YETIM QIZ...

Qiynab keldi bir u, bir bu ehtiyoj,
Na töyib yedi u, na bir kuloldi.
Endi unga tinchlik bermas ehtiros,
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Kammidi köp bölgan kamchiliklari,
Uxlab ham öylanib u nafas oldi.
Ortar böldi közda namchiliklari,
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Orom yöq tunlari, botar bolishi,
Labidan ötmaydi qilgan nolishi,
Azobdir bundayin holda qolishi,
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Özini qarg'aydi, onasi qolib,
Hayot uni shunday tarbiya qildi.
Özini angladi otasiz bölib,
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Uyidan shod yig'lab kuzatilmaydi u,
Töyidan shod bölib kuzatilmaydi u,
Ketganiga shod kuzatiladi u,
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Vaqt - davo, bitmaydi dil yarosi lek,
Termulib, yöl qarab nigohlar toldi.
G'am ustiga yana bu ne körgulik:
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Yig'olmaydi sepin, shörlik yetimda,
Yoyolmaydi sepin, shörlik yetimda,
Topolmadi tengin, shörlik yetimda,
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Ey, qizni dunyoga keltirgan ona!
Gunohing yopmoqning zamoni keldi.
Hech bölmasa uzat, berib töyona,
Yetim qizingning böyi yetib qoldi...
Notavon, bevijdon otasini top,
Ikkalang qizingning tovonidan öp.
Kerak emas unga sendan ortiq sep,
Yetim qizingning böyi yetib qoldi...
Oddiy yetim emas, u tirik yetim,
Shörlikka qarasam, jimirlar etim,
Dil töymas, yesa ham har turli yutum,
Yetim qizning ham böyi yetib qoldi...
Yig'lama, dil yarim, köngli öksik qiz,
Ozodbek N va Yulduz U aytadi töyingda yor-yor.
Kaming yöq sening hech kimdan köxlik qiz,
Qolgan hayotingga bölsin baxtlar yor...
ƒฉřγσძ

YETIM QIZ... - 864192677814

Комментарии

Комментариев нет.