Ozodlik haykali

dunyoning eng
tanilgan obidalaridan biri bo'lib, 1886
yil AQSh - Nyu-York shaxrida qurilgan.
Ozodlik haykali, AQSh ning eng katta
timsollaridan biridir. Misdan yasalgan Ozodlik Haykali,
Fransiya tarafidan qurulishining 100-
yili sababli AQShga sovg'a qilingan.
Haykal, 1884-1886 yillari orasida
Frederic Bartholdi tarafidan qurilgan.
Haykalning Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi
esa Richard Morris edi. Ozodlik haykali
AQSh - Nyu-York shaxridagi Ozodlik
orolida joylashgan
Haykalning o'ng qo'lida mash'ala, chap
qo'lida esa bir jadval bor. Jadvalning ustida 4 iyul 1776 yil deb yozilgan
(Mustaqillikni bildiruvchi sana).
Mash'alaning esa 7 dengizni
ifodalovchi 7 uchi bor. Haykalning
uzunligi 46 m bo'lib, poydevori bilan
birga 93 m dir. Turistlar haykalning ichidan mash'algacha 168
zinapoyadan iborat bo'lgan zinadan
chiqishlari mumkin. Haykalning
mash'ala ushlab turgan o'ng qo'lining
uzunligi 23 metrdir. Mash'alning
atrofidagi bo'shliqda tahminan 15 kishi bemalol yon-mayon yursa
bo'ladi. Haykalning boshining kengligi
2 metr, boshidagi tojining uzunligi esa
5 metrdan iborat.
Ozodlik haykali, uni ko'rishni hohlagan
barcha turistlar uchun ochiq. Uni ko'rish, zinasidan eng tepasigacha
chiqib Nyu-York manzaralarini
tamosha qilish uchun, haykal
joylashgan, Nyu-Yorkdagi Ozodlik
oroliga borish yetarli.
Haykalga, Singer tikuv mashinalarining quruvchisi Isaac Singerning xotini
Isabelle Eufenie Boyer modellik qilgan.
Ozodlik Haykali 1884 yilda Fransiyada
qurib bo'lingandan 1 yil son'gra 350
parchaga bo'linib 214 sandiq ichida
Nyu-Yorkga keltirildi. Bo'laklar, 4 oy ichida poydevorning ustiga
birlashtirilib yangidan qurildi va 28
oktabr 1886 yilda minglarcha
tamoshabinlarning qarshisida ochilishi
e'lon qilindi.
Ozodlik Haykali, 1984 yil UNESCOning Dunyo madaniyat me'rosi jadvalida o'z
o'rnini egalladi.
Bu Haykalning nus'halari boshqa
shaxarlarda ham mavjuddir. Misol
uchun Parijda Ozodlik Haykalining
nus'halaridan biri mavjud. U nus'ha Atlantika okeaniga qaratilgan holda
qurilgan. Ulardan biri Parijda, Atlantika
okeaniga qaratilib qurilgan.
Haykalning qolgan nus'halari Nevada,
Pekin, Osaka, Bordeaux kabi
shaxarlarda ham mavjud.

Ozodlik haykali
 - 589467948380

Комментарии