15 фев 2018

Turk seriali dublyajida qatnashganlarga "millat xoini" tamgʻasi urildi

Bir necha Islomiy kitoblar muallifi Ziyovuddin Rahim ayrim xorij seriallariga ovoz berayotganlarning maoshi "harom"ligini aytdi. Bu haqda azon.uz sayti yozib chiqdi. Ulamoning bu gaplari Facebook da bahsu munozaralarga sabab boʻldi.
"Fahsh ishlarga, zinoga chaqiradigan (turkchami, meksikanikimi, balo-battarmi, farqi yoʻq) seriallarga ovoz berish, dublyaj xizmati uchun haq olish haromdir. Kim unga ovoz bersa, harom ish qilibdi, bolasiga harom luqma yediribdi. Oʻsha seriallar efirga uzatilishi yoʻlida ishlaganlar ham harom-nopok ish qilgan boʻladi", degan u.
Ziyovuddin Rahim bunday seriallarga ovoz berayotgan aktyorlarni millatning ashaddiy xoinlari va munofiq, deb atagan.
"Ularni avval ham millat xoinlari deb atagandim. Hozir ham millatning eng ashaddiy xoinlari, buzgʻunchi, ikkiyuzlamachi, munofiq kimsalar deb bilaman. Boshqalarni ham jaholatga, razolatga qarshi kurashishga chaqiraman.
Seriallarni zudlik bilan toʻxtatinglar! Aks holda oxiri yomon boʻladi!
Qardosh Turkiya bilan aloqalarimiz tiklangani yaxshi, albatta. Lekin bu, ularning maʼnan buzuq, yomonlikka undaydigan seriallarini qoʻyish mumkin degani emas. Turklarda ham bor yaxshi, mazmunli seriallar. Nega ular qolib, aynan shahvatparastlikka moyil qiluvchi, oilalar tinchligini buzadigan, imonga, odob-axloqqa rahna soladigan chiqindi seriallar berilmoqda? Buning ortida kimlar turibdi oʻzi? Qani, mard boʻlsa, haq boʻlsa, chiqsin, oʻzini koʻrsatsin, nima uchun, qanday maqsadda bunday ahmoqona seriallar berayotganini tushuntirsin!
Balki, men notoʻgʻri ifodalagandirman, balki boshqa sababi bordir. Xullas, ayrim insonlar seriallar haqidagi postimni "Televideniyeda ishlash harom ekan?" deb tushunishyapti. Yoʻq, azizlar, men unday demadim. OʻzMTRKda ishlash harom deb aytmadim. Balki millatimiz shaʼnini bulgʻayotgan, yoshlar odobini buzayotgan, juda koʻp zarari tegayotgan fahsh aralash seriallarni efirga uzatish, uni tayyorlashda qatnashish joiz emasligi haqida gapirdim", deb yozgan u. BBCUZBEK.COM Facebook va ok.ru dagi sahifalardagi oʻquvchilari orqali ushbu ayblovlarga munosabat bildirishni soʻradi.
"Ziyovuddin Rahim domlaning gapiga karshi chikish uchun uningdek bilim egasi boʻlish kerak. Komment yozganlarning koʻpchiligi ilmdan bexabar insonlar.Shu kishidek ulamolarimiz bizga tugri yul koʻrsatsa darrov notoʻgʻri talqin qilish boshlanadi. Bunday seriallar toʻxtatilishi kerak. Hak gapni aytganlar", deydi Rano Goziboyeva.
