12 ноя 2017

Tramp: "Sammitda Putin va men yaxshi gaplashdik"

http://www.bbc.com/uzbek/world-41961301?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit AQSh Prezidenti Donald Tramp Vetnamda oʻtgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitidagi qisqa uchrashuvlar davomida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan "yaxshi muloqot" qilganini aytdi.

Twitter orqali u ikki davlat oʻrtasidagi iliq munosabatlarni qoʻllamaydigan "koʻrolmaydiganlar va ahmoqlar"ga qarshi "portlagan".
Oldinroq u Putin unga AQShdagi 2016 yilgi saylovga Rossiya aralashgan degan ayblovlardan ranjiganini aytgandi.
AQSh istihborot xizmatlari biroz avval Rossiya saylovda Tramp foydasiga oʻz taʼsirini oʻtkazgan degan xulosaga kelgandi.
"U bizning saylovga umuman aralashmaganini aytdi", - degan Amerika Prezidenti.
Shunga qaramasdan u tinimsiz tanqidlardan soʻng AQSh istihborot agentliklarining xulosasini qoʻllashini bildirgan. "Mening ularga ishonish yoki ishonmasligmiga kelsak, men agentliklarimiz bilanman. Men istihborot agentliklarimizna ishonaman", degan u.
U Rossiya aralashmaganiga Putin ishonishini taʼkidlagan.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti oʻtkazgan sammitda ikki Prezident rasmiy muzokaralar oʻtkazmagan, biroq uch holatda uchrashgan. Ular Trampga koʻra, Suriya inqirozi, saylovdagi aralashuvlar haqida gaplashishgan.
Trampning ashaddiy tanqidchisi Respubikachi senator Jon Makkeyn "Amerika istihborot xizmatalari gapi oʻrniga KGB polkovnigining soʻzlariga ishongani" uchun Prezidentni "sodda, goʻl" degan.
Markaziy Razvedka boshqarmasi Putinning soʻzlaridan soʻng boshqarmaning saylovga Rossiya aralashgani haqidagi fikri oʻzgarib qolmaganini bildirdi.
Tramp oʻz tvitlarida oldingi Prezident Obamada Putin bilan chiqishib keta olmaganini yozgan. http://www.bbc.com/uzbek/world-41961301?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

Комментариев нет.