Комментарии
- 13 дек 2017 14:46Аржуманд БонуПулини беряптими еки текинга ишлаяптими булар
- 13 дек 2017 15:53Man Muxsin ответил Аржуманду БонуPulini bersa majburiy mexnat hissoblanmaydimi?
- 13 дек 2017 15:56Аржуманд Бону ответила Man MuxsinМехнат килиб хаккини олиб корнимга ейману норизо буламанми укажон
- 13 дек 2017 15:58Аржуманд Бону ответила Man MuxsinМажбурий мехнат деб кулдай кийнаб ишлатиб хпккини бермай кулдай муомала килганга айтилади укажон
- 13 дек 2017 16:10Man Muxsin ответил Аржуманду БонуO'qtuvchi hamshiralar o'z ihtiyori bilan chiqishmadi terimga majburiy olib chiqdi. O'z hohishi bilan borsa u boshqa gap edi. Terimga bormaganlarni ishdan bo'shatish hatto tadbirkorlarni do'konlari berkitib qo'yildiku. Hamma biladi buni majburiy mexnatligini yaniy noqonuniy ish bo'lganini......
- 13 дек 2017 16:12Аржуманд Бону ответила Man MuxsinПазта мавсуми хаммаоа келган туй укажон бу азалдан бор энди чикмаган
- 13 дек 2017 16:18Man Muxsin ответил Аржуманду БонуBilaman azaldan borligini. Prizident aytdilaru yetar endi majburiy mehnatga chek qo'yish vaqti keldi deb. Balki bir ikki yilda o'zgarish bo'lar. Lekin shu ishlarni noqonuni majburiy mehnat ekanini prezident tan olib qoralab gapirdilaru inkor qilishni yo "ko'pga kelgan to'y" deb oqlashni hojati yo'q manimcha...
- 13 дек 2017 16:26Аржуманд Бону ответила Man MuxsinУнда пахтани ким терар экан а укажон еки пахта экиш тухтатилармикан буни иложиси бормикан узи
- 13 дек 2017 16:40Man Muxsin ответил Аржуманду БонуMeshinalar teradi terimchilarga pulini tuzukroq to'lasa qishloq aholisi terib tashlashadi. Paxta dalalari ham qisqartirilishi rejada bor. Sog' bo'lsak ko'ramizda.....
- 13 дек 2017 16:43Аржуманд Бону ответила Man MuxsinХаа кор егса хам дул егса хам кишлок халкини бошига егсин омон булсин кишлок халки
- 13 дек 2017 16:46Man Muxsin ответил Аржуманду БонуQozog'istonga paxta tergani borishadiku agar qozoqlardek to'lasa uzoqqa bormay vatanida mexnat qiladiku deymanda...
- 13 дек 2017 16:54Аржуманд Бону ответила Man MuxsinТрикчили деб пулни яжши беряпти деб боряпти укажон пулни яхши берса халк узи териб беради ку
- 13 дек 2017 16:54Man Muxsin ответил Аржуманду БонуMan ham shuni aytyabmanku....
- 13 дек 2017 16:56Аржуманд Бону ответила Man MuxsinХа майлида укажон тинчлик булсин катталар бирор чорасини топишар
- 14 дек 2017 06:45Руфа МухибБи Би не подстрекать народ. студентлар далада мазза килишади .укисаям укимасаям пешонасига хоким ёки безори деб Оллох томондан ёзилган булса кочиб кутилаолмайди
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
"Oʻzbekiston bolalar mehnatiga chek qoʻydi, majburiy mehnat davom etmoqda"
http://www.bbc.com/uzbek/42331630?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston oxirgi bir necha yil mobaynida paxta yigʻim-terimida bolalar mehnatidan muntazam foydalanishga chek qoʻydi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti kuzatuvchilari ana shunday xulosaga kelishgan.
XMTning 12 dekabr kuni eʼlon qilgan bayonotida aytilishicha, ayni paytda Oʻzbekiston hukumati majburiy mehnatga butunlay barham berishga qaratilgan aniq choralarni hayotga tadbiq qilmoqda.
