Ramzon Qodirov: “IShID”ga qo‘shilgan chechenlar uchun Vatanga qaytish yo‘li yopiladi

27‑iyun 2015,
“Iroq va Shom islom davlati” terrorchi tashkiloti safiga qo‘shilgan chechenlar uchun Vatanga qaytish yo‘li yopiladi, dedi Checheniston rahbari Ramzon Qodirov. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ramzon Qodirov “IShID”ni “Iblis davlati” deb ataydi va uning fikricha, bu terrorchi tashkilot ertami-kechmi uyga qaytishni istab, “o‘z ona yurtida zalolat urug‘i sepadigan” qotil va bosqinchilarni tayyorlaydi.
“Bu iblisona guruh safiga qo‘shilganlar zo‘ravonga aylanadi. Ularning maqsadi bitta – vahima va xavotir uyg‘otish. Ertami-kechmi ular uyga qaytib, xalqimizni qiynashni xohlab qolishadi. Lekin aytib qo‘yay: Chechenistonni tark etib, “IShID” safiga qo‘shilganlar uchun Vatanga qaytish yo‘li yopiq”, – dedi Qodirov.
Checheniston rahbarining qayd etishicha, “Rossiya xavfsizligi xavf solayotgan shaytonlar Suriya yoki Iroqda bo‘ladimi, yoki boshqa bir hududda faoliyat olib boradimi farqi yo‘q – ularga qarshi ogohlantiruvchi ishlar olib boriladi”.
“Iblis davlati” – o‘z bayrog‘i ostida jahonning barcha shaytonlarini birlashtirgan tashkilotdir. Ular odamlarni hayotdan mahrum qilib, o‘z oldilariga qotilliklarni imkon qadar vahshiyroq amalga oshirishni va bu harakatlarini kameraga olib, zavqlanishni maqsad qilib qo‘ygan. Shu sababli ham biz Checheniston hududida nafaqat bu guruh ishtirokchilari, balki ularga hamdard kishilarning paydo bo‘lishiga ham yo‘l qo‘ymaymiz”, – dedi Qodirov.

Комментарии

  • Комментарий удалён.
  • 27 июн 2015 22:16
    ramzan okaga gap yoq haqiqiy musulmon
  • 1 июл 2015 16:51
    Voo maladets,ana Tojik hukumati bitta sotqinni kechirganda manam shu fikrda edim.Ajab bupti.UZB.hukumati ham shu qonunni urnatsin
  • 2 июл 2015 14:19
    Яхши братан экан Рамазон