10 дек 2017

Mirziyoyev: "Qiynoq qoʻllashga oʻrgangan koʻngil, oʻlganda qoladi"

Prezident Mirziyoyev qiynoqlarga qarshi farmonni qabul qilish oson boʻlmaganini aytdi. U qiynoqlarga qarshi farmon hammaga ham yoqmasligini bildirgan. Davlat rahbarining taʼkidlashicha, sud tizim sohasida qarorlar qabul qilish bilan ahvol darrov oʻnglanib qolmaydi.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida sud-tergov davomida qiynoq qoʻllash holatlariga alohida eʼtibor qaratgan.
Mirziyoyevga koʻra, sud-tergov amaliyotida dalillarni toʻplash va baholashda qonuniylik va xolislikni taʼminlashga toʻsqinlik qiladigan holatlar toʻliq bartaraf etilmagan.
Prezident tergov davomida qiynoq qoʻllashni bartaraf etishga qaratilgan "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmon xalq talabi boʻlgani uchun qabul qilinganini aytgan.
Farmonga koʻra, qiynoqqa solish, himoyaga boʻlgan huquqni buzish, insonni aldash va tergov jarayonida boshqa noqonuniy usullarni qoʻllash man etiladi.
"Bu kichkina masala emas. Farmonni qabul qilish oson boʻlmadi. Nimaga desangiz, oʻrgangan hunar, oʻlganda qoladi, degan, kechirasizlar, naql bor. Qoʻpolroq boʻlsa ham. Bu farmon hammaga yoqmaydi. Lekin men oʻylayman, yillar oʻtadi, zamonlar oʻtadi xalqimizga yoqadi. Nimaga desangiz, biz erkin, oshkora jamiyat qurmoqchimiz. Dunyoqarashimizni oʻzgartirmoqchimiz. Ana shularni inobatga olib, bu narsalarni joy-joyiga qoʻyadigan vaqt keldi", degan Mirziyoyev.
Prezident shu bilan birga qaror va farmonlar chiqishi bilan bu sohada ahvol oʻnglanib qolmasligini taʼkidlagan. Qarorlarning bajarilishi uchun hamma harakat qilishi kerakligini aytgan.
"Men nimaga kuyib-pishib gapiryapman. Qaror chiqdiyu hamma narsa boʻladi, deb oʻylamanglar. Yoʻq. Qaror chiqib hamma narsa boʻlsa, bilasizlarmi qayerlarga yetgan boʻlardik? Qaror chiqib, qaror bajarilmayapti. Qaror chiqib nazorat boʻlmayapti. Qaror chiqib, hammamiz befarq boʻlib yuribmiz. Ayniqsa shu masalalarda. Sud kim? Sud xalq tayinlagan, kafolatni menga xalq berdi. Men oʻz kafolatimdan foydalanib ularga ishonch qilyapman. Men ularga qonunni buz deganim yoʻq. Poraxoʻrlik qil, deganim yoʻq. Odamga besh yilning oʻrniga 25 yil ber, deb hech kim aytgani yoʻq unga. Lekin jamiyatimizda bunday illatlar bor. Hali davom etyapti. Bu adolatni joyiga qoʻyish uchun hammamiz birgalikda kurashishi vaqti soati keldi".
Yangi farmonga koʻra, dalillarni soxtalashtirish boʻyicha alohida jinoiy javobgarlik joriy qilingan. Prezidentning aytishicha, oldin dalillarni soxtalashtirish boʻyicha modda boʻlmagan va xohlagan narsani soxtalashtiraverishgan.
Endilikda advokatlar dalillarni toʻplash va taqdim etish huquqiga ega boʻladi. Bu dalillar sud idoralari tomonidan majburiy tekshirilishi va baholanishi kerak.
"Oldin sudya degan kattalar advokatlarni pisand qilmasdi. Endi majbur qonun bor", degan Mirziyoyev.
Oʻtgan hafta Mirziyov "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonni imzolagan.
Unga muvofiq, qiynoq va ruhiy bosimlar ostida olingan dalillardan jinoyat ishlari boʻyicha dalil sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ammo Oʻzbekiston qonunchiligida qiynoq qoʻllash bunga qadar ham taqiqlangan, 2003 yilda "Qiynoqlarga qarshi kurash milliy dasturi" ham qabul qilingandi.
2012 yilda prezident Karimov qiynoqlarni taqiqlovchi maxsus qonunga ham imzo chekkan.
"Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida"gi qonun oradan bir yil oʻtib, 2013 yil oxiridan kuchga kirgandi.
Ammo huquq faollariga koʻra, amalda vaziyat oʻzgarishsiz qolgan.
Tergov hibsxonalarida qiynoqlar qoʻllanayotgani haqidagi xabarlar shu kecha-kunduzda ham kelishda davom etmoqda.
Oʻtmishda qiynoq natijasida oʻnlab mahbuslarning vafot etish hollari qayd etilgan, ammo qiynoq qoʻllaganlar jazoga tortilmagan.
#mirziyoyev #мирзиёев #қийноқ #qiynoq #InsonHuquqlari #ИнсонҲуқуқлари

Мирзиёев: "Қийноқ қўллашга ўрганган кўнгил, ўлганда қолади" - BBC O'zbek

Комментарии

  • 10 дек 2017 19:18
    Тугри буни исбот хам килишди курдик уз жигаргушаси 4ешли киалокка кучини курсатганини :-@
  • 10 дек 2017 23:39
    Худо жазосини берсин нохак кийнаганни
  • 11 дек 2017 05:50

    Қамоқларда
    ётмаган эдим,


    Гуноҳларга
    ботмаган эдим.


    Шоҳдан туҳмат
    кутмаган эдим,


    Мен дардимни
    кимга айтаман?

  • 11 дек 2017 08:50
    Adolat bor joyda , ilim marifat o'sish va sami glovni Allohni barakasi boladi,🏻🏼🏼🏼🇺🇿
  • 11 дек 2017 09:05
    Qiynoq qo'llashga o'rganganlar o'lguncha sabr qilish kerak ekanda mazlum bechoralar. Yangi kadrlarni ham eski sistemada tayyorlashadi. Demak zulm tugamas ekan....
  • 11 дек 2017 16:39
    sanlari oilangdan bittasini kimdir kiynab uldirdi shuncha surashsaa xam buyniga olmadi nima chora kurasanlar aytqani ozod qilasanlarmi shundoq insonlar borkiy uzim kurganman tuka tutsang xam miq etmiydi lekin uzi qotil ulari yana jinoyat qil deb quyvarasanmi?
  • 11 дек 2017 17:06
    Man Muxsin ответил bobur sobirov
    Bu gaplariz bilan qiynoqqa solish haq ish demoqchimisiz? Qaysi qonunda bor ekan qiynab bo'yniga qo'yish yozingchi iloji bo'lsa.....
  • 11 дек 2017 18:51
    100% Рахмат катта конун учун
    Умрингиз узок болсин
  • 11 дек 2017 19:41
    Бу қонундан мақсад айбланувчини айбини қийнаб эмас, далил исбот орқали исботлаш талаб қилинади.
  • 11 дек 2017 20:04
    кийнокмиш хайотда ололмайди кийнок билан камирага тушурсин йо битта ширвоз берсин ментларди узини адиночка уриштириш керак коринбойларди
  • 14 дек 2017 07:41
    Сен деб юртда қолмади олим,
    Халқ хўрлаган бешавқат, золим!
    Кўр, бўлганда қиёмат қоим.
    Сен дардингни кимга айтасан?
  • 14 дек 2017 10:43
    жила