19 июл 2017

Bozor va xotindan "dod" deganlar uchun xushxabar

Xotini bilan do'konma-do'kon yurishdan bezigan er bormi?Ana shunday erlar uchun Xitoyning Shanxay shahrida quvontiruvchi yangilik joriy qilindi."Xarid qilib bo'lgunicha erini tashlab ketishni istagan xotinlar uchun "er kabinasi" ochildi", deya xabar beradi The Paper ro'znomasi.Shanxayning Global Harbour savdo markazi ichida bir necha oynavand kabina tashkil etilgan."Bu erini sudrab yurishni xohlamagan xotinlar uchun", deyiladi maqolada.Har bir kabinaning ichida kreslo, monitor, kompyuter va o'yin pristavkasi o'rnatilgan.Kabina ichidagi er 1990-yillarda mashhur bo'lgan, balki bolaligida sevib o'ynagan video o'yinlarini o'ynab o'tirishi mumkin.Ro'znomaning yozishicha, hozircha bu kabinalardan foydalanish bepul.Ammo kelasi oylarda foydalanuvchi o'zining mobil telefonini ishga solib kichik miqdorda haq to'laydigan tartib joriy etilishi mumkin.The Paper ro'znomasi xabar qilishicha, hozircha bu qulaylikdan xotinining "do'konma-do'kon aylanishidan charchagan" bir necha erkak foydalanib ko'rgan.Janob Yang kabina haqida shunday degan:"Juda zo'r ekan. Hozirgina Tekken 3 o'yinini o'ynadim va o'zimni xuddi maktab yillarimga qaytgandek his qildim".Janob Vu esa kabina ichidagi qulaylikni yanada oshirish kerak, degan fikrga kelgan."Kabina ichida ventilyator yoki konditsioner qo'yishmapti. Men o'tirib o'ynashni boshladim, lekin 5 minut o'tar-o'tmas terlab ketdim", degan u.Bozorliq qilishga rag'batlantiradigan stimulXitoydagi Internet sotsial tarmoqlarida "er kabina"lari rosa ko'p hazil-mutoyibaga sabab bo'lgan.Shuningdek, bunday kabinalarni boshqa supermarket yoki savdo markazlarida ham ommalashtirish kerakmi yoki yo'qligi mavzusi qizg'in muhokama etilmoqda.Foydalanuvchilardan biri yozishicha, "mana endi erlarga bozor-o'charga xotini bilan birga chiqishga rag'batlantiradigan stimul paydo bo'ldi"."Kabinada o'ynaydi-da, keyin xotinining xarajatlari uchun hamyonining cho'g'ini pasaytirib ortga qaytadi", deb yozgan u.Lekin uning fikriga qo'shilmaydiganlar ham topildi: Agar erim faqat o'yin o'ynash uchun u erga bormoqchi bo'lsa va xaridimda yordam bermasa, uni u erga olib borishdan ma'ni bormi?Siz bu yangilikka qanday qaraysiz?BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02 http://www.bbc.com/uzbek/lotin-40660893?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #хитой #хотин #шанхай #xitoy #shanxay #bozor #бозор

Комментарии

Комментариев нет.