16 янв 2016

Ninachilar turkumi.

Ninachilar - eng qadimgi hasharotlar. Ularning qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yoniga yoyilib turadi. Qorin bo’limi ingichka va uzun bo’ladi. Ko’zlari juda yirik, lichinkasi suvda rivojlanadi (48-rasm).
48-rasm. Chala o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar:
1 - yashil temirchak; 2 - chigirtka; 3 - qora chirildoq; 4 - sariq suvarak; 5 - suluv ninachi; 6 - to’shak qandalasi.

Ninachilar va ularning lichinkalari yirtqich hayot kechiradi. Voyaga yetgan ninachilar o’ijasini oldingi oyoqlari yordamida havoda tutadi. Ular zararkunanda va qon so’ruvchi hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ninachilarning lichinkalari chivinlar, kunliklar va boshga hayvonlarning suvda yashaydigan lichinkalari bilan oziqlanadi. Vohalardagi suv havzalari yaqinida moviy ninachi, tog’li hududlarda halqali ninachi, oqmaydigan suv havzalar yaqinida suluv ninachi uchraydi.
To’g’riqanotlilar turkumi. To’g’riqanotlilarning oidingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari esa yelpig’ichga o’xsbab oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi. Ularning og’iz organlari kemiruvchi, orqa oyoqlari sakrovchi tipda tuzilgan. To’g’riqanotlilar tuxumlarini tuproqda maxsus ko’zachaga qo’yadi. To’g’riqanotlilarga chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar kiradi. Ko’pchilik turlarining ovoz chiqarish va eshitish organlari bor.
To’g’riqanotlilar - juda ochko’z o’txo’r hayvonlar. Ayrim yillari chigirtkalar tez ko’payib, juda katta gala hosil qiladi. Bunday gala harakat qilganida yo’lida uchraydigan hamma o’simliklarni yeb ketaveradi.
Qandalalar turkumi. Qandalalar birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof. Shuning uchun ular yarim qattiqqanotlilar ham deb ataladi. Ko’pchilik turlari o’simlik shirasini so’rib oziqlanadi. Cho’l va dashtlarda keng larqalgan hasva qandalasi donli ekinlar doni va bargini so’rib oziqlanadi.
Qandalalar orasida qon so’ruvchi parazitlari ham bor. To’shak qandalasi xonadonlarda yashaydi; odam va hayvonlar qonini so’radi. To’shak qandalasining qanotlari bo’lmaydi; tanasi mayda sezgir tuklar bilan qoplangan; hidni juda yaxshi sezadi.
Ninachilar. to’g’riqanotlilar. qandalalar - chalu o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar. Ninachilar va ular lichinkasi - yirtqich. Ninachilar lichinkasi suvda rivojlanadi. To’g’riqanotlilardan chigirtkalar, qandalalardan hasva ekinlarga katta ziyon kelliradi. To’shak qandalasi odam va hayvonlar qonini so’radi.

Комментарии

Комментариев нет.