"Bavariya" Tuxelning o'rnini egallashi kutilayotgan nomzod bilan muzokaralarni boshlab yubordi

U klubga begona emas.
"Bavariya" klubi jamoaning sobiq murabbiyi Xans-Diter Flikni ortga qaytarish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Flikning o'zi "Bavariya"ga qaytishga tayyor.
SHu bilan birga, "Bavariya" boshqa nomzodlarni ko'zdan kechirishni ham davom ettiryapti. Flik bilan muzokaralar o'xshamasa, o'sha variantlarga qaytiladi.
Eslatib o'tamiz, Xans-Diter Flik 2019-2021 yillarda "Bavariya"da ishlagan. Murabbiy 2019-2020 yilgi mavsumda jamoa bilan trebl qayd etgan. Germaniya termasidan ketganidan beri Flik ishsiz edi.

Комментарии

Комментариев нет.