18 ноя 2017

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekistondagi islohotlardan mamnun

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42038125?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Albert Yeger boshchiligidagi hayʼati 7 dan 16 noyabargacha Toshkentda boʻldi.

Tashkilot vakillari Oʻzbekiston rasmiy idoralari bilan iqtisodiyotdagi keyingi islohotlar va makroiqtisodiy koʻrsatgichlarni aniqlab olish borasida muhokamalar oʻtkazgan.
"Hayʼat Oʻzbekiston hukumatini yanada samaraliroq boʻlgan makroiqtisodiy barqarorlik asoslariga oʻtish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiyotda sarmoyadorlik iqlimini yaxshilash ishlarini ijobiy baholaydi", - deyiladi xalqaro jamgʻarma chiqargan xabarda.
Unda aytilishicha, Oʻzbekistonga tashrif buyurgan delegatsiya shu yilning sentyabr oyida valyuta bozorini liberallashtirish qadamini ijobiy baholagan.
Oʻzbekiston hukumati Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga pul ayirboshlash kurslaridagi farq yoʻq boʻlganidan soʻng koʻp mahsulotlardagi baholarni liberallashtirish, davlat tashkilotlarini qayta strukturalash, xalqaro savdo rivoji hamda xorij investitsiyasini toʻgʻridan toʻgʻri jalb qilish yoʻlidagi boshqa toʻsiqlarni bartaraf etishini taʼkidlagan.
Delegatsiya islohotlarning keyingi qadamlar investitsion iqlimni yaxshilash va aholining zaif qatlamini himoya qilishni taʼminlash boʻlishi kerakligini urgʻulagan.
Xalqaro tashkilot vakillari hukumatning inflyatsiyani ushlab turish uchun qilayotgan urinishlarini olqishlagan.
"Inflyatsiyani yanada samarali nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Markaziy banki oʻzining pul-kredit siyosati asosini qayta koʻrib chiqmoqda hamda operatsiyalar imkoniyatini kengaytirmoqda", deb yoziladi xabarda.
Delegatsiya iqtisodiy maʼlumotlarning sifatini mukammallashtirishga va ularning shaffofligini oshirish yoʻlida Oʻzbekiston hukumati tomonidan qilinayotgan ishlarni eʼtirof etgan.
Maʼlum boʻlishicha, 2018 yilning fevral oyidan inflyatsiya darajasi isteʼmolchilar narxi indeksi koʻrsatgichlari asosida baholanadi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42038125?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии