8 янв 2018

Mirziyoyev: "Hamma oʻtadi, lekin qoʻshni bilan yaxshi boʻlmaganni hech kim kechirmaydi"

http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42611148?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Shavkat Mirziyoyev yaqin orada Tojikistonga rasmiy tashrif bilan borishini maʼlum qildi.

U qoʻshni bilan yaxshi boʻlmagan kishini, oʻlganidan soʻng ham hech kim kechirmasligini aytgan.
Mirziyoyev Karimov davrida paydo boʻlgan 20 yillik muzni eritish oson boʻlmasligini taʼkidlagan.
Tojikistonga temir yoʻllar ochiladi va elektr uzatish tiklanadi.
Toshkent viloyat kengashi deputatlari va faollari bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga Prezidentning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʼlum qildi.
Bosh vazir Abdulla Oripov Prezident tashrifi oldidan Dushanbega borib ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlaydi.
"Katta-katta shartnomalarga qoʻl qoʻyilib, temir yoʻl ham ochiladi Tojikiston bilan. Elektr energiya uzatishga kelishdik. Qoʻshni qanday qoʻshni bilan yashagan boʻlsa, shunday yashash kerak. Bu dunyodan hamma oʻtadi. Lekin qoʻshni bilan yaxshi boʻlmaganni, hech kim, hech qachon kechirmaydi. Shuni hamma bilishi kerak. Bizning qoʻshnilarimiz hammasi yaxshi boʻlishi kerak. Mana koʻryapsizlar bu ishni qilyapmiz. Bu oson emas. 20 yillik muzni eritish kerak", degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Tojikistonga temir yoʻl ochilishini gapirganda aynan qaysi yoʻlni nazarda tutgani nomaʼlum.
Biroq Islom Karimov davrida Oʻzbekistonning vodiy viloyatlarini poytaxt Toshkent bilan bogʻlovchi Tojikistonning Soʻgʻd viloyati orqali oʻtgan temir yoʻl oʻzbek poyezdlari uchun yopilgan.
Karimov uning oʻrniga byudjetga koʻplab million dollarga tushuvchi dovon orqali poyezd yoʻl soldi.
Undan tashqari 2011 yilning noyabr oyida portlash roʻy berib buzilgani xabar qilingan "Gʻalaba-Amu-Zang" temir yoʻli hamon ochilgani yoʻq.
Keyinchaliku Oʻzbekiston tomoni temir yoʻllarning eskirganligini sabab qilib relslarni yigʻishtirib olgan.
Natijada Tojikiston janubini tashqi dunyo bilan bogʻlaydigan temir yoʻl qatnovi toʻxtab qolgan.
Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshnilar bilan yaxshi boʻlmasdan turib boshqa davlatlar bilan yaqinlashishi mantiqsizligini taʼkidlagan.
"Dunyo hamjamiyati bizga nima deydi? Sen oldin qoʻshni bilan til topishgin, keyin sen bilan doʻst boʻlamiz, deydi. Sen qoʻshning bilan til topishmasang, qanday qilib biz bilan doʻst boʻlasan, deydi", deb gapirgan Shavkat Mirziyoyev.
Oʻzbekiston va Tojikiston munosabatlar Islom Karimov Prezidentligi vaqtida oʻta abgor holatga kelib qolgani aytiladi.
Tojikistonda 1993 yili boʻlgan fuqarolar urushi ortidan, ikki davlat oʻrtasidagi parvozlar toʻxtatilgan.
Oʻzbekiston tomoni "jangarilar oʻtishi mumkin"ligini bahona qilib chegaraga mina yotqizib chiqdi.
Tojikistonni Oʻzbekiston orqali sobiq sovet davlatlari bilan bogʻlovchi temir yoʻlda tez-tez muammolar chiqib turgan.
Hali muvaqqat prezident ekan, Oʻzbekistonning amaldagi yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni yaxshilash istagida ekanliklarini aytgan.
Oʻz tashqi siyosatlarida eng birlamchi eʼtiborlarini mintaqa mamlakatlariga qaratishlarini bayon qilgan.
#bbcuzbek #Oʻzbekiston #rahbar #Prezident #Shavkat #Mirziyoyev #Tojikiston #Islom #Karimov #Elektr #energiya #temiryoʻl #oʻzbek #poyezdlari

Мирзиёев: "Ҳамма ўтади, лекин қўшни билан яхши бўлмаганни ҳеч ким кечирмайди" - BBC O'zbek

Комментарии

  • 8 янв 2018 22:29
    Ok super
  • 9 янв 2018 00:51
    (Y)(Y)(Y)(Y)(Y)
  • 9 янв 2018 09:22
    Otang otgan öqdirsan, kamonni yomonlama
  • 9 янв 2018 09:23
    Xar qanday mustaxkam aloqa qaramlikni keltirib chiqaradi.
  • 9 янв 2018 09:24
    Undan tashqari spid bilan aloqa yaxshiyikga olib kelmaydi. U bilan aloqada prizirvativ ishlatgan maqul
  • 9 янв 2018 10:25
    Коил .халкларни ардоглаганни оллох ардоглар.малодец мирзиеев.
  • 9 янв 2018 11:08
    "У  қўшни билан яхши бўлмаган  кишини, ўлганидан сўнг ҳам ҳеч  ким кечирмаслигини айтган"

    Р.S Каримов шунча йил қўйнида "илон" сақланини билиб, гўрида тикка тургандир, деб кимдир ўйлаши мумкин. Менимча, тикка туролмайди, унинг разолатга тўла қабиҳ жиноятлари учун, Худо хоҳласа, қиёматгача азоб фаришталари тиканли дубулғаси билан бу жирканч баданини ҳар дақиқада қайта-қайта тилка-пора қилишга амр этилган. У шунга муносиб.
  • 9 янв 2018 12:18
    :-O
  • 9 янв 2018 12:22
    ''Olovuddinni sexirli chirog'i'' dagi shoxni maqtash saxnasini eslanglar. Shox almashib qolganda, yangi shoxni maqtaydigan vazirlarga öxshaysizlar.
  • 9 янв 2018 13:21
    Доимо сог-саломат булинг ШАВКАТ ОКА
  • 9 янв 2018 13:39
    РАХМАТ  РАХМАТ  ИЛОХИМ  НИМА  ЯХШИ  НИЯТЛАР ҚИЛГАН БЎЛСА АМАЛГА  ОШСИН.
  • 9 янв 2018 13:40
    gif
  • 9 янв 2018 18:28
    Шовкатака Тожикистонга борсалар ойболта оволишсин тожикларга ишониб болмайди
  • 9 янв 2018 18:47
    Говорят хамсоя ба хаки худо баровар
  • 10 янв 2018 00:07
    Тожикистонда узбек куп унутманг кейин ура одат ор номус бир хил тожикистонга борсам худди узбда юргандай юраман илойим тезрок визалар йуколсин узбек тожик битта миллат