30 ноя 2017

Prezident Mirziyoyev: qiynoq qoʻllab olingan koʻrsatmalardan dalil sifatida foydalanilmasin!

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42186375?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev insonlarni qiynoqqa solib olingan iqrorlik koʻrsatmalaridan jinoyat ishlarida dalil sifatida foydalanishni taqiqlagan farmonni imzolagan.
"Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarnni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" deb nomlangan farmon Oʻzbekiston prezidentining president.uz rasmiy web-saytida eʼlon qilingan.
Farmonda, jumladan, shunday deyiladi:
"Protsessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy uslublar bilan, shu jumladan:
jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psihologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qoʻllagan holda;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqini, shuningdek, tarjimon xizmatidan foydalanish huquqini buzgan holda;
jinoyat protsessida ishtirok etayotgan shaxsga huquq va majburiyatlarini tushuntirmaslik oqibatida uni chalgitgan holda;
mazkur jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan protsessual harakatlarni oʻtkazish oqibatida;
nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan;
dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan;
mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan hollardan tashqari, jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining taxmin, faraz yoki mish-mishlarga asoslangan koʻrsatuvlaridan olingan hamda tegishli ravishda yuridik kuchga ega boʻlmagan maʼlumotlardan jinoyat ishlari boʻyicha dalil sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasin".
Prezident Mirziyoyevning ushbu farmoni Milliy Xavfsizlik xizmati jurnalist Bobomurod Abdulla va yana bir necha fuqaro, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi dindorlarning "qora roʻyxati"dan chiqarilgan 7 fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston qonunchiligida taqiqlangan tergov usullarini qoʻllayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan vaqtga toʻgʻri kelgan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42186375?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #қийноқ #милиция #снб #мхх #тергов #сўроқ #мирзиёев

Комментарии

  • 30 ноя 2017 20:05
    ЧИРКИНЛИКДАН ЭРКИНЛИК САРИ ОЛГА УЗБЕКИСТОН!
  • 1 дек 2017 06:15
    Туг'рисини айтсам шу темани уkиб англалмадим!тушинганлар булса батафсилроk малумат бериб юборинглар и-с!
  • 1 дек 2017 17:17
    Вой! Энди нима булади , богча мудирликга утиш колдими ?;-)
    Фотография