Ramos "Inter Mayami"ga yo'l olishi mumkin

Ispaniyalik futbolchiga okeanortidan qiziqish bor.
"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchida faoliyatini MLS'da davom ettirish imkoni bor. Unga "Inter Mayami" va "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqish bildirmoqda.
38 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum 31 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Uning hozirgi jamoasi bilan shartnomasi 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Комментарии

Комментариев нет.