11 ноя 2017

Videofilm: Amir Olimxon va Oʻzbekistonning unutilgan shahzodalari

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41920938?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Bundan roppa-rosa 100 yil oldin yuz bergan Shoʻrolar inqilobi taʼsiri Rossiya Turkistoniga ham yetib keladi.

Mintaqa siyosiy sahnasi va sarhadlari keskin oʻzgaradi.
Buxoro Amirligi ham tugatilib, yangi Oʻzbekiston jumhuriyati tarkibiga kiradi. Amir va oilasi esa Afgʻonistonga qochishadi.
Ularning keyingi taqdiri va bugungi hayoti qanday kechdi?
Biz shu savollarga javob izlab Amir oilasining eng koʻp aʼzosi boshpana topgan Turkiyaning Gʻoziantep shahriga safar qildik.
Videofilmni BBCUZBEK YouTube kanalida ham tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=iBiSOuqLidk Muxbir: Gulsevar Zamon
Prodyuser: Rustam Qobil
Tasvirchi: Arslan Oʻzgur
Montaj: Piter Boll
Vatansiz shahzoda
Gʻoziantepda Amir Olimxon nabiralari uyida mehmon boʻldik.
Amirning eng kichik oʻgʻli Said Abdulsattor Olimiy, qator nabiralari, xonadon tarixini oʻrgangan nevara kuyovi Nuriddin Xotunoʻgʻli va nevara kelini Mastura opa bilan suhbatlashdik.
"Otam vafot etganda 6 oylik yoki bir yoshda boʻlganman, uni koʻrmaganman. 15 aka-uka, 24 opa-singil boʻlganmiz".
"Devorda bir katta soat boʻlardi. Onam "senga otangdan mana shu soat qolgan", derdi. Katta soat edi, drang - drang ovoz chiqarardi", deb eslaydi shahzoda Said Abdulsattor.
Said Abdulsattor Olimiyning Amir Olimxon haqidagi tasavvurlari onasiyu akalari xotiralari asosida shakllangan.
"Otamni odobli va tartibli bir inson boʻlganini aytganlar. Shunday inson boʻlganki, hamma ham uning oldigan toʻgʻridan-toʻgʻri bora olmagan. Uni oldiga borish uchun onam ham izn olishlari kerak boʻlgan ekan".
Shahzoda hayoti darbadarlikda kechgani, hamon vatansiz ekani haqida gapiradi.
"Zohirshoh davrida bizning tugʻilganlik guvohnomamiz yoʻq edi, ammo xorijiy pasportimiz bor edi. Buxoro podshohining oʻgʻli boʻlganimiz uchun pasportimizni har yili yangilab turardik... 1372 (hijriy) yildan keyin urush boshlandi, toliblar keldi, mujohidlar keldi, undan keyin hamma mamlakatni tark edi. Oxirida men chiqdim. Hamma akalarim Pokistonga ketishgandi, men Kobulga kelgandim. Keyin men Pokistonga ketdim. 27 yil Pokistonda yashadim. Peshovarda Faqirobod mintaqasida yashadim".
"Jangdan qutuldik deb xursand boʻldik. Lekin vaziyatimiz yomonroq boʻldi. Bir tomondan, iqtisod oʻtkazish qiyin edi. Ikkinchi tarafdan, politsiyaning qoʻlida azob koʻrdik. Ishoning, non olishga borsak, qoʻlimizdan non pulimizni tortib olardi. Agar pulni bermasak, bizni hibs qilardi. Oʻgʻlim Irlandiyadan oyiga 200 yevro yuborardi. Qizimning Pokistonda pardozxonasi bor edi. Shu yoʻsin pul topardi. Kundan kun vaziyatimiz yomonlashib bordi. Pokiston politsiyasi oq soqolimga qarab oʻtirmasdi, 1-2 kun olib ketardi, izn soʻramasdan uyimizga kirardi, "Afgʻonistonga ket", deb uydan chiqarardi".
"Birodarlarim, hatto onamning qabri shu yerda, Turkiyada. Shuning uchun Turkiyaga keldim. Ikki yil boʻladi, lekin hanuz arosatdaman. Hali ham muhojirman".
Mastura opa Amir xonadonining biz bilan suhbatga rozi boʻlgan yagona ayol aʼzosi edi. U ham inqilobdan keyin Afgʻonistonga qochib oʻtgan oilalar farzandi va Amir Olimxonga kelin boʻlganidan nihoyatda faxr tuyardi.
"Har zamon iftixor qilamiz, hozir ham iftixorimiz bor. Qayinbobom: "Mening otam 5 vaqt namozini qilgan, Qurʼonni oʻqigan va millatini sevgan bir inson edi", deb aytardi".
"Afgʻoniston davlati Amir Olimxonga: "Siz bolalaringizga bir meros qoldirasizmi, nimalardir berasizmi?" debdi.
