18 сен 2017

Turkmaniston mezbonlik qilayotgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy ochilish marosimida shaxsan ishtirok etgan birinchi yirik xalqaro sport tadbiri bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning poytaxt Toshkentga davlat tashrifi va o‘zining Amerika Qo‘shma Shtatlariga safari oralig‘ida poytaxt Ashxobodga tashrif buyurishga ham ulgurdi. O‘zi qudratga kelgan 9 oyning o‘zida Shavkat Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi bilan oz emas, ko‘p emas, uch marotaba yuzma-yuz uchrashdi.

Комментарии