"Turkiyada bunday seriallar berib boriladi. Turkiya demokratik davlat. Bu kabi seriallar berib borilishi tabiiy xol. Shu bilan birga diniy kanallar, amru maʼruf kanallari xam bisyor. Turkiyada bu kabi seriallarni koʻrishdan musulmonlarni qaytarish uchun bemalol ilm axllari oʻzlarining qarshi fikrlarini bildirishadi. Xattoki ilm axllari va oddiy musulmon qatlam yegʻilishib, bu kabi serial xamda koʻrsatuvlarni yoyindan qoldirilishini soʻrab imzo toʻplashadi. Bu ishlar natijasida shu kabi axloqqa zid boʻlgan koʻrsatuvlarni efirdan olib tashlanishiga xam erishishgan. Bu kabi qarshi fikr bildirganlarga xech qanday jinoiy ish ochilmaydi. Turkiya demokratik davlat, xar kim oʻz fikrini aytish xuquqiga ega. Oʻzbekiston xam demokratik davlat emasmi?", deydi Xon Buvi.
Abdu Salim nomli foydalanuvchi matn muallifidan Oʻzbekiston qonunlarini hurmat qilishni soʻraydi.
"Matn muallifi iltimos davlatimiz konunlariga hurmat bilan qarang. Hech kimni xoin va munofik deb asossiz va konunsiz aytilishiga ruxsat yoʻq. Davlatimiz qonunlarida bu serial mumkin, bu mumkin emas degani yoʻq. Faqat pornografiya va ekstremizmni targʻib qiluvchi boʻlsa mumkin emas, buni xam tegishli idora qarori bilan amalga oshiriladi. Davlatimiz dunyoviy davlat, diniy emas. Diniy normalar majburiy xarakterga ega emas. Boshqalarning xohishlarini hurmat qiling", deydi u.
Anvar Kodirov dublyajda ishtirok etgan aktyorlar faqat kinoga ovoz berganini va kinoni tanlash huquqi yoʻqligini aytadi. Unga koʻra luarni nishonga olinishi toʻgʻri emas. Fikrlarni esa tamgʻa ishlatmasdan ifoda etish mumkinligini aytgan.
Facebook da ancha faol boʻlgan blogger Musannif Adham boshqalarning erkinligiga daxl qilmasdan erkinlikni talab qilish kerakligini yozgan.
"Men bir narsaga qatʼiy ishonaman: mening eʼtiqodim - Islom aqidasi dunyodagi eng kuchli aqida. Shunday ekan, men uni kuch bilan targʻib qilishimga mutlaqo hojat yoʻq. Aksincha, uni yetkazib, tushuntirib bera olsam, kifoya - xalqning hammasi boʻlmasa ham katta qismi unga ergashadi. Menga Islomni tushuntirishga, uni xalqqa yetkazishga imkon kerak. Shuning uchun qayerdagi seriallar, kontsertlarning zararidan, tarqalishidan xavfsiramayman, ularga taqiq qoʻyilishini talab qilmayman. Shunchaki, ularga berilgan imkon menga ham berilishini istayman. Qolganini vaqt oʻtib koʻramiz, Insha Alloh", deb yozgan Musannif Adham oʻz sahifasida. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

