Ketaman siz qoling baxtiyor xushnud, Men olib ketayin barcha g'amlarni. Men ozim gunohkor men ozim noshud, Sizga qoldirmayman aslo ayblarni. Ketaman konglimga qilmay xiyonat, Sog'inib yashamoq uchun ketaman Vafodorim deya sizni xayolan, Yukinib yashamoq uchun ketaman. Mana siz qarshimda kulib turibsiz, Qolingizda menga atalgan gullar. Botar kulgichimga bosalaringiz, Bunchalar bunchalar shirin u damlar. Ketaman yoq zarra ta'nam, Aybim ozdan tonib sizni sevganim. Sizni yoqotganim qilmaydi alam, Biroz og'ir bolar shunday ketganim..