Qulog`imni yerga tutsam, qulog`imda armon yig`lar

Qarog`imni ko`kga tiksam, qabog`imda osmon yig`lar
Qiyomatdan qo`rqmas bu kun MUHAMMADNING umadlari
Bu dunyoda musulmon ko`p, lekin sag`ir iymon yig`lar
Ko`ngli toshlar ichra boshim urgani bir tosh topmadim
Yig`laydilar ohlar urib diydasidan yosh topmadim
Na qilay o`zdan bo`lak konglimga sirdosh topmadim
Sabir tilab ko`nglimga bo`gzimni tilib jonim yig`lar
Yig`lar yig`lar dunyo bizdan o`ksib yig`lar
Yig`lar yig`lar zamon bizdan hafa yig`lar
Yig`lar yig`lar osmon dardin aytib yig`lar
Yetti olamni yaratgan ustimizdan kulib kulib yig`lar
Topganing o`zga buyursun ortsa so`ng qavmingga ber
Do`stu nodondan abat dushmani ziyrak yaxshilar
Olloh sening yodingdadur gar peshonangdan tomsa ter
Mahmud minnat oshin yesang qozoningda yolg`on yig`lar

Комментарии