Комментарии

  • 15 фев 2018 22:09
    Инсонни тафаккури  тушинчаси диний билими  мактабда литсейда оилада бошланади  бунга сериални салбий тасири йок деб уйлайман  турк сериалларини  тугри  очик сочиклари хам бор  тарбиялилари хам бор  лекин бизда рассия телеканаллари хам бор  кейин хозир болалаи кулида телефонла бор уларни нима киласиз  холбуки интернетдан хохлаган нарсасини топиб   кураяпти  буни нима киласиз  сериалларни куйишмасин аммо  нетдагилани нима киласиз асосий муаммо  бу  бунда артистларни  айби йок деб уйлайман
  • 16 фев 2018 07:56
    5-6 чи синиф кизлари мактабга кетаётиб серялда ким ким б/н юришини кимдан кимдан хомиладор боганини гаплашиб кетаётганига гувох боганман.Серяллар миллатимиз тагига койилган секин портловчи бомба.шундай экан бомба коювчиларни кимлар деб атасак болади?
  • 16 фев 2018 09:37
    Nima uchun BBS aynan maqoladagi birgini jumlani kesib olib o'shani muxokamaga qo'ymoqda?
    Nima uchun Islomga osilganlaring osilgan.
    Buni qo'zg'ashdan kimga naf bo'lyapti!
    Maqola xech qanday ekstramestik ruhga yoki taxdidga ega emas!
  • 16 фев 2018 11:09
    Peshonasiga urish kerak o'sha tamg'ani
  • 16 фев 2018 12:52
    Иcломда ва узбек миллий урф-одатларимизда енг аcоcий таълим тарбия хиcобланади cинглим ' мекcика киноcини нимага момангиз ва боболарингиз кизикиб ку'ришмагану ' енди айнан cиз хориж давлатлари кино фильимларига кизикаcиз cабаб нимада ? Дадангиздан cу'рангчи бундан 40-йил аввал узтелеканаларда фахиш ' зинога оид кинолар ку'йилганмикан ' cиз у'зимизи узбек киноcини томаша етинг ва у'збек миллий урф-одатларимизи хурмат етинг ва езозланг ' шунда cиз cоф узбек фарзанди бу'лаcиз'
  • 16 фев 2018 13:06
    Тугридир лекин  мени замонимда хам  телеканалларда  сериал булмаган  неччинчи аср бу  инсонлар узгарган  бизни замонда мактабда укитувчини тинглардик хозир укитувчини тинглаган укувчи йок укитувчи хам укувчидан оркада емас яна боболаримиз махалладаги  катта инсонлар акл берса танбех берса ерга карардик хозирчи булани хам етиборга олинда  европа уз йолига мен сериал тамоша килмайман лекин бошкаларга дават килолмайман улар барибир куришади  лекин болалар бор булани уйлаган ким мен такрор айтаман хаммаси оиладан кейин мактабдан бошланади деб болалар ухлайдиган соат 8  ота она масул бунга лекин иктисод бизда паст ота мусопирчиликда бази оилаларда она хам болалар буви ва апаси еки аммасида уларга кулок солажими хозирги ешла телефон кулда унга ким масул нетдаги парнографик кинолага ким такик килади асосий муаммо бу
  • 16 фев 2018 13:09
    Мен хали хам узбекман ватандош узбекистон хам мексикадан колишмайди сериал ишлашда  кимники хамиртуриши тоза булса нима курса хам узгармайди сог булинг асабни асранг 21 аср бу 80 йиллар емас
  • 16 фев 2018 13:23
    Фотография
  • 16 фев 2018 13:24
    Нафакат сериаллар касеталарни, яна аллакандай антеналарни сотишни хам таькиклаш керак. Хозир каналлар куп тошкан каналидаги серялларку учирилар бошка каналларчи.
  • 16 фев 2018 13:39
    Булани уйламайди була езса булдида мени бобом момом далада мехнат килиб умри утиб кетди  сериални нималигини хам билмай  уруш замонига тугри келган бобом момолани умри уруш оркасида хизмат килган момом болалари очликдан улган теливизорни 69 йилларда олишган хозир билан у  замонни  фарки жуда катта лекин ота она бобо момо тушинчаси тарбияси битта факат узгармаган оила мухити  бор хаммасидан бошлангич синфи укитувчини  билими дуне караши кенг булиши керак бола 7 ешидан олган  тарбиясини билимини хеч качон унутмайди
  • 16 фев 2018 18:45
    Uzbekistonda xar xil tillarni urganyapmiz. Faqat tilni urgangan odam usha davlatni tarixini etiqodini odob oxloqini usha joylarni kitobidan urganadi. Uzbekistonda faqat uzbek yoki faqat musulmonlar yashamaydi.
  • 16 фев 2018 18:50
    Dublyaj qilayotganlarni tirikchiligi shu. Lekin yoqmasa usha kanalni kurmasligi yoki usha kanallarni tv dan udalit qilib tashlash mumkin. Taqiqlovlar ishtiyoqni oshiradi.
  • 17 фев 2018 22:25
    Dublyajda ovoz bergan aktyorlar millat hoini...??? Owirvormadilami?
  • 17 фев 2018 22:26
    Bunchali bo'rttirib, vohma qiliw wartmas...
  • 29 апр 2020 13:38
    Inson mukammal qilib yaratilmagan !!! Bir-birlaringga tosh otish shart emas, oldin oʻzim kimman deb savol beringlar, sha'riyatni targʻibot qilmasdan, oʻzlaring ham yarim yalangʻoch qizlarga qaragandirsizlar qachondir, qoʻshnichilik haq-huquqi esinglardan chiqib ham qolgandir, qazo namozlaring bordir sababsiz. Shunday narsalar uchun oxir zamon bor, aynan shular uchun doʻzax va jannat bor, hechkim hechkimga guvoxlik berolmidigan kuni oydinlashadi.

    U ( Alloh ) kimning yuragida nima borligini biladi.
    Qur'on 67:13