9 окт 2017

Бангладеш соҳилида яна Роҳинга болалари чўкиб ҳалок бўлди

Bangladesh sohilida yana Rohinga bolalari choʻkib halok boʻldi http://www.bbc.com/uzbek/world-41552206?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Бангладеш расмийлари хабар тарқатишича, Роҳинга мусулмонлари ўтирган кема 8-октябрь тунида ағдарилиши оқибатида камида 12 инсон ҳалок бўлган.Улар орасида 10 нафар бола, бир аёл, бир эркак бўлган.Ҳодиса Наф дарёсининг Бангладеш соҳилида рўй берган. http://www.bbc.com/uzbek/world-41552206?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Bangladesh rasmiylari xabar tarqatishicha, Rohinga musulmonlari oʻtirgan kema 8-oktyabr tunida agʻdarilishi oqibatida kamida 12 inson halok boʻlgan.
Ular orasida 10 nafar bola, bir ayol, bir erkak boʻlgan.
Hodisa Naf daryosining Bangladesh sohilida roʻy bergan.
Rasmiylarga koʻra, kemada 40 dan 100 tagacha odam boʻlgan.
Bangladesh rasmiylari bir necha inson bedarak ketgani va qidirish ishlari davom etayotganini aytganlar.
Myanmarning Bangladeshga qoʻshni Rakxayn shtatida harbiy amaliyotlar boshlanganidan keyin 500000 dan ziyod Rohinga musulmonlari oʻzlarining yashash joylarini tashlab qochishga majbur boʻldilar.
Kimdir quruqlik orqali Bangladesh hududiga oʻtib olishga urindi, yana boshqalar esa kichik baliqchi kemalarda oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻyib suv orqali qochishga harakat qildilar.
Bundan oldin ham kema agʻdarilishi oqibatida qariyb 60 inson hayotdan koʻz yumdi.
Avgust oyi oxirida Rohinga jangarilari harbiy postlarga hujum qilganlari harbiy amaliyotlar boshlanishiga olib keldi.
Mnyamar hukumati fuqarolik berishni istamagan Rohinga musulmonlari vatanlariga tashlab qochdilar.
Bangladeshga qochib oʻtganlar aytishicha, Myanmar harbiylari va ularga qoʻshilgan buddaviy olomon Rohinga musulmonlarini shafqatsiz oʻldirdilar, qishloqlarini tashlab qochsin degan maqsadda uylarga oʻt qoʻydilar.
Myanmar harbiylarini etnik tozalash va qirgʻinda aybladilar.
Harbiylar esa buni rad etadilar, faqat Rohinga qurollilarini nishonga olayotganini aytadi.
#rohinga #роҳинга #мусулмон #musulmon #birma #бирма #мянмар

Комментарии