Otamga

Deydilar suyganiga dard berar Allox
Dard bersa dardiga bo'ladi panox
Bugun sendan so'ray yuz bor chekib ox
Otamga shifo ber PARVARDIGORIM.
Sog'aysin, tuzalsin ko'plar qatori
Arisin jonidan chekkan ozori
Bizlarni o'ylagan tunlar bedori
Otamga shifo ber PARVARDIGORIM.
Oldida juda ko'p qilar ishlari
Karnaylatib, osh berib qilar to'ylari
To'ylarimiz to'rida erur joylari
Otamga shifo ber PARVARDIGORIM.
Ilm bergan ming, minglab necha insonga
Toliblar deb uribon o'zin har yonga
Muallimlik kasbi deb zo'r berib jonga
Otamga shifo ber PARVARDIGORIM.
Bizlar uchun yashadi shuncha o'tgan yil
Oxlarimga quloq sol og'ritmay ko'ngil
Ey QODIR OLLOXIM bir bor nazar qil
Otamga shifo ber PARVARDIGORIM.
Bahrom Rashid
03.05.2017 y

Комментарии

Комментариев нет.