Yaltiragan uylaring chang bo'lsayam siqilma

ro'zg'oringda bir nima kam bo'lsayam siqilma,
yo'qchilikdan kunda bir jang bo'lsayam siqilma
O'g'ling yeb o'rga ketar, qizing yeb qirga.
Qariganda g'alvani ko'tarolmas yuraging.
Qani ota onalar suyanchig'ing tirgaging,
Yotib qolsang og'risang kimga bo'lar keraging
O'gling yeb o'rga ketar, qizing yeb qirga.
Özin boqqaning qolib bolasin ham boqasan
Kuch quvvating borida hammasiga yoqasan
Özing uchun chiqqanmisan boqqasan
Ög'ling yeb örga ketar qizing yeb qirga
Uylantirib bolangni bölak qilding uyingni
Özi tortsin rözg'orni tashvishini uyini
Körib tursang bölgani sog' salomat böyini
Ög'ling yeb örga ketar qizing yeb qirga
Ta'ma qilsang bir nonni chimirilar qoshlari
Sensiz pishib yeyilar yog'likkina oshlari
Yugurishlar oldinga og'rib qolsa boshlari
Ög'ling yeb örga ketar qizing yeb qirga
Erini topganini o'ynab yerkan bir ayol!
O'g'lini topganini o'ylab yerkan bir ayol.
Bekorga aytilmagan xalq ichida wu maqol,
O'g'ling yeb o'rga ketar, qizing yeb qirga.
Mayli tushgan uyida öynab yursin kelinlar
Maqtab oqlab duo qil yayrab yursin kelinlar
Qaynonamas ona deb sayrab yursin kelinlar
Ög'ling yeb örga ketar qizing yeb qirga
Yalab yulqagan uying kelinlarga qoladir
Keyin kim bilsin qay kunlarga soladir
Uyim, bola, chaqa deb qilma xavotir
Ög'ling yeb örga ketar qizing yeb qirga
Mehnat qilding tinmading yetganiga imkoning
Özing uchun ham yasha g'animatdur har oning,
Tog'larga chiq havo yut jon-jon özingni joning
Ög'ling yeb örga ketar qizing yeb qirga
Ölsang bolang ham qabrgacha boradi,
Aytchi unda sen bilan qaysi biri qoladi
Qiyomatda qay biri gunohingni oladi
Ög'ling yeb örga ketar qizing yeb qirga
Pardoz yasanib ey ayol sira sira tolmagin
Keksalikni bo'yningga sira-sira olmagin,
O'nta bolang bo'lsayam erginangdan qolmagin
O'g'ling yeb o'rga ketar, qizing yeb qirga

Комментарии

Комментариев нет.