Bo'yanish yoki makiyaj qilish ham bir san'atdir. Bo'yanganda ayol kamchiliklarini bekitish emas, go'zalligini ko'rsata olishi kerak. Quyida ayollar bo'yanganda qiladigan asosiy xatolari keltirilgan: 1. Tonal kremni juda qalin surish. Bu yuzni qaritib yuboradi. 2. Ko'z atrofi yuzga nisbatan to'qroq bo'lib ko'rinishi. Tonal krem va pudrani yuz bo'ylab ravon surish lozim. 3. Juda to'q rangli pomada ishlatish. To'q rang odamni jahldor yoki yoshi kattadek ko'rsatib qo'yadi. 4. Ko'zni tagini qattiq bo'yash. Bu yuzga kir ko'rinishni beradi. 5. Qoshni juda to'q qilib yuborish. Qoshni bo'yash 2017 yilda moda bo'lgani bilan, uni haddan ziyod qalin va to'q qilib yuborish, yuzni qo'polroq qilib qo'yadi. 6. Yuzni bo'yinga nisbatan oqartirib yuborish. Pudrani va tonal kremni yuz rangiga eng mos tushadiganidan foydalanish lozim, aks holda bo'yin bilan yuz orasida katta farq borligi bilinib qoladi. 7. Pudrani ko'p surib yuborish. Pudra asosan T zonaga suriladi, ya'ni peshona o'rtasi, burun va uning atrofi, engakga. Qolgan joylarga shart emas yoki juda ingichka qoplam talab etiladi. Bo'lmasa yuzda niqob bordek tuyuladi. 8. Rumyanani yorqin qilib yuborish. Yanoqlarni yorqin rang bilan bo'yamaslik lozim. Rumyana yuz rangidan bir tonga farqliroq bo'lsa yetadi. 9. Ko'z qovog'ida yaltiroq soyalarni ko'p ishlatish. Soyalar bosiq rangda bo'lib ko'zni go'zalligini belgilashi lozim, ko'zni o'rniga yaltirab turishi kerak emas. 10. Ham ko'z, ham labni yorqin bo'yash. Yuzda bir element yorqin bo'lishi kerak. Yoki ko'zlar, yoki lablar. Ikkovi ham yorqin bo'lsa, ayolning go'zalligi bilinmay yuzi rasm kabi bo'lib qoladi.
๑ॐ♥→ARMONIMSAN←♥ॐ๑
Bo'yanish(makiyaj) da qilinadigan 10 ta xato!!!
Bo'yanish yoki makiyaj qilish ham bir san'atdir. Bo'yanganda ayol kamchiliklarini bekitish emas, go'zalligini ko'rsata olishi kerak.
Quyida ayollar bo'yanganda qiladigan asosiy xatolari keltirilgan:
1. Tonal kremni juda qalin surish. Bu yuzni qaritib yuboradi.
2. Ko'z atrofi yuzga nisbatan to'qroq bo'lib ko'rinishi. Tonal krem va pudrani yuz bo'ylab ravon surish lozim.
3. Juda to'q rangli pomada ishlatish. To'q rang odamni jahldor yoki yoshi kattadek ko'rsatib qo'yadi.
4. Ko'zni tagini qattiq bo'yash. Bu yuzga kir ko'rinishni beradi.
5. Qoshni juda to'q qilib yuborish. Qoshni bo'yash 2017 yilda moda bo'lgani bilan, uni haddan ziyod qalin va to'q qilib yuborish, yuzni qo'polroq qilib qo'yadi.
6. Yuzni bo'yinga nisbatan oqartirib yuborish. Pudrani va tonal kremni yuz rangiga eng mos tushadiganidan foydalanish lozim, aks holda bo'yin bilan yuz orasida katta farq borligi bilinib qoladi.
7. Pudrani ko'p surib yuborish. Pudra asosan T zonaga suriladi, ya'ni peshona o'rtasi, burun va uning atrofi, engakga. Qolgan joylarga shart emas yoki juda ingichka qoplam talab etiladi. Bo'lmasa yuzda niqob bordek tuyuladi.
8. Rumyanani yorqin qilib yuborish. Yanoqlarni yorqin rang bilan bo'yamaslik lozim. Rumyana yuz rangidan bir tonga farqliroq bo'lsa yetadi.
9. Ko'z qovog'ida yaltiroq soyalarni ko'p ishlatish. Soyalar bosiq rangda bo'lib ko'zni go'zalligini belgilashi lozim, ko'zni o'rniga yaltirab turishi kerak emas.
10. Ham ko'z, ham labni yorqin bo'yash. Yuzda bir element yorqin bo'lishi kerak. Yoki ko'zlar, yoki lablar. Ikkovi ham yorqin bo'lsa, ayolning go'zalligi bilinmay yuzi rasm kabi bo'lib qoladi.