Oʻzbekistonda islomiy radiokanal ochiladi
Oʻzbekistonda ilk marotaba islomiy onlayn radiokanal faoliyatini boshlaydi. AzonFM onlayn radiosi 6 dekabrdan havo mavjlariga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda azon.uz sayti, asoschisi Mubashshir Ahmadga tayanib xabar bergan.
" Azon.uz sayti asoschisi Mubashshir Ahmad domla Facebookdagi "Maslahat" guruhi foydalanuvchilariga bergan intervyusida AzonFM onlayn radiosi faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejasi borligini aytgan edilar. Bu boradagi harakat oʻsha paytdayoq boshlangan boʻlib, hozirgi kunda ishlar oʻzining yakuniy bosqichiga yetib qoldi. Kelasi haftaning chorshanba kunidan boshlab AzonFM onlayn radiosi test rejimida oʻz faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda", deyiladi xabarda.
Efir davomida Qurʼon tilovati, "Bir oyat tafsiri", "Bir hadis sharhi", "Zamonaviy fiqhiy masalalar" va "Umumiy fiqh" hamda aqida, savollarga javoblar, Oʻzbekistondagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar, azon.uz saytida doimiy ravishda berib borilayotgan "Risolatul Qushayriya" asari audio talqini kabi koʻplab eshittirishlarni uzatilishi aytilgan.
Oldinroq Oʻzbekiston Musulmonlar diniy idorasi Facebook, Instagram va Youtubeda diniy-maʼrifiy darslar oʻtila boshlanishi haqida xabar bergandi.
Haftada uch kun dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar olib boriladi.
Noyabr oyining oʻrtasida diniy idora oʻz tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida Qurʼoni karim va tajvid hamda arab tilidan pullik kurslarni tashkil qilish haqida buyruq chiqargan.
Oʻzbekistonda Prezident almashgach hukumatning Islom diniga boʻlgan munosabati oʻzgargani aytiladi.
Prezident Mirziyoyev chiqishlarida Oʻzbekistonda Qurʼon ilmi keng oʻrgatilishi va har bir tumandan yuzlab qorilar chiqishi kerakligini urgʻulagan.
Shu kunlarda Toshkent masjidlarida Karimov davrida taqiqlangan azon tovushlari ovoz kuchaytirgichlar orqali chaqirila boshlangan.
Toshkent xalqaro aeroportida yopib qoʻyilgan namozxona qayta ochilgan.
..СУФИТ АКИДАСИ ШУКИ МУСУЛМОНЛАРНИ КОФИРОАРНИ КАЛТАГИГА ТУРИББЕРИШНИ ОРГАТАДИ ВА ИСЛОМ ФАКАТГИНА ЗИКИР ВА ИБОДАТТАНДИР ДЕГАН ХУЛОСА ИНСОНЛАР МИЙЯСИГА КУЯД .....ШИЯ ЭСА БОРА БОРА ШИРКЛАР КОПАЙИШИГА ВА САХОБАЛАРНИ СОКИШГА ОЛИББОРАДИГОН ЙОЛДИР .'! ? ....КИМКИ САХОБАЛАРНИ БИРИНИ СОКСА У КОФИРЛИГИГА ШУБХА КОЛМИДИ ВА УНИ КОНИ ВА МОЛИ МУСУЛМОНЛАРГА ХАЛОЛ БОЛАДИ... Э МУСУЛЬМАНЛАР КОЙ БОЛИБ ЮРИШДАН УЙГОНИНГЛАР БУ КОФИРЛАРНИ СИЁОСАТИГА АЛДАНМАНГЛАР БУЛАР СИЗЛАРНИ УХЛАТАДИ......