14 авг 2018

Sen haqingda o'ylamay qo'ydim,

Xotiralar keraksiz, balki,
Yashayapman yuraksiz, balki,
Sen haqingda o'ylamay qo'ydim.
Tunlarim tinch, ishonasanmi?!
Yulduzlar-la sirlashmayapman
Surating-la so'zlashmayapman,
Ana endi quvonmaysanmi?!
Ro'yodan baxt izlamay qo'ydim...
Yomg'irlarga quchog'im ochib,
Ko'rmoq istab, yoningga shoshib,
Seni hatto izlamay qo'ydim
Dardlarimga malham lahzani,
Topmoq uchun tashabbusim yo'q.
Qaytmoq uchun zarra hushim yo'q
Uxlasaydim quchib maysani.
Men bir oddiy ko'zi yosh odam,
Xato qilgan senga dil berib
Xato qilgan senga gul berib,
Va joy bergan o'z she'rlaridan.
Sen haqingda o'ylamay qo'ydim,
Sen haqingda o'ylamay qo'ydim.
Xotiralar keraksiz, balki,
Yashayapman yuraksiz balki.
Yashayapman yuraksiz, balki...
Ahror Ravshan
@Izhori_DIL

Комментарии