Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar.

Kerakli maxsulotlar: 12 dona bulochka uchun.
•1 stakan sut
•0,5 stakan suv
•50 gr sariyog’
•4,5 stakan un (550 gr)
•7 gr quruq xamirturush (2 choy qoshiq)
•2 osh qoshiq shakar
•1- 1/2 choy qoshiq tuz
•1 dona tuxum
Tayyorlanishi:
1.Maydaroq qozonchaga sut, suv va sariyog’ni qizdiriladi. Sariyog’ eriguncha olovda qizdiriladi, qaynab ketmasligi kerak.
2.Kattaroq idishga 3 stakan un, xamirturush, shakar va tuz solib aralashtiriladi. Ustidan sutli aralashma solib xamir qoriladi. Qolgan un ustiga kam-kam sepib yaxshilab mushlanadi, taxminan 8 daqiqa. Xamir silliq va elastik bo’lishi kerak.
3.12 ta mayda-mayda zuvalachalar yasaladi. Yog’langan duxovka listiga tizib, zuvalachalar ustidan sekin bosib-bosib chiqiladi. Usti yopib 30-40 daqiqa damga qo’yiladi.
4.200 C haroratda 10-12 daqiqa pishirib olinadi, bulochkalar qizarishi kerak.
5.Xot-dog uchun bulochka pisirish uchun, zuvalani olib to’rt burchak kilib yoyiladi 15 x 10 sm. Uzun tomoni zich qilib o’raladi ruletday o’raladi chetlari yopishtiriladi. 20-25 daqiqa damga qo’yiladi, yuqorida yozilgandek pishiriladi.
6.Istalgan hajmda bulochkalar qilishingiz mumkin.

Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar. - 856639962346

Comentarii