MUHABBAT JILG`ALARI: Bir juft oqqushlar...

38 - Qism...
Uzoq yillik, bolalarcha orzuyim bo`lgan, qog`oz oqqushimni, avaylab-asrab kitob javonimni bir chetiga qo`yib qo`ydimu, o`zim ishga ketish oldidan yuvunib olish uchun dushga kirdim. Soqol- moylovimga qarab, yuvinib- taranib chiqayotgan edim. Niyatxon kiyinib qayoqqadur ketmoqchi bo`lib turganini ko`rib hayron bo`ldim.
- Yo`l bo`lsin?
Ketish oldidan meni kutib turgan chog`i, men tomonga asta yaqinlashdi.
- To`qigan narsalarimni do`konga topshib kelmoqchi edim... -dedi, mendan ruhsat so`ragandek, iltimos ohangida.
- Ha, albatta! - soatga qaradim, 6:30, - Ertaku, do`kon ochilganmikin?
- Bilmadim! - yelka qisdi, - Telefoningizni berib turing?
- Mana!
Telefonni olib, kimgadur qo`ng`iroq qilib gaplashib olgach, hursunib qo`ydi.
- Yarim soatdan so`ng, kelaver dedi!
- Yaxshi...
Telefonni qaytarib berishini kutgandim, u esa bir lahza telefonga termulib qoldi. Shu on, yodimni qadirdon damlarimizni yoqimli epkini huvullatib o`tdi. U paytlar ashnam Ayfon deganidan ishlatar edilar. Biz esa qurbumiz yetgani, oddiy Nokia bo`lgandi. Bazan kayfiyati alo payti; keling bitta selfi qilmiz, derdi. So`ng sharaitni yoqsam, olgan suvratlardan mengayam o`tqazib berishini aytardi. Shu payt to`satdan, meni oddiy telefon ishlatishim yodlariga tushardiyu, ustimdan kulib, zamondan ortda qolganimni takidlab, qimmatrog`idan olishimni tavsiya qilardi. O`zlari esa qimmat telefonini maqtab, imkonyatlarini sanab qo`yardi. Bu narsani, ko`p bor takidlagandi. O`ylab qarasam o`sha paytlar juda inoq edik, uncha-buncha hazil-huzullardan ko`ngil og`ritmasdi ham... O`sha damlarni esladimu, meni ham quvligim tutdi.
- Ashna telefonim yoqib qoldimi? -dedim.
- Ha, yaxshi ekan!
- Imkonyatlarini sanab o`tirmayman... Ammo aniq bilaman siz ishlatgan aypon, payponlardan o`ntasini narxi bilan teng baxolanadi, - atayin o`zimni kalandimog`, mahtanchoq ko`rsatishga urundim, - Qoyilmisiz ashna?
O`sha damlar uniyam esiga tushdimi, uyalib qizarib, telefonni menga uzatdi.
- Haa!
- Keling bitta selfi qilamiz! - telefonni olgani hamoni, uni yelkasiga do`stona qo`l tashlagancha ikkita, uchta suvrat oldim va unga ko`rsatdim, - Tasvir sfati zo`rmi?
- Hmm, zo`r!
- Sharoyitzni yoqing, sizga ham o`tqazib beraman?
- Meni telefonim yo`q!
- Tavbaa!... - atayin ustidan kuldim, - Hozirgi zamonda telefon ishlatmaydigan qizlaram bor ekan aaa?
Hazilim g`ashiga tegib, qovog`ini soldi.
- Ha bor... O`shandagi maqtanchog`ligim uchun, alamizni olyabsizmi? -dedi.
- Hadaaa! - kulib, barmog`im bilan ohista burniga turtib qo`ydim, - O`shanda mengayam og`ir botgandi, endi qalay bo`larkan telefoni yo`q qiz?
- Uzur...
Hazillashib g`ashiga tekkanimdan biroz hafa bo`lib, xonasi tomonga buruldi.
- Ashna... - qo`lidan tutdim, - Hazillashyabmanu, ko`nglizga og`ir oldizmi?
- Hmmm! - boshini quyi soldi, - O`shanda men aqlsiz bir qiz edim... Siz o`g`ilbola bo`la turib, biru-bir qilyabsiz aaa?
- Ee-haaa... Qizbolani ko`ngli nozik deng?
- Hmm! - araz qilib yuzin yon tomonga burib oldi.
- Ha, arazlarizga telefonim qurbon bo`lsin! - yelkasidan ushlab o`zimga qaratdim, - Bitta kuingchi ashna?
Kayfiyatini, ko`tarish uchun, kamerani, xar-hil kulguli, qiyofalarda ko`rsatadigan funksiyasi qo`yib uni uch, to`rtta tasvirini olib, telefonni qo`liga tutqazdim.
- Mana qarang, ko`p qovog`ini solib yuradigan qizlar ohir oqibat shunday bo`lib qoladi...
- Vooy, tasqara bo`lib qolbmanu! - telefonni titkilay boshladi, - Qanday o`chiradi?
