Ey bemehr do'stlarim,

Menday do'stga zor bo'ling.
Siz har on yonimdasiz,
Dushmanlarim bor bo'ling.
Yo'lim poylab har doim,
Meni o'ylab har doim,
Omon bo'ling iloyim,
Dushmanlarim bor bo'ling.
Intiqqanda yuzlarim,
Yiqitganda do'stlarim,
Sizni ko'rdi ko'zlarim,
Dushmanlarim bor bo'ling.
Birga ayshlar surganim,
Ko'zim ochib ko'rganim,
Xudo o'zi berganim,
Dushmanlarim bor bo'ling.
May ichib olganim yo'q,
Jinni bo'p qolganim yo'q,
Xudoga solganim yo'q,
Dushmanlarim bor bo'ling.
Ba'zan zahrim keladi,
Ba'zan qahrim keladi,
Sizga rahmim keladi,
Dushmanlarim bor bo'ling.
ShokiR YöldosH

Комментарии

Комментариев нет.