18 фев 2018

Erondagi samolyot halokatida omon qolganlar yoʻq

Eronda bortida 66 odam boʻlgan yoʻlovchi uchoq qulab tushdi. Aseman Airlines aviashirkatiga tegishli samolyot Tehrondan Eron janubiy gʻarbidagi Yasuj shahriga uchayotgan boʻlgan. Uchoq mamlakat markazidagi togʻli xududda joylashgan Semirom shahri yaqinida qulab tushgan.
Bu haqda ISNA agentligi xabar bermoqda.
Eron matbuotining yozishicha, samolyot bortida 60 yoʻlovchi, ikki uchuvchi, ikki bort styuardi va ikki qoʻriqchi boʻlgan.
Aseman Airlines vakili Muhammad Tabataiy samolyotdagi barchaning halok boʻlganini aytdi.
Uchoq yetib borish qiyin boʻlgan tumanda qulagan. Ayni damda u yerga avtomobillarga minib olgan qutqaruvchilar yetib borishga harakat qilmoqda. Hodisa joyi quyuq tuman boʻlgani sabab tikuchar qoʻna olmagan.
Uchoq Tehronning Mehrobod aeroportidan koʻtarilganidan 50 daqiqa oʻtib radarlardan yoʻqolib qolgan.
BBC Fors xizmatining "Fors" agentligiga tayanib habar berishicha, ushbu aviashirkatning yana bir samolyoti noqulay ob-havo sabab favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan.
Boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda Eronda aviahalokatlar tez-tez sodir boʻlib turadi.
Tehron buning sababini Amerika tomonidan qoʻyilgan sanktsiyalar bilan bogʻlaydi. Sanktsiyalar oqibatida mamlakat yangi Gʻarb uchoqlari yoki Erondagi uchoqlarga ehtiyot qismlarini sotib ololmaydi. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

Комментарии

  • 18 фев 2018 16:04
    Оллох рахматига олсин нималар булябти узи тавба
  • 19 фев 2018 12:02
    Суннит или Шиит дело не в этом в каждом человеке есть своя вера .в своего Всевышнего