O‘zini sherman deb ko‘krak kerganlar

Ojizlar qalbiga ozor berganlar
Ayol oldida do‘stni yerga urganlar
Xar kimga jazo bor Allohdan qo‘rqing!
Besh o‘n so‘m pul topib osmon bo‘ldingiz
Yaxshiga zulm etib yomon bo‘ldingiz
Qayerdan siz sohibi zamon bo‘ldingiz
Xar kimga savol bor javobdan qo‘rqing!
Davr o‘tar bir kun zo‘rlar ham sinar
Boy bo‘lib ko‘zlari ko‘rlar ham sinar
Siz loyqa qilgan suvlar ham tinar
Savobu gunox bor do‘zoxdan qo‘rqing!
Dunyoga sig‘magan ko‘plarni ko‘rdim
Boyman degan ho‘p-ho‘plarni ko‘rdim
Alal ohir barini tuproqda ko‘rdim
Xar kimga so‘roq bor xisobdan qo‘rqing!
Bu dunyo bevafo, zamon bevafo
Davrim keldi dema davron bevafo
Mazlumlarga aslo qilmagin jafo
Xar kimga jazo bor Allohdan qo‘rqing!
Bahrom Rashid www.t.me/azobli_dardli_sevgi_sherlari 💓

Комментарии

Комментариев нет.