17 ноя 2017

Jasurbek Ibrohimov ishida adolat soʻraganlar qamaldi

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42027678?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Urib oʻldirilgan kollej talabasi Jasurbek Ibrohimov ishida adolat talab qilgan faollar Irina Zaydman va Mariya Legler 15 sutkaga qamalgan.

Bu haqda Fergana.ru sayti oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ikki faol Toshkentda Jasurbek Ibrohimov ishi boʻyicha adolat soʻrab yozilgan jamoaviy maktub yozish aktsiyasi tashabbuskorlari sifatida koʻriladi.
Murojaat yozishga Toshkentda 100 atrofida odam yigʻilgan va bu Karimov oʻlimidan soʻng odamlarning hukumat nazoratisiz ilk marta toʻplanishi deya baholangandi.
Nashrning yozishicha, Irina va Mariyaning qoʻlga olinishida qonunlar buzilgan. Yopiq sud jarayoni esa advokatlar ishtirokisiz oʻtgan.
15 noyabr kuni Irina Zaydmanni militsiya idorasiga chaqirishadi va oʻsha yerda hibsga olishadi. Oʻsha kuni uning kvartirasida tintuv oʻtkazilgan.
16 noyabr, payshanba kuni tezkor va yopiq mahkama boʻlib oʻtgan. Unda advokat ishtirok etmagan. Sudda Irina Jinoyat kodeksining 244-1 moddasi boʻyicha aybdor deb topilgan. Ushbu modda Jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid soluvchi mazmunga ega materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlashga bagʻishlangan.
Faol 15 sutkaga hukm qilingan. 15 noyabr kuni Mariya Legler 15 sutkaga qamalgan.
BBC hojisaga izoh olish maqsadida Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati bilan bogʻlanishga harakat qildi.
Biroq vazirlik veb sahifasida qoldirilgan telefon raqamlariga bogʻlanishning imkoni boʻlmadi. Fergana.ru nashri Irina Zaydmanni Toshkentdagi mashhur koʻngilli va jonboz sifatida talqin qilgan. U ayniqsa onkologik xastaliklar bilan ogʻriganlar uchun mablagʻ yigʻishda faol tashkilotchilardan boʻlgan.
3 may kuni kaltaklangan Jasurbek Ibrohimov qariyb bir oydan soʻng 1 iyun kuni olamdan oʻtgan.
Xabar 3 iyun kuni tushdan soʻng Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar tomonidan shiddat bilan yoyilgan.
Uning ota-onasi huquq tartibot organlarini jinoyatga befarq qarayotganlikda ayblagan edi.
Shu yilning 4 iyun kuni poytaxt Toshkentdagi "Bobur" parkida "Jasurbek Ibrohimov oʻlimida aybdorlar jazolansin" nomli petitsiyaga imzo chekish uchun 100 atrofida odam yigʻilgandi.
Yigʻilganlar petitsiyaga imzo chekib uni Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirgan.
Jamoatchilik murojaatidan soʻng Jasurbek Ibrohimov ishida jonlanish boʻlgan.
Toshkent shahar shundan soʻng darhol matbuot uchun brifing chaqirgan va shu vaqtgacha ochiqlikda yurgan gumonlanuvchi Islom Toʻlaganov hibsga olingan.
Tergovni Oʻzbekiston Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev shaxsan nazoratga olgan.
30 oktyabr kuni Mirobod tuman sudida kaltaklanishi oqibatida kasalxonada vafot etgan Borovskiy tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimov ishi yuzasidan bir oydan ortiq davom etgan sud jarayoni oʻz nihoyasiga yetgan.
Kollej talabasi Islombek Toʻlaganov aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ushbu jazo internet foydalanuvchilarini qoniqtirmagan.
Ular kaltaklash guruh holatida boʻlganini va boshqalar ham jazolanishi kerakligini aytishgan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42027678?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

  • 18 ноя 2017 04:19
    Суд, Ирина Зигманни Ўз.Р.ЖКнинг 244-1 модадси билан гўёки "Жаморт тартиби хавфсизлигига тарҳдид солувчи мазмунга эга матерралларни тайёрлаш ва тарқатиш айбдор" деб "қамаган" бўлсада аслида ўзларини ноқонуний харакатлари ҳас-пўслаш учун амалга оширганлари кўриниб турибд-ку. Адолат талаб қилган инсон қандай қилиб жамоат тартибига хавф солиши мумкин?!    
  • 18 ноя 2017 18:50
    Tepadilani tin4ini buzib q6ygande