6 дек 2017

Mirziyoyev 2 ming 700 nafar mahkumni avf etdi

http://www.bbc.com/uzbek/lotin-42257776?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni avf etish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.

Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, mamlakat tarixida ilk bor davlat rahbari bu kabi sondagi mahkumlarni avf etishi.
Unga muvofiq, "turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon boʻlgan va toʻgʻri yoʻlga kirgan, turar-joyi hamda jazoni oʻtash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxs jazoni oʻtash koloniyalaridan ozod etiladi.
Rasmiy xabarda avfning kimlarga nisbatan qoʻllanishi haqida maʼlumot berilmagan, ammo "toʻgʻri yoʻlga kirgan" iborasi odatda diniy-siyosiy ayblar bilan qamalganlarga nisbatan ishlatiladi.
"Avf etish toʻgʻrisidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bagʻriga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega boʻladi".
Chorshanba kuni BBC amnistiya tartibining oʻzgarishi haqidagi xabarlar yuzasidan Oʻzbekiston Senati raisining oʻrinbosari Svetlana Ortiqovaga murojaat etgan, Ortiqova xonim bu xabarlarni tasdiqlamagan, ammo rad ham etmagandi.
Hozirga qadar prezident farmonlarida ozodlikka chiqariladigan mahbuslarning aniq soni keltirilmagan.
Amaldagi tartibga muvofiq, Prezident amnistiya haqida Senatga tavsiya kiritadi va Senat yalpi majlisida uni maʼqullar edi.
Xalqaro inson haqlari tashkilotlari Shavkat Mirziyoyevni hokimiyatga kelganidan buyon mamlakat qamoqxonalaridagi minglab siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirib keladilar.
Xabar tafsilotlarini bbcuzbek.comda kuzatib boring. http://www.bbc.com/uzbek/lotin-42257776?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit

Комментарии

  • 7 дек 2017 19:11
    Гап йук тасанно