Bor bo'ling...

Sara gullar orasidan tanlab tanlab terganim,
Yuragimga o'zgacha ma'nolarni berganim,
Farishtadek hayotimga samolardan kelganim,
Baxtli chog'im doimo siz yonimda bor bo'ling.
Orzu, maqsad bisyordir, hali bari oldinda,
Sizning bergan mehringiz ketmas sira yodimdan,
Orzularim ro'yobga chiqqan o'shal onimda,
Baxtli chog'im doimo siz yonimda bor bo'ling.
Bizga kulib boqarlar, tez orada havasda,
Sizni sevib yashayman, har bir olgan nafasda,
Qalbingizni og'ritmam, qilmam sira shikasta,
Baxtli chog'im doimo siz yonimda bor bo'ling.
Ishoning kaminaga, ko'p narsaga qodirman,
Tog'larni talqon qilgum, shundayin bir botirman,
Men ham asli topilmas, yagona va nodirman,
Baxtli chog'im doimo siz yonimda bor bo'ling.
Sevgim sizga armug'on, bori yo'gim sizniki,
Meni o'tda yondirgan o'sha shahlo ko'zniki,
Ishoning muhabbatim bahtli hayot bizniki,
Baxtli chog'im doimo siz yonimda bor bo'ling,
Orzular ushalganda, men shoirga yor bo'ling...
Bahrom Rashid
07.05.2017 y

Комментарии

Комментариев нет.