6 дек 2017

Putin prezident saylovlarida qatnashishini eʼlon qildi

http://www.bbc.com/uzbek/world-42228617?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yangi muddat uchun oʻz nomzodini ilgari suradi.

Bu haqda u Nijniy Novgorod shahridagi GAZ zavodi ishchilari bilan uchrashuv chogʻida eʼlon qildi.
Bundan avval Putin kelgusi saylovlarda qatnashish-qatnashmasligi haqidagi savolga javob berishdan bir necha bor qochgan edi.
Bu safar saylovlar haqida undan zavod ishchilaridan biri soʻragan.
"Bugun koʻngillilar forumida sizdan nomzodingizni ilgari surasizmi, deb soʻraldi. Siz, agar xalq qoʻllab-quvvatlasa, ha, deb javob berdingiz. Bugun bu zaldagi hamma istisnosiz sizni qoʻllab-quvvatlaydi! Vladimir Vladimirovich, keling, qaroringizni eʼlon qiling-da, bizga sovgʻa qilgan boʻling! Axir biz, GAZ-sizning tarafingizda!", - degan zavod ishchisi.
Oʻtirganlar esa "GAZ siz uchun, GAZ siz uchun" deya hayqirganlar.
Oʻz navbatida Putin "qarorni eʼlon qilish uchun bundan yaxshi joy va bundan ham yaxshi fursat boʻlmasa kerak", - deb aytgan.
"Qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun sizlarga rahmat. Men Rossiya Federatsiyasi prezidentligi uchun nomzodimni ilgari suraman!", - deb aytgan Putin.
"Umid qilamanki, sizlar bilan koʻzlagan barcha maqsadlarimizga erishamiz", deya qoʻshimcha qilgan u.
Putin 2000 yildan buyon avvaliga prezident, keyin bosh vazir va keyinroq yana prezident sifatida qudratda boʻlib keladi.
Agar martdagi saylovlarda gʻalaba qozonsa, u 2024 yilgacha hokimiyatda qolishi mumkin.
Telejurnalist Kseniya Sobchak Putinga raqib boʻlishini eʼlon qilgan, ammo omma soʻrovlari Putin osonlik bilan gʻalaba qilishini koʻrsatmoqda.
Rossiya muxolifatining asosiy nomzodi boʻlgan Aleksey Navalniy esa rasman saylovlardan chetlatilgan. http://www.bbc.com/uzbek/world-42228617?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #Rossiya #Prezident #Vladimir #Putin #yangi #muddat #nomzod #Nijniy #Novgorod #GAZ #zavod #telejurnalist #Kseniya #Sobchak #raqib #Aleksey #Navalniy
#россия #путин #rossiya #putin #prezident #президент #сайлов

Комментарии

  • 7 дек 2017 01:29
    Тахтни тоши Огир
    Ундан кетмок кечмок?
    Ха Путин жаноблари
    Дунёни бошкариш ёкиб колибди
    Буюклар сафидан жой олиб булгансиз
    Бас! Тирикликда беринг
    Тахтни
    Балки сизданда яхширок ишлар киладиган кишилар хам  бордир Юртингизда
    Билмадим кимдир

    Агар Тахтни шундай махкам ушлаб Хеч кимга  бермасалар. БУ кейинг шох Приздентга хам мерос булиб колади
    ва У хам Тахтни хар кандай йул билан ушлаб туради то Тирик экан
    Бу эса Нотугридир.
    Одамий
  • 7 дек 2017 15:03