- Eee yo`q...
O`chirmasidan avval, epchillik bilan, telefonni qo`lidan tortib oldim.
- Bering, o`chirib tashlaylik!
- Yo`q! - telefonni bermadim.
U kulgancha meni qo`lmdan telefonni olib qo`yishga harakat qila boshladi. Fursatdan foydalanib, oddiy funksiyaga qo`yib, uni kulib turgan holatida, qayta-qayta suvratga oldim.
- Bo`ldi bass, meni olavermang? -dedi, yuzini yashirib.
- Ashna tabassum sizga qanchali yarashadi...
Telefonni qo`liga oldiyu, bir sonya avval olingan, beg`ubor kulayotgan suvratlarini ko`rib, o`ziyam boshqacha bo`lib ketdi.
- Rostdan telefoniz zo`r ekan... - qiziqsinib qaradi, - Ishtimoyi tarmoqladayam bormisiz?
- Yo`q!
- Ulansam maylimi?
- Meni nomimdanmi?
- Yoo o`zimi... Odnoklasnikidagi profilmga kirib ko`rardim, hop desayz?
- Bemalol!
Telefonni unda qoldirib, kiyngani kirib ketdim. O`n daqiqa o`tib, xonadan chiqsam haliyam o`sha joyida telefonga termulib turibdi.
Eng yomon ko`rganim, telefonni qo`liga oldimi, dunyoni unib qo`yadigan insonlar. Avvallariyam Niyatxonni tarmoqlarda bo`lishini, uyerga suvratlar joylashini yoqtirmasdim.
- Ashana telefonni ichiga kirib ketmang, keyin chiqolmay qolasiz? -dedim, achchiqlanib.
Zardali so`zlarimdan hijolat tortib, shu hamoni telefonni qaytardi. Ko`zim telefon ekraniga tushdi, allaqanday ayol bilan yozishayotgan ekan.
- Kim bu?
- Atelyeda birga ishlaganmiz, Huvaydo opamlar...
Yozishmalarga ko`z yugurtirdim, bari eski sanada yozilgan, ularham salom-alik, oldi qochdi gaplar! Chindan ikki tanishni ozoro suhbati.
``Qiziq eski tanishlarini ichida bollaram bormikin?``
Shu fikr hayolimga keldiyu, ichimda bir rashk degan mahluq g`imirlab qoldi. O`zim istamgan holda uni o`zgalardan qizg`ana boshladim.
- Do`stlar ichida yigitlaram bormi?
- Aaaa! - birdan ko`zlari katta-katta ochib qarab qoldi, - Yooo hamma tanishlarim ayollar... - negadur ko`zlari charaqlab, jilmaydi, - Ishonmasangiz, yozishmalarimni ko`rsataman?
``Tavba, nega uni shaxsiy ishlariga aralashyabman... Ahir avvalariyam tarmoqlardan foydalangan, uni Rahima onamni o`zlari nazorat qilib, ishonib ruhsat berar edilarku!``
- Shartmas ashna... Shunchaki so`radim qo`ydimda!
- Akbar aka, ko`nglizga nima keldi bilmadim, ammo noto`g`ri hayolga bormang! - ko`zlari multirab qaraydi, - Men faqat opalarimni, dugonalarimni rosayam sog`inib ketgandim! - yig`lab yuborgudek, ovozi qaltirab kettdi, - Haliyam tarmoqlarda bo`lsalar raqamlarini olib, telefonda bo`lsayam gaplashgim kelgandi...
Unga qarab, oldingi hayotini qumsayotgani sezdimu, rahmim kelib ketdi. Bazan men ham maktabda birga o`qigan sinfdosh o`rtog`larimni, ayniqsa do`stim Husniddinni sog`inib ketaman. Hozirda, taqdir taqozosi bilan yoshlikdagidek qilin bo`lmasak ham... Niyatxonni esa, dugonalari ko`p, ular bilan judayam qalin edi. Kunini katta qismi, ular bilan o`tardi... Hozir ulardan uzoqda yurib, o`sha damlarini qanchali sog`ingan, buni tasavur qilishim qiyin!
``Bechora... Senga eski telefonimni bersam bo`lar ekan, bekorga ishlatilme yotibdi!``
- Ashnaaa, xonangizga kirib, tortmalarni eng pastini ochsangiz meni eski telefonim bor!
- Olib chiqimi?
- Ha... O`sha sizga, bemolol ishlataverasiz!
- Eskiyaaa? - tajjublanib qarab qoldi.
- Tavba, bu qizni qarang, men unga telefon beraman desam, halitdan eski-yangiligi bilan qiziqadiya? - dedim biroz achchiqlandib.
- Yo`q men... - so`zlaridan o`ziyam hijolat chekib, - Shunchaki!
- Ashna, siz tasavur qilganday eski emas... Siz avval kirib olib chiqing, yoqmasa qo`limdagisini beraman?
- Ho`p!