XMTga koʻra, tashkilot kuzatuvchilarining ushbu xulosalari Toshkentda shu yilning 30 noyabrь kuni oʻtgan davra stolida muhokama qilingan.
Bu haqdagi maxsus hisobot kelgusi yil boshida Jahon Bankiga taqdim etiladi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti kuzatuvchilari bu yilgi paxta kampaniyasi chogʻida barcha viloyatlardan terimchilar bilan suhbatlar uyushtirgani, bunrdan tashqari tasodjifan tanlab olingan 1000 kishi bilan telefon soʻrovlari olib borilganini aytgan.
Tashkilotning qayd etishicha, 2017 yilgi paxta yigʻim-terimi "shaffof va oʻzaro muloqot" ruhida oʻtgan.
Unda fuqaro jamiyati vakillari va alohida faollar ham ishtirok etgani aytiladi.
XMT Prezident Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida bu boradagi vaziyatni oʻzgartirish yuzasidan qatʼiy mujda berganini aytgan.
Haqiqatan ham Mirziyoyev Nyu-Yorkda ekan, 21 sentyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqituvchi, talaba va shifokorlarni paxta dalalaridan qaytarishga buyruq bergandi.
Ammo oradan bir muddat oʻtib, byudjet xodimlari yana paxtaga haydalgan.
Inson haqlari faollari xususan, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida oʻqituvchi va shifokorlarning paxta terishga majburlanganiga oid koʻplab dalillarni toʻplashgan.
Prezident Mirziyoyev Konstitutsiyaning 25 yilligiga bagʻishlangan nutqida mamlakatda majburiy mehnatga chek qoʻyilganini eʼlon qilgandi.
Ammo XMT hozircha bunday xulosaga kelmagan.
#bbcuzbek #Oʻzbekiston #bolalar #mehnati #majburiy #mehnat #XMT #Prezident #Mirziyoyev #Konstitutsiya #BMT #Bosh #Assambleya #Toshkent #Samarqand #Qashqadaryo #oʻqituvchi #shifokorlar #paxta
Бу ҳақдаги махсус ҳисобот келгуси йил бошида Жаҳон Банкига тақдим этилади.
Халқаро Меҳнат Ташкилоти кузатувчилари бу йилги пахта кампанияси чоғида барча вилоятлардан теримчилар билан суҳбатлар уюштиргани, бунрдан ташқари тасоджифан танлаб олинган 1000 киши билан телефон сўровлари олиб борилганини айтган.
Ташкилотнинг қайд этишича, 2017 йилги пахта йиғим-терими "шаффоф ва ўзаро мулоқот" руҳида ўтган.
Унда фуқаро жамияти вакиллари ва алоҳида фаоллар ҳам иштирок
этгани айтилади.
ХМТ Президент Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясидаги чиқишида бу
борадаги вазиятни ўзгартириш юзасидан қатъий мужда берганини айтган.
Ҳақиқатан ҳам Мирзиёев Нью-Йоркда экан, 21 сентябр куни Бош
вазир Абдулла Арипов ўқитувчи, талаба ва шифокорларни пахта далаларидан қайтаришга буйруқ берганди.
Аммо орадан бир муддат ўтиб, бюджет ходимлари яна пахтага ҳайдалган.
Инсон ҳақлари фаоллари хусусан, Тошкент, Самарқанд ва
Қашқадарё вилоятларида ўқитувчи ва шифокорларнинг пахта теришга мажбурланганига оид кўплаб далилларни тўплашган.
Президент Мирзиёев Конституциянинг 25 йиллигига бағишланган
нутқида мамлакатда мажбурий меҳнатга чек қўйилганини эълон қилганди.
Аммо ХМТ ҳозирча бундай хулосага келмаган.
Би-би-си Ўзбек хизмати билан Telegram орқали боғланишни
истасангиз, телефонимиз: +44 7858860002