13 окт 2017

Марказий Осиё: "Атамбаевдек президент ҳалича бўлмаган...

" https://www.youtube.com/watch?v=HXUs_1vk0s0 Markaziy Osiyo: "Atambayevdek prezident halicha boʻlmagan..." http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41610945?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Qirgʻizistonning amaldagi rahbari qonuniy muddati tugagach, prezidentlik vakolatini hech bir muammolarsiz topshirayotgan mintaqadagi birinchi siyosatchi boʻladi.
Navbatdagi prezident saylovi Qirgʻizistonda shu yilning 15 oktyabr kuniga rejalangan.
Almazbek Atambayev esa, yakshanba kungi saylovda ishtirok etmasligini bundan ancha avval bayon qilgan.
Oʻsha paytda 55 yoshda boʻlgan Atambayev 2011 yil boʻlib oʻtgan prezident saylovida yirik hisob bilan gʻalaba qozongan.
Uning inauguratsiya marosimining oʻziyoq Markaziy Osiyoda qudrat almashinuvi ilk bor demokratik yoʻllar bilan amalga oshgani isboti boʻlgan.
Bu - "avtoritar" rahbarlar tomonidan idora etib kelingan mintaqa uchun beqiyos oʻrnak ekani aytilgandi.
Yangi prezidentga etnik jihatdan boʻlingan va iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakat meros boʻlib qolgan.
Almazbek Atambayev Qirgʻizistondagi eng yorqin siyosatchilardan boʻlmasligi mumkin.
Ammo u uzoq yillar davomida mamlakat siyosiy elitasi aʼzosi boʻlgan.
Atambayev 80-yillarda yosh kommunist partiya faoli sifatida tanila boshlagan.
Sovet Ittifoqi parchalangach, u Qirgʻizistonning eng muvaffaqiyatli ishbilarmonlaridan biri sifatida nom chiqargan.
Keyinchalik Almazbek Atambayev ishbilarmonlikdan siyosatga oʻtgan: dastlab parlament aʼzosi boʻlgan, keyinchalik savdo va sanoat vaziri etib tayinlangan.
Bosh vazir, prezident...
Sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev iqtidorda ekan Atambayevga Bosh vazir vazifasi berilgan.
Ammo Almazbek Atambayev bu lavozimda bor yoʻgʻi sakkiz oy qolgan.
U avvaliga isteʼfo bergan va keyinchalik Qurmanbek Bakiyevni qudratdan ketkizgan muxolifat saflariga qoʻshilgan.
Hukumat almashinuvi Atambayevga ikkinchi bor Bosh vazirlik qilish imkonini bergan.
Oradan bir necha hafta oʻtar-oʻtmas Qirgʻiziston janubida qonli etnik nizolar boshlanib ketgan.
Atambayev boshchilik qilgan muvaqqat hukumat qirgʻizlar va oʻzbeklar oʻrtasidagi millatlararo mojaroni bartaraf eta olmagani uchun tanqidlar ostida qolgan.
Siyosiy manfaatlar mintaqalarga qarab boʻlingan Qirgʻizistonda Atambayev shimollik siyosatchi sifatida tanilgan.
Kuzatuvchilar uning Rossiya bilan chuqur aloqalarga ega ekaniga ishora qilishgan.
Bugun olti yillik prezidentlik faoliyatiga berilayotgan baholar bir-biriga zid esa-da, Almazbek Atambayev qayta prezidentlik daʼvosidan voz kechib, mintaqa tarixiga kirgani bor gap. http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41610945?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Марказий Осиё: "Атамбаевдек президент ҳалича бўлмаган..."

Комментарии