Homiladorlikni, erta davrlarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi, chunki stress holatlar, dori vositalarini qabul qilish va ayrim endokrin kasalliklar, homiladorlik belgilariga o‘xshash ko‘rinish berishi mumkin. Homiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar 3ga bo‘linadi: Taxminiy Extimol Aniq Xomiladorlikni taxminiy belgilari Ko‘ngil aynash va qayt qilish (asosan tongda), ishatahaning o‘zgarishi va qaysidir taomga o‘ch bo‘lib qolish; Ayrim Hidlarni yoqtirmay qolish; Asab tizimidagi buzilishlar (uyquchanlik, kayfiyatni tez-tez o‘zgarip turishi, bosh aylanishi, tez achchiqlanishlik); Sut bezlarini kattalashishi va ularning sezuvchanligini ortishi; Yuzda, ko‘krak so‘rg‘ichlarida, qorinning oq chiziqlarida terining rangi o‘zgarishi; Qorinning terisida, sut bezlarida, sonda homiladorlik hoshiya (chiziq)lari paydo bo‘lishi; Qorinning hajmi kattalashishi. Xomiladorlik extimoli (tekshirishlar natijasida aniqlanaadigan belgilar) Sut bezlari kattalashishi, og‘iz sutining paydo bo‘lishi; Qinning shilliq qismini va bachadonning bo‘yin qismini ko‘karib qolishi; Bachadonning shakli, xajmi, konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgarishi; Bachadonning 5-6 haftalikdan kattalashib borishi, avval oldi-orqasiga, keyin ko‘ndalangiga; Gorvits-Gegar simptomi: bachadonning yumshashi, ayniqsa bachadon bo‘yni oldi sohasini. Oxirgi menstruatsiyadan keyingi 6-8 haftalarga xos; Snegirov belgisi: bachadon konsistentsiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgaruvchanligi. Bachadonga mexanik ta’sir etilganda yoki barmoqlar bilan tekshirilganda, bachadon qattiqlashadi va qisqaradi, keyin yana asl xolatiga qaytadi; Piskachek belgisi: xomiladorlikning boshlang‘ich davrlarida bachadon assimetriyasi (qarama-qarshi tomonni bir-biridan farq qilishi) kuzatiladi. Xomila kattalashgan sari assimetriya yo‘qolib boradi; Gubarev va Gauss belgisi: xomiladorlikni erta davrida bachadon bo‘ynining yengil harakati kuzatiiladi, buning sababi bachadonning bo‘yin-old qismining yumshagani; Aniq (ishonchli) belgilar — homiladorlikni ikkinchi yarmidan boshlab homilaning yurak urishini eshitilishi (akusherlarning stetoskopi yordamida homilaning yurak urishini eshitish mumkin); Homila qimirlashini sezish (birinchi marta homilador bo‘lgan ayol — 18-20 haftada, ikkinchi (uchunchi, to‘rtinchi va h.z.) marta homilador bo‘lgan ayol — 16-18 haftada); Homila harakatlari va katta-kichik a’zolarini palpatsiya (paypaslab, ushlab ko‘rish) vaqtida qo‘lga ilinishi (2-uch oylikdan (trimester) boshlab); Rentgenogramma yoki exogramma orqali homilani aniqlanishi; Homiladorlikni aniqlashni eng ishonchli usuli — UTT (UltraTovush Tekshiruvidir) http://avitsenna.uz/homiladorlik-belgilari/
Avitsenna.uz (Hammasi tibbiyot haqida)
Homiladorlik belgilari
Homiladorlikni, erta davrlarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi, chunki stress holatlar, dori vositalarini qabul qilish va ayrim endokrin kasalliklar, homiladorlik belgilariga o‘xshash ko‘rinish berishi mumkin. Homiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar 3ga bo‘linadi:
Taxminiy
Extimol
Aniq
Xomiladorlikni taxminiy belgilari
Ko‘ngil aynash va qayt qilish (asosan tongda), ishatahaning o‘zgarishi va qaysidir taomga o‘ch bo‘lib qolish;
Ayrim Hidlarni yoqtirmay qolish;
Asab tizimidagi buzilishlar (uyquchanlik, kayfiyatni tez-tez o‘zgarip turishi, bosh aylanishi, tez achchiqlanishlik);
Sut bezlarini kattalashishi va ularning sezuvchanligini ortishi;
Yuzda, ko‘krak so‘rg‘ichlarida, qorinning oq chiziqlarida terining rangi o‘zgarishi;
Qorinning terisida, sut bezlarida, sonda homiladorlik hoshiya (chiziq)lari paydo bo‘lishi;
Qorinning hajmi kattalashishi.
Xomiladorlik extimoli (tekshirishlar natijasida aniqlanaadigan belgilar)
Sut bezlari kattalashishi, og‘iz sutining paydo bo‘lishi;
Qinning shilliq qismini va bachadonning bo‘yin qismini ko‘karib qolishi;
Bachadonning shakli, xajmi, konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgarishi;
Bachadonning 5-6 haftalikdan kattalashib borishi, avval oldi-orqasiga, keyin ko‘ndalangiga;
Gorvits-Gegar simptomi: bachadonning yumshashi, ayniqsa bachadon bo‘yni oldi sohasini. Oxirgi menstruatsiyadan keyingi 6-8 haftalarga xos;
Snegirov belgisi: bachadon konsistentsiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgaruvchanligi. Bachadonga mexanik ta’sir etilganda yoki barmoqlar bilan tekshirilganda, bachadon qattiqlashadi va qisqaradi, keyin yana asl xolatiga qaytadi;
Piskachek belgisi: xomiladorlikning boshlang‘ich davrlarida bachadon assimetriyasi (qarama-qarshi tomonni bir-biridan farq qilishi) kuzatiladi. Xomila kattalashgan sari assimetriya yo‘qolib boradi;
Gubarev va Gauss belgisi: xomiladorlikni erta davrida bachadon bo‘ynining yengil harakati kuzatiiladi, buning sababi bachadonning bo‘yin-old qismining yumshagani;
Aniq (ishonchli) belgilar — homiladorlikni ikkinchi yarmidan boshlab
homilaning yurak urishini eshitilishi (akusherlarning stetoskopi yordamida homilaning yurak urishini eshitish mumkin);
Homila qimirlashini sezish (birinchi marta homilador bo‘lgan ayol — 18-20 haftada, ikkinchi (uchunchi, to‘rtinchi va h.z.) marta homilador bo‘lgan ayol — 16-18 haftada);
Homila harakatlari va katta-kichik a’zolarini palpatsiya (paypaslab, ushlab ko‘rish) vaqtida qo‘lga ilinishi (2-uch oylikdan (trimester) boshlab);
Rentgenogramma yoki exogramma orqali homilani aniqlanishi;
Homiladorlikni aniqlashni eng ishonchli usuli — UTT (UltraTovush Tekshiruvidir)
http://avitsenna.uz/homiladorlik-belgilari/