9 окт 2017

Oʻzbekistonda uy hayvonlari propiskaga qoʻyiladi

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41552366?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Vazirlar mahkamasi uy hayvonlarini roʻyxatga olishni majburiy qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Unga koʻra 2018 yilning 1 yanvaridan uydagi mushukdan tortib, eshak va tuyagacha maxsus pasport oladi.
Hayvonlar har biri alohida elektron chip, jeton va tamgʻalarga ega boʻladi.
Uy hayvonlari elektron maʼlumotlar bazasiga tirkaladi.
Bu haqda norma.uz sayti xabar bermoqda.
Vazirlar mahkamasi qarori 22 sentyabrda qabul qilingan va kelayotgan yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Hayvonlarni hujjatlashtirish uchun xizmat haqqi uning egasidan undiriladi.
Toʻlov miqdori va shartlari Davlat veterenariya qoʻmitasi tomonidan aniqlanishi aytilgan.
Uloq, qoʻzi va boʻtaloqlar tugʻilganidan soʻng 14 kundan soʻng va bir oyning ichida roʻyxatga qoʻyilishi kerak.
Toychoq va kurralar 4 oylik boʻlgach, choʻchqachalar bir oylik boʻlgach, kuchuk va mushuklar 3 oyga toʻlgach roʻyxatga olinadi va pasportga ega boʻladi.
Xaridor hayvonni sotib olganda yoki sovgʻaga olgandan soʻng 7 kunning ichida oʻzi propiskada turgan joydagi veterinar xizmatida roʻyxatga qoʻyish uchun murojaat qiladi.
Uy hayvoni 3 kunning ichida propiskaga qoʻyiladi.
Uy hayvoni propiskadan oʻtganidan soʻng egasining pasporti asosida unga veterinar pasport beriladi.
Har bir hayvonga alohida pasport qilinadi, biroq qoʻy va echkilarga guruh holatida pasport berilishi mumkin.
Molning oldingi egasi uni sotganligi yoki sovgʻa qilganligi toʻgʻrisida oʻzi yashab turgan joydagi davlat veterinar xizmati orqali hayvonning pasportida tasdiqlatib qoʻyishi shart.
Veterinar pasport yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati beriladi.
Uch kun ichida beriladigan pasportda "dublikat" degan yozuv boʻladi.
Hayvon oʻlsa yo soʻyilsa uning egalari 7 kunning ichida davlat veterinar xizmatiga idenfikatsiya raqami (birka, jeton, oyoq uchun xalqa, elektron chip) hamda hayvonni propiskadan chiqarish uchun veterinar pasportini topshiradi.
Chorva mollari soʻyilishidan oldin soʻyishga ixtisoslashgan veterinar vrach tomonidan maxsus spravka olishi kerak boʻladi.
Import qilingan zotdor mollar hujjatlarga ega boʻlsa ularning hech qaysi biri oʻzgartirilmaydi.
Ular tekshiruvlardan soʻng elektron maʼlumotlar bazasiga qoʻyiladi va veterinar pasportga ega boʻladi.
Soʻyish uchun olib kelingan qoʻy, sigir va choʻchqalar pasport olmaydi.
Ular 7 kunning ichida soʻyilishi kerak boʻladi.
Qarorda hayvonlarini qanday saqlash kerakligi, tutish va qarovsiz qolganlarini saqlash, hayvon egalarining huquqi va majburiyatlari koʻrsatilgan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41552366?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

  • 10 окт 2017 02:29
    Insitituta uqitib bitadan spark mindirish kk emasmi mobodo uzbni hayvonlariga ne panyatna zakon
  • 10 окт 2017 05:53
    6 дона хурозим бор поспорт олгинча суйиб **** тугатишим керак яна паспорт оламан деб навбатда туришни хохламайман
  • 10 окт 2017 05:55
    Кушниларим хурозларимни судга бериб мана муомма
  • 10 окт 2017 07:22
    Паспорт олгандан кейин сайловлардахам овоз беришадими куй кузилар?(ch)
  • 10 окт 2017 07:45
    Молларни сотиб кучук мушукларни уйдан хайдаш керакми ?
  • 10 окт 2017 07:47
    bitta qimagan iwi wu qolgandi tenteklar.
  • 10 окт 2017 07:49
    tovba qildim qanaqa zamonlar keldi
  • 10 окт 2017 09:02
    Е худо каерда даромад шу ерга  шериклик .бу кимга ярашадиган килик
  • 10 окт 2017 16:35
    Tavba  ozi  bitta  shu  kamida  tepada otirvolib  nima  qilishlarini  bilmay  qolganmi  bular
  • 10 окт 2017 16:38
    Bordir  ulargayamayniqsa  eshshaklarga  prava  xam  berishsin
  • 11 окт 2017 00:15
    Odamlar bilan hayvonlardi farqi qolmaydiku unda
  • 11 окт 2017 00:15
    Yo tovbo
  • 11 окт 2017 01:35
    Гай билааа менда 10та булдок амерканске 30та ката мол 12та туйа  100 та куй 150 та сут бирадиган ечки 3000та бедана 1000та товук 500та индук 10мушук бор хамаси мани уйимда пропискага куйсам улсам меросга давогарлек киладими  кегин10 тона макка 30тона бугдойни 100тона. Арпа 50тона кунжалани уларга коб кетадими ЙУК ЕРТАГА ХАМАСИНИ СОТАМАН ПАСПОРТ ОЛИБ КУЙМАСДАН. ХАХАХАХАХАХ
  • 11 окт 2017 09:38
    Vay blaaaa
  • 11 окт 2017 18:39
    Soliqni undirishni oson yulimi