11 окт 2017

Москва: 'Синдика'даги ёнғинда 'Ўзбеклар ёниб кетгани' ростми?

https://www.youtube.com/watch?v=wOwHX-pAV40?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Moskva: "Sindika"dagi yongʻinda "Oʻzbeklar yonib ketgani" rostmi?

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41581646?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit 8 oktyabr kuni Moskva viloyatidagi "Sindika" qurilish bozorida yirik yongʻin sodir boʻlgan.
Yongʻin maydoni 55 ming kvadrat metrni tashkil etgan.
Oradan 2 kun oʻtib, mahalliy matbuotda yongʻinda 6 nafar oʻzbekistonlik ishchilarning yoʻqolgani haqida xabarlar paydo boʻldi.
BBC Oʻzbek Xizmati xabarning haqqoniyligini tekshirish maqsadida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati bilan bogʻlandi.
Vakilning bergan maʼlumotida yongʻin chogʻida oʻz vaqtida oʻtkazilgan koʻchirish ishlari natijasida qurbonlar boʻlmaganligini taʼkidladi.
- Tutun paydo boʻlishi bilan odamlar tashqariga chiqarilishi boshlangan. Qisqa muddat ichida 3000 nafar kishi havfsiz joyga koʻchirilgan. Shunga qaramay, 3 kishi jarohatlangan. Ammo yongʻin oqibatlarini bartaraf etishda jasadlar chiqqani yoʻq, - dedi FVV matbuot xizmati.
Rossiyaning "Beshinchi kanal"i tarqatgan xabarda 6 nafar oʻzbekistonlik yoʻqolgani taxmin qilinayotgani bildirilgan.
"Maʼlumotlarga koʻra, yoʻqolganlar - Oʻzbekiston fuqarolari, ular yonayotgan bino ichida qolgan boʻlishlari mumkin", - deyiladi "Beshinchi kanal" xabarida.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi yongʻin hodisasi yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"2017 yil 10 oktyabr Moskva vaqti bilan soat 9.00 da Rossiya tomoni yuqorida qayd etilgan yongʻinda Oʻzbekistonning yoʻqolgan yoki yaralangan fuqarolari haqidagi maʼlumotga ega emas. Ushbu masala Elchixona Konsullik boshqarmasining doimiy nazoratiga olingan", deyiladi bayonotda.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi rasmiy sayti bu borada maʼlumot eʼlon qilmagan, BBCning elchixona matbuot xizmati bilan bogʻlanishga urinishlari samarasiz qolmoqda.
BBC yongʻin sodir boʻlgan Odintsova tumanida ishlovchi va yashovchi bir necha oʻzbekistonliklar bilan bogʻlandi.
Ularning aksari yoʻqolgan oʻzbekistonliklar haqida hech qanday maʼlumot bilmasliklarini aytishdi.
- Bozorda yuzlab oʻzbeklar ishlashadi. Koʻpi yuk tashuvchilik va farroshlik qilishadi. Yongʻin tufayli ishsiz qoldik, rahbariyat bozor ishlamagan kunlarga pul toʻlamasligini aytdi, - deydi Razzoq ismli muhojir.
- Bozorning avtomobillar qoʻnalgʻasida oʻzbekistonlik doʻstimni avtomashinasi yonib ketdi. Egasi yongʻindan qochib chiqishga ulgurgan, mashina esa portlagan, - hikoya qildi oʻzbekistonlik tadbirkor.
"Bozor katta boʻlgani bilan atrofdagi oʻzbeklar bir-birimizni ancha tanib qolganmiz. Agar oʻzbeklar yonib ketgani haqida gap boʻlsa, eshitardik", dedi yana bir oʻzbekistonlik mehnat muhojiri.
Yongʻinga aynan nimalar sabab boʻlgani halicha nomaʼlum.
Orada qator taxminlar ilgari surilgan, yongʻinning qasddan qilinganiga oid farazlar ham tilga olingan.
Ammo bu xususda hali-hanuz aniq bir toʻxtamga kelinmagan, tekshiruv ishlari davom etmoqda. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41581646?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

Комментариев нет.