7 янв 2018

Mirziyoyev: "Tadbirkorlar menga bir ishonib, bir ishonmayapti"

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42597251?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashgan.

Mirziyoyevning aytishicha, tadbirkorlar Prezident aytayotgan gaplariga ishonchsizlik bilan qaramoqda.
Tadbirkorlar Mirziyoyev bilan uchrashuvda, Prezidentning gaplariga ishongisi kelayotganini, biroq pastda buning teskarisi boʻlayotganini aytgan.
Videoni bbcuzbek.com ning YouTube dagi sahifasida tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=nfwX-f-Aa3Y&feature=youtu.be "Men bugun, ogʻir boʻlsa ham qancha-qancha tadbirkorlar bilan uchrashdim. Ularning koʻziga qaradim. Ular ham ishonib, ham ishonmay turibdi. Mani gapimga ishonyapti. Lekin ular aytayapti, siz aytayapsiz-ku, lekin pastda, oʻsha byurokratiya. Bitta yer olish uchun 17 qogʻozga qoʻl qoʻyish kerak, deyapti".
Mirziyoyev amaldorlarga qarata Prezidentning emas, balki oddiy odamlarning ishonchini qozonish kerakligini taʼkidladi.
Mirziyoyev ajratiladigan yerlarlarni korruptsiya aralashmasligi uchun internet orqali shaffof ravishda ajratish talabini qoʻydi. Yer olish uchun talab qilinadigan 17 hujjat bekor qilinadi.
#mirziyoyev #мирзиёев #ўзбекистон #OZbekiston #tadbirkor #тадбиркор

Мирзиёев: "Тадбиркорлар менга бир ишониб, бир ишонмаяпти"- BBCUZBEK.COM

Комментарии