targ'ib etish o'zimizning qo'limizdadir.

Комментарии

Комментариев нет.