30 апр

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk bor yoz faslida o'tishi kutilayotgan Parij Olimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini kafolatladi.

👉 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Qatarda o'tayotgan Osiyo kubogi yarim finalida o'zbekistonlik futbolchilar 29-aprel kuni Indoneziya jamoasijni 2:0 hisobida mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
👉 Shu kuni Yaponiya ham Iroq terma jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi.
👉 O'zbekiston-Yaponiya finali 3-may kuniga belgilangan.
👉 O'zbekiston jamoasi Osiyo kubogining beshta o‘yinida jami 14 ta gol urib, o‘z darvozasini daxlsiz saqlab turibdi.
👉 Temur Kapadze shogirdlari Parijga yo‘llanmani kafolatlagan AQSh, Fransiya, Dominikan Respublikasi, Ispaniya, Isroil, Ukraina, Marokash, Misr, Mali, Yangi Zelandiya, Paragvay va Argentina jamoalari qatoriga qo‘shildi.
👉 Final uchrashuvi Osiyo kubogi g‘olibini aniqlaydi, shuningdek, terma jamoalarning «Parij-2024» Olimpiadasida qaysi guruhdan o'rin egallashini belgilaydi.

Комментарии

Комментариев нет.