Kirib ketganidan sal o`tib, hursand qaytib chiqdi.
- Shu telefon mengami?
- O`z-o`zizga!
- Yangi ekanu, - kulib qo`yadi, - Eski desangiz avvallari ishlatardizu, Nokia 1110 modeldagi telefon? Men o`shami deb o`ylabman!
- Ashna meni hafa qilyabsiz, sizga ilinsam yaxshisini ilinaman!
- Kattakon rahmat...
- Arzimaydi... - qo`lidagi telefonga ishora qilaman, - Ashna qo`lizdagiyam yangi telefon, nari borsa uch, to`rt oy ishlatganman... Avvalo Hudoyim kechirsin, qo`lim pul ko`rib, usrofgarchilik qildim, ishxonadagi olifta hamkasblardan ortda qolmay deb manabu zormadani palon pulga olgandim! -dedim, qo`limdagi obro` uchun olingan, qimmatbaxo telefonimni ko`rsatib.
- Yaxshi bo`lgan ekanda! - erkanamo kulib qo`yadi, - Maqtanchog`ligiz meni foydamga ishlabdi...
- Ha... Buyursin ashna!
Shodon tabassum o`ynayotgan, yuziga termulaman. Kundan- kunga o`zini begonalarcha tutishlari yo`qolib, emin-erkin his qilayotgani ko`rib hursand bo`laman.
``Joning sog` bo`lgur!``
- Pastdagi do`konda paynet bor. Madina ismli juvon ochadi. Haliroq Pasportiz, biroz pul olib tushsangiz, birorta chiroyli nomerni ochtirib beradi...
- Aha, ho`p!
Hayolida nimalari kechadi bilmadimu, broz o`yga tolib qoldi.
- Ashna nima gap, o`y surib qoldiz?
- O`zim shundoq! - ko`zlarini olib qochdi, - Aslida... Aslida sizdan, vaqtiz bo`lsa bolamga biroz qarab tura olasizmi deb so`ramoqchi edim?
- Ha, albatta... Lekin siz qayoqqa?
- Boya aytdimu, to`qiganlarimni tashlab, yangilari uchun ip olib kelardim!
- Bir o`zizaaa?
- Hmm... Taksiga o`tirsam, tezda borib kelaman!
- Ashna, pulni begona qilmay menga bersangiz, o`zim taksislik qilaraverardim! - knoya qildim.
Nimaga shama qilganimni tushunib boshini quyi soldi.
- Sizni ovora qilmay degandimda!
- Ashna bazan jahlimni chiqarasizda... Do`st ota-ona kabi munosabatda bo`linadigan bir shahs, ota-onadan biror nima so`rash yoki ularga ilingandek, do`stga ham yordam kerakmi, so`rab o`tirmay berish... Uning yordami kerakmi, iymanma tortinma so`rash kerak? Sizga qanday bilmadim, men uchun shunday...
- Ha! - jilmaydi, - Tushundim!
- Unda so`rang?
- Akbar aka, - bir muddat taraddutlanib oldi, - Meni mashinayzda olib borib keling?
- Barakkala! - yelkasiga qoqib qo`ydim, - Ketdik, unda...
- Hop!
U aytgan maziliga olib bordim. Biz adashim bilan mashinada suhbatlashib turdik, u esa to`qigan narsalarini sotib, bir g`aram ip olib qaytib chiqdi.
- Akbar aka! Bir iltimosim bor edi? - dedi qaytayotganimizda.
- Qulog`im sizda!
- Shoshganda bazi narsalarim Tamaranikida unutibman, shuni olib ketaylik?
- Nimalar ekan?
- Bazi kiymlar, yana u-bu... Eng muhimi bolamni yotog` kravatchasi?
- Yo`q, aslooo... - o`sha kampirnikiga biror nima so`rab borishga hecham ko`nglim tortmadi, - O`zim olib beraman, ammo o`sha kampirdan birornima so`ramayman!
- Kravatni o`zim olgandimda?
- Ertaga qishloqqa, dadamni ko`rgani boraman... Uyda men yotgan beshik bor, o`shani olib kelaman!
- Beshikmi? - hayron bo`ldi.
- Ha nima adashim beshikda yotmaydimi?
- Hali yotmagandi... Ko`nikarmikin?
- Biz ko`nikkanmizu, adashim ham o`g`ilbola ko`nikadi!
Aftidan bolasini yonida olib yotib o`rgangan Niyatxon, beshik tepasida o`tirgisi yo`q!
- Beshikda yotgan bola boshqacha bo`lad... Ahir beshik bolasi, bek bolasi, degan naqlni bekorga aytishmagan, to`g`rimi?
- To`g`ri!
Ularni uyga tashlab, o`zim ishga ketdim.
Davomi bor...

MUHABBAT JILG`ALARI: Bir  juft oqqushlar... - 878557719970
MUHABBAT JILG`ALARI: Bir  juft oqqushlar... - 878557726370

Комментарии

Комментариев нет.