Qoʻlida gugurt qutisi bor ekan, barmogʻi bilan gugurtni chetibdi, u har yerga sochilganmish. "Avlodlarim shunday boʻladi, oʻz rizqlarini oʻzlari topadi. Oʻz avlodlarini oʻzlari katta qilishadi. Men ularga qoldirsam, qoldirmasam hech farq qilmaydi", debdi. Alloh taollo ularga rizq beradi, menga ish tushmaydi", degan ekanlar".
"Meni rahmatli begim bobosi quchogʻiga yostiq qoʻyib ovqat yeyishi haqida aytardi. Mutlaqo bir dona yostiqni quchogʻiga olar ekan. U rahmatli-da, olardi. "Ey shu yostiqni u yoqqa qoʻysangizchi", desam: "Otadan meros qolgan, shunaqa yaxshi rohat ovqat yeymiz..." Shunaqa yon oʻtirardi. Amir Olimxon ham yon oʻtirarkan", deya xotirlaydi Mastura opa.
Buxoro xayoli
Amir Olimxon shaxsi va uning Oʻzbekiston tarixidagi oʻrni meni doim qiziqtirib kelgan.
Shu bois Amir Olimxon avlodlari yashovchi Gʻoziantep shahriga ilk bor borishim emas edi. 2009 yil ham bu oila haqida radiolavha tayyorlash maqsadida u yerga safar qilgandim. Oʻshanda Amir Olimxonning oʻgʻli Abdulkabir Azimiy va qator nabiralari bilan uchrashgandim. Bu gal u kishi bilan uchrashish nasib etmadi. Abdulkabir Azimiy bir necha yil oldin hayotdan koʻz yumgan ekan.
Shahzoda Azimiy men bilan suhbatda otasi Olimxonning Afgʻonistondagi hayoti va uning shaxsiga oid koʻp qiziqarli faktlarni soʻzlab bergandi.
U Amir Olimxon Bedilni sevib oʻqigani, bir necha xorijiy tillarda bemalol soʻzlasha olgani, musiqani sevgani, Omonulloxon tavallud kechasida pianino chalib, Gʻarb elchilarini lol qoldirgani haqida gapirgandi.
Azimiy otasining vafotini shunday eslagandi.
"Qiblagohim 1944-yilda Kobulda olamdan oʻtdilar. Oʻshanda men 13-14 yoshlarda edim. Menga: "Bolalarga qara, janoza paytida tashqariga chiqib, baqir-chaqir qilishmasin",- deya topshiriq berdilar. Haramdan tashqarida, katta hovli boʻlardi. Oʻsha yerda qorilar yigʻilib, Qurʼon tilovat qilishardi. Otamni bir xonaga yuvib, oʻrab, yotqizib qoʻyishgandi. Ayollari chiqib ketgach, biz farzandlari saf tortib, birma-bir kirib, otamning qoʻllari va oyoqlarini oʻpib chiqdik. Otamning bosh vaziri Hoshimxon va yana bir qancha amaldorlar u yerda saf tortib turishardi. Padarimizni olib chiqishayotganda, meni bir narsa hayratga soldi. Yigʻlamagan odamning oʻzi qolmagandi. Janozaga hattoki Buxoro yahudiylari ham kelishgandi. Ular shunchalar koʻz yosh qilishar ediki, men koʻrib koʻzimga ishonmasdim. Odamlardan biri ulardan: "Siz nimaga yigʻlaysiz?" - deb soʻraganida, ular: "Axir u bizning podshohimiz edi",- deb javob qaytarishgandi. Oʻsha kuni Afgʻonistonda bayroqlar yarim tushirildi, hatto, baʼzi elchixonalar bayroqlari yarim tushirilgandi".
Bu endi shaxsiy xotiralar va qarashlar edi. Xonadon tarixini oʻrgangan va Amir Olimxon haqida kitob yozgan nevara kuyov Nuriddin Xotunoʻgʻli oʻtmishga tarixchi koʻzi bilan qarashga urinardi.
"Ha, Amir Olimxonning musbat va manfiy ishlari boʻlgan... Birinchidan oʻlkasini ishgʻoldan qutqarmagan. Urushda magʻlub boʻlib oʻlkasini tark qilgan. Bu toʻgʻri. Uni qahramon deya olmaysiz, ammo xoin ham emas. Xoin deganingizda boshqacha bir gap boʻlib qoladi. Oʻz tariximizga xoin yoki qahramon koʻzi bilan qarash toʻgʻri emas deb oʻylayman", deydi u.
"Oʻz xotiralarida "Afgʻonistonga ketib kelaman", deb yozgan. Baʼzi kishilarni vazifador qilib ketgan. Kelmayman, deb ketsa, u kishilarga vazifa bermas edi. Endi Afgʻonistonga kirganidan keyin chiqishiga ruxsat berilmaydi. Hatto, hajga ketishiga ham ruxsat berilmaydi. Xotiralarini oʻqiganingizda, u Afgʻonistonda majbur turib qolganini bilib turasiz".
