Yulduzim...

Yuragimni Teshiktoshga olib ketgan YULDUZIM
Men ketganda paxtazorda qolib ketgan YULDUZIM.
Seni o'ylab hayollarim uzoqlarga ketgaydir
Bu hijronning azoblari firoqlarga yetgaydir.
Men boraman Teshiktoshga seni olib kelgani
Oshiqlaring arosida tanho g'olib bo'lgani.
Agar kutsang biz albatta baxtli hayot quramiz
Do'st dushmanning oldida quvonch birla yuramiz.
Kel sevgilim bir oz kutgil axir bu sinov dunyo
Sinovidan o'ta olsang shodliging bo'lar daryo.
Qaro qoshing ko'zing birla vujudimga o't soldi
Sening birla paxtazorda bu mas'um yurak qoldi...

Комментарии

Комментариев нет.