31 окт 2017

Xurshid Davron Nurullo Otaxonovning "Bu kunlar" romani haqida fikr bildirdi

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41820951?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston xalq shoiri va tarixchi Xurshid Davron bir oy avval Toshkent aeroportida hibsga olingan yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurullo Otaxonov) qalamiga mansub "Bu kunlar" kitobi haqida oʻz fikrini bildirdi.

Xurshid Davron oʻz Facebook sahifasida yozishicha, "maxsus tashkilotlar, xususan mamlakat matbuot agentligi" tomonidan "Bu kunlar" asaridan ayb topish ishi shiddatli tarzda davom etmoqda.
Unga koʻra, Nurilla Otaxonovni himoya qilish ishini uning tarafdorlari "to oqlov hukmi boʻlmaguncha davom ettirishi" kerak.
"Bu kunlar" kitobining ekspertizasida qatnashayotgan mutaxassislarga qaratilgan murojaat qilar ekan, Xurshid Davron "bu asardan asosiy maqsad tanqid emas. Maqsad - xalqimiz, vatanimiz, davlatimiz qaygʻusidir", - deb yozadi.
Nurilla Otaxonovga Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsion tuzumiga tajovuz qilish boʻyicha jinoiy ish ochilgan. U Toshturmada bir necha kun ushlab turilishi ortidan ozod qilingan boʻlsa-da, tergov davom etayotgani aytiladi.
Xurshid Davronning yozishicha, har bir ijodkor davlat siyosatini muhokama qilishga haqlidir.
"Eng avvalo, taʼkidlashim lozimki, yozuvchi asarini "roman" deb atagan. Adabiyot odami sifatida aytsam, bu asar hujjatli-publitsistik yoʻnalishda yozilgan, janr talabidan kelib chiqib, badiiy usullar bilan boyitilgan, hujjatlarga ham ancha erkin-ijodiy yondashilgan.
Yozuvchi bu asarni bir siyosatchi sifatida emas, bir ziyoli, bir adabiyotchi sifatida yozganinni aslo unutmaslik kerak. Zero, adabiyot hayotning turli sohalarini qamrab olganidek, erkin jamiyatda yashayotgan har qanday ijodkor davlat siyosati haqida ham yozishga haqli ekaniniyam unutmaylik. Demak, "Bu kunlar"ga baho berishda men diqqatni qaratgan ayni shu jihatlarni alohida hisobga olish lozim boʻladi.
Asar qahramonlari real shaxslardir, voqealar ham tevarak-atrofimizda boʻlib turgan, hammamiz ichida yashab kelayotgan hayotdan olingan", - deb yozadi Xurshid Davron oʻz Facebook murojaatida.
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita "Bu kunlar" tarkibida ekstremistik gʻoyalar bor deya xulosa qilgan.
Ammo, Xurshid Davronga koʻra, asarda muallif faqat davlatni emas, balki dindorlarni ham tanqid qiladi.
"Asarning ikki bobida diqqat diniy hayotga qaratilgan. Zero, muallif uzoq muddat aynan diniy soha ichida boʻlgan, shu sohada katta oʻrin tutgan matbuot va noshirlik sohasida faoliyat yuritgan. Muallif yaqin kechmishimizda dinga munosabatdagi ayrim haddan oshishlarni tanqid qilar ekan, buning sababini koʻrsatishda faqat davlatni ayblamaydi, balki dindorlarning oʻzlari ham shunday keskin siyosat yuritilishiga sababchi boʻlganlarini taʼkidlaydi", - deb yozadi adib.
"Nurulloh Muhammad Raufxonning "Bu kunlar" asarining ekspertizasi bilan shugʻullayotgan mutaxassislar asar haqida hukm chiqarishdan oldin, bu kitob orqasida bir ijodkor va uning taqdiri turganini aslo unutmasinlar", - deya xulosa qiladi Xurshid Davron. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41820951?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

  • 31 окт 2017 22:17
    Хуршид Даврондай  адибларимиз  билан хар к,анча  фахирлансай арзийди, ту'г'ри фикирлаябди  Х.Д
  • 1 ноя 2017 06:09
    Қўлларинг бўш бўлса, қалбинг кишанда,
    �Ғафлат уйқусида ётган эй банда!�
    Озодлигинг сезмай ҳанузгача сен,�
    Қулдек тобеликни қилмайсан канда.

    Аждодлардан қолган асрий ватанинг,�
    Сен учун айланди бандихонага
    ,�Ватан деб жон берган мард ўғлонларинг,�
    Айланди-ку охир ўгай болага.

    Мозийни унутдинг, ўзлик йўқолди,�
    Бебаҳо бойликлар тинмай таланди.�
    Хоразмий, Беруний, Улуғбек мулки,�
    Гўрга кўмилди-ю, ўтга қаланди.

    Минг йиллик тарихинг топталди буткул,
    �Манқуртлар сен учун бўлдилар сарбон.
    �Бош олиб кетдилар кўплар ватандин,�
    Кўзларда ёш билан, дилларда армон.

    Йироқда бўлса ҳам улар ватандин,�
    Тўтиё қилдилар ватан тупроғин.�
    Ватан деб жон бериб умри битганлар,
    �Ватан демадилар ўзгалар боғин.

    Сиз ватанда эмас, ватан сиз билан,�
    Қалбингизда бўлди жудолик онлар.
    �Халқини хўрлаган, ватанни сотган,�
    Ватанда яшаган – ватангадолар!

    Мухаммад Нуриллоҳ
  • 1 ноя 2017 17:10
    Бу кунлар китобини электрон вариантини кайдан укиса булади
  • 1 ноя 2017 18:40
    Рахмат
  • 3 ноя 2017 05:50
    Play marketda offline versiyasi ikki xil alifboda turibdi. Xoxlang lotin xoxlang kirill
  • 3 ноя 2017 11:43
    Рахмат Лекин Plаy mаrkеt интернетдами
  • 3 ноя 2017 12:16
    Telefoniz androidmi yo ayfon
    Android telefonlar uchun play marketda ayfon uchun app store prilojeniyesida bor uni skachat qib ustanovka qilasiz keyin internetsiz ishlaydi