19 янв 2015

Haftalik Munajjimlar bashorati

19-25 Yanvar
Qo'y
Sizni oldinda ish safari, yangi tanishuvlar va bitimlar kutmoqda. Pulingizga mahkamroq bo'ling. harajatlaringiz ko'payib ketishi yoki kimdir sizdan qarz so'rashi mumkin. O'zgalarga imkon darajada yordam bering-u, o'zingizni ham biroz o'ylang.
Buzoq
Ijodiy va professional imkoniyatlaringizni to'liq namoyon etish imkoni bor. SHu sabali ham ketgan vaqtingiz va kuchingizga achinmang. Atrofdagilar va rahbariyat oldida o'zingizni ko'rsatish vaqti keldi. Moliyaviy jihatdan hammasi joyida bo'ladi.
Egizaklar
Bu haftada sizga omad kulib boqadi. Yaqin va uzoq ish safarlarini taklif qilishsa, rad etmang. Bu sayohat sohangiz bo'yicha ham shahsiy munosabatlarda ham yankiliklarga boy bo'ladi. Kelishuvlar sizga mo'may daromad keltirishi va hatto ko'chmas mulk egasiga ham aylanishingiz mumkin.
Qisqichbaqa
Ish va oilaviy munosabatlardagi ayrim muammolarni hal etishingizga to'g'ri keladi. Ko'p vaqt va kuch sarflaysiz. Lekin natijalar quvonarli yakunlanadi. hafta ohiriga borib sevimli mashg'ulotingiz bilan band bo'lishingiz mumkin. Bu ruhiy sokinlik bag'ishlaydi.
Arslon
Hech qanday ishda shoshqaloqlik yaramaydi. Biror qaror qabul qilishdan avval masalaning ijobiy va salbiy jihatlarini jiddiy o'ylab ko'ring. Ishga kirishishdan oldin imkoniyatlaringizni hisobga oling. SHundagina ko'zlagan maqsadingizga erishasiz.
Parizod
Ko'chmas mulk, ahborot hizmatlari va hizmat ko'rsatish sohalarida biznes boshlash uchun qulay hafta. SHu bilan birga oilaviy muammolarni hal qilishning ayni vaqti. YAqinlaringizni holidan habar oling. Mutahassisligingiz bo'yicha malaka oshirish uchun imkon tug'iladi.
Tarozi
Yangi tanishga kishilaringiz bilan hamkorlik qilish yahshi natijalar olib keladi. Foydali kelishuvlar imzolashingiz. Imkoniyatlaringizdan qanchalik ko'p foydalansangiz shuncha yahshi. Dam olish kuni ham ko'ngildagidek o'tadi.
Chayon
Hafta biroz og'ir boshlanishi mumkin. Alamingizni boshqalardan olmang. Bu holatning o'tkinchi ekanini o'ylang va sabrli bo'ling. Yo'qsa atrofingizdagilarni ko'nglini og'ritib qo'yishingiz mumkin. Dam olish kunlariga kelib vaziyat asta izga tusha boshlaydi.
O'qotar
Hafta sizga kutilmagan sovg'alar taqdim etadi. Imkoniyatlaringiz ko'lami oshgandan oshadi. Ishingizda ham sizni quvontiradigan yangiliklar ro'y beradi. Vaziyatdan unumli foydalib qolish kelajagingizga albatta o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Tog' echkisi
Ishda omadingiz yurishadi. Moliyaviy ahvolinigiz yahshilanadi. hamkasb va oila a'zolaringiz bilan munosabatlarigiz yana-da mustahkamlanadi. Yaqinlashib kelayotgan omadingizga shubha bilan qaramang. Qilingan mehnat albatta o'z samarasini ko'rsatadi.
Qovg'a
Hayot adolatsiz, degan qarashlardan voz keching. Eng muhimi, salbiy hissiyotlarga berilmaslik va atrofdagilarni dilini og'ritmaslik. hamkasblaringiz va atrofdagilar bilan hushmuomala bo'ling. Biror narsaga erishish uchun maqsadingizni aniqlab oling.
Baliq
Atrofingizda bz berayotgan voqealardan habardor bo'lib turing. Tabbiy ravishda yuz berayotgan hodisalarni o'zgartirishga uringmang. hamma narsa qanday bo'lsa shundayligicha qoldiring. hafta yakuniga borib barcha masalalar o'z echimini topadi.
=> AKA SARDOR <=

Комментарии

Комментариев нет.