13 янв 2018

Mirziyoyev: "U zamonlar oʻtdi, endi hokimlar viloyatiga egalik qiladi"

Prezident Mirziyoyev Oʻzbekistonning xorijdagi elchilari bilan uchrashuvda ularga viloyat hokimlarini biriktirib qoʻyganini maʼlum qildi. Endi viloyat hokimlari bir yilda kamida ikki marta chet elga chiqadi. Viloyatiga sarmoya olib keladi va tajriba oʻrganadi. Buning uchun Prezidentdan ruxsat soʻrab oʻtirmaydi.
Ular shaharsozlik va obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, sanoat va qishloq xoʻjaligi, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalaridagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganib, oʻz hududlarida keng joriy qilishi lozim boʻladi.
Videoni BBCUZBEK.COM ningYouTubedagi kanalida tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=CVQoi0FzzsQ&feature=youtu.be "Oʻzim taqsim qilib chiqdim, qaysi elchi qaysi viloyatlarga ekanini. Oʻsha viloyat hokimi kerak boʻlsa, eng kamida ikki marta (boradi), boʻlmasa kerak emas viloyat hokimligini qorovullab oʻtirish. Tadbirkorlarni olda, samolyotga oʻtirib kamida 2-3 marta oʻsha davlatga tashrif buyurib, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya olib kelmagan hokimlar menga kerak emas. Elchilar shunga zamin yaratadi", deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident maktabgacha taʼlim tizimi hamda axborot texnologiyalari sohasida Janubiy Koreya tajribasini oʻrganish va joriy qilish haqida gapirdi. Bu borada hamkorlik qilish uchun Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisiga Toshkent shahri va Fargʻona viloyatlari biriktiriladi.
Mirziyoyev hokimlarning chetga chiqishi uchun oldingidek, Prezidentdan ruxsat olish kerak emasligini aytgan.
"Har kun yarim kun vavzirlik bilan, yarim kune hokimlik bilan gaplashsin, tamom. Chaqir, kelsin 4 odam. 4 ta tuman hokimi kelsin, Ey Usmonov, yubor Chilonzor hokimiingni, deb aytsin. Mahalliy byudjetda puli bor oʻzining. Hech qanday oldingidek, Prezidentdan ruxsat kerak emas. Menga xat yozish ham kerak emas. Viloyat hokimini soʻraydigan U zamon tugadi endi. Viloyat hokimi egalik qilishi kerak. Iqtisodiyotini, oʻzining viloyatini boqishni oʻylashi kerak. Rossiyada va boshqa davlatlarda yurgan ishsizlarimizoʻni qaytib olib kelishimiz kerak biz. Mana bizning eng katta masalamiz", deb aytgan Shakat Mirziyoyev.
Mirziyoyev oldinroq hokimlarning paxta bilan shugʻullanmasligini aytgandi.
Islom Karimov davrida hokimlarning xorijga chiqishi kamdan kam holatlarda roʻy bergan. Chet elga chiqqan hokimlar ham asosan MDH davlatlari bilan cheklangan.

Мирзиёев: "У замонлар ўтди, энди ҳокимлар вилоятига эгалик қилади"- BBCUZBEK.COM

Комментарии

  • 14 янв 2018 12:10
    У замонлар !!!!!!!!! ?
  • 14 янв 2018 23:45
    Юртбоши тугри иш килибди Ахир хокимлар
    хам Узбек аравасини Тортсинда.
    Аммо Конун олдидаги жавобгарликларини Ошириш керак.
    Приздент химоя килар экан Хокимларни бу унинг энг Катта хаттоси булиб Тарихда колади.
    Приздент химояси Конунларни синдирищга
    Тенг.