19 окт 2017

Oʻzbekiston Eron neftining yangi mijoziga aylanadimi?

http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41686202?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Eron Oʻzbekistonning energiyaga ehtiyojini toʻliq taʼminlashga tayyor.
Videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=P8n_JPM_6S0&feature=youtu.be Bu haqda Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy maʼlum qilgan.
Ruhoniy Tehronda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulazizni Komilovni qabul qilgan.
Komilov oʻzbek tomoni Eron bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni kengaytirish niyatida ekanini aytgan.
Komilovga Eronga safarida Oʻzbekneftegaz rahbari va boshqa rasmiylar hamrohlik qilmoqda.
Eron Neft vaziri Bijon Zanganehga koʻra, oʻzbek neft sanoatining imkoni cheklangan.
Hozirda oʻzbek tomoni Eron neftini temir yoʻl orqali import qilish masalasini koʻrib chiqmoqda.
Avvalroq Oʻzbekiston Qozogʻistondan Rossiya nefti tranzitiga ruxsat olgandi.
Ayni paytda Oʻzbekistonda yonilgʻi taqchilligi saqlanib qolayotir. http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41686202?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

Комментариев нет.