"Oxirgi paytda Amir Olimxon iqtisodiy jihatdan koʻp zaif holda vafot qiladi", deydi suhbatdosh.
Meni hayratga solgani suhbatdoshlarim barchasi Afgʻonistonda yoki Turkiyada tugʻilishgan boʻlishsa-da, hamon Buxoroni vatan deb bilishlari va hali hamon Buxoro xayoli bilan yashashlari edi.
"Buxoroga borish armoni yuragimda. Hech qursa bir marta borsam, Buxoroni koʻrsam. Men Afgʻonistonda tugʻildim, ammo vatan yodi boshqacha. Yolgʻiz men emas, barcha boshqa ogʻa-inilarimiz bir marta boʻlsa-da, Buxoroga borishni orzu qilamiz", deydi Said Abdulsattor Olimiy. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41920938?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

  • 13 ноя 2017 18:03
    Амир олимхонни ебрлиги тарихга кирган ку.
  • 13 ноя 2017 18:14
    Бунча пули булгандан кегин истаганини киладида. Куён бугун дам олади деб. ;-)
  • 13 ноя 2017 18:32
    Amir olimhonni millati qannaqa  bo'lgan,men tojik bollgan deb eshitdim wu gap rostmi?
  • 13 ноя 2017 18:44
    Amir Olimxon ruslar urush qilmaslik sharti bilan tovon puliga rozi bo'lgan minglab qorakul terilari ipak matolar shunga o'xshash qimmatbaxo buyumlarni tovon sifatida bergan keyinchalik ruslar tovon pulini ko'paytirib boravergan ruslar buxoroga katta ultimatum qo'yadi Amir Olimxon ruslar qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoladi ular nima desa shuni qiladi Buxoro Rossiyani vassal davlatiga aylanadi
  • 13 ноя 2017 18:55
    Шу Хива хони, кукон хони, бухоро Амири Бир бирини оркасини чукаламасдан бир елкадан бош чикариб, миллатни жипслаштирганида бировга карам булмасди. Биттаси хазина тулдири билан овора, биттаси ебр, биттаси ваабще баччавозлик Билан овора булган мана окибати..
  • 13 ноя 2017 19:06
    To'ppa to'g'ri ular bir birini go'shini yep turishgandan ruslar foydalanib qolishdi
  • 13 ноя 2017 19:10
    Аммо чор Россия бундан фойдаланиб колмаганда аник 100%  Британия империяси узига карам килар эди Ана унда холимизга маймунлар еглар эди..
  • 13 ноя 2017 19:21
    Bazi tarixchilar britaniya bosib olganda yaxshi edi deyishadiku:-O
  • 13 ноя 2017 19:31
    :-) kim kelsa ham baribir birovga tobe bo'lib yashash qiyin bilsangiz agar ruslar britanlar bilan o'rta osiyoni bo'lib olishadi ularga afg'onlar ruslarga o'zbeklar lekin afg'onlarni britanlar taslim qila olmadi biz shularchalik ham bo'la olmadik ruslarni ne ko'yga solishdi ular
  • 13 ноя 2017 19:38
    Агар британияга карам булганимизда 3-жахон уруши маркази шу ер буларди менимча. Сув билан олов уртасида ажратиб туривчи булмаса иккиси хам узокка бормайди.
  • 13 ноя 2017 19:41
    Бу бизни тарихий босиб утган йулимиз, СССР пайитида факат зулмат ва емонлик булмаган, яхши кунлар Хам прогресс Хам булган. Энди Бу утган тарих сахифаси буегига утмишдан сабок олиб яшашимиз лозим..
  • 13 ноя 2017 19:56
    Ha to'g'ri aytasiz
  • 15 янв 2018 22:39
    Амир Олифта кут булган шунинг учун унутилган :-D:-D:-D:-D
  • 14 дек 2020 16:56
    Darhaqiqat agar biz britaniyaga qaram bulganimizda hindiston va pokistondan farqimiz qolmasdi uz qushnimiz birodarlarimiz bilan yoqalashib yotgan bulardik. Hammada ham nafs bor, shuningdek Chor Rossiyasi va qizil armiya boshliqlarida ham endi utmishni qoralash shart emas negaki nima bulganda ham u bizning qora kunimizning ajralmas bulagidir. Axir uzingiz ham uz utmishingiz qora kunlarini qoralab vaqt sarflamaysizku faqat Usha kunlardan saboq chiqarib ertangi kunga tayyorlanasiz.
  • 14 дек 2020 17:05
    Bunday uylash notug'ri negaki britanlar millatchilikka urg'u berishardi yani bu hind, bu ingliz, bu musulmon. bu yer britanlarniki emas balki og'a ini musulmon va hindlarniki edi. Inglizlar ikki aka ukalar orasiga nifoq solganligi va Mana 80 yil bulayapdi ammo bu nifoq bartaraf bulgani yuq huddi Usha joyga markaziy Osiyo davlarlarini quyib kuring qay kurinishda namoyon buladi.