12 ноя 2017

FUTBOL: Marokashning 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqishi Yevropaning ayrim davlatlarida zo'ravonliklarga sabab bo'ldi - Belgiyada, hatto, o'nlab politsiya xodimlari yaralandi.

O'z terma jamoalarining yutug'ini bayram qilish uchun asli marokashlik yuzlab futbol muxlislari Bryussel ko'chalariga yopirilishgan. Kamida bir mashinaga o't qo'yishgan. Do'konlar derazasini sindirib, talashgan. Shohidlarga ko'ra, ularni tarqatish uchun politsiya hatto suv purkagichlarni ishga solgan. Belgiyada katta sondagi marokashliklar istiqomat qilishadi. Ular mamlakat aholisining 4 foizchasini tashkil etishi aytiladi. Xabarlarga ko'ra, Gollandiyada ham marokashlik futbol muxlislarining shodiyonalari zo'ravon tus olib ketgan. Ayrim ishqibozlar politsiya zobitlariga qarata turli narsalarni irg'itishgan. Butun mamlakat bo'ylab bayram qilingan esa-da, g'alaba tantanalari Marokashning o'zida nisbatan tinch o'tgani aytilmoqda:

Комментарии