June 4, 2013 Ba’zan odnoklassnikida bu profildan u profilga o’tib ularni tomosha qilib o’tirganimda, g’alati narsalarning guvohi bo’laman. Bu ajoyibotlar shundan iboratki, unda profil nomi (nickname) F.I.Sh . yozilishi kerak bo’lgan joyga “Profil udalyen“, “Udalilas“, “Profil o’chirilgan” degan g’aroyib yozuvlar yozib qo’yishgan bo’ladi. Bularning sababi, o’ylashimcha, odnoklassniki.ru saytidan profilini qanday o’chirib tashlash kerak ekanligini bilmasligi deb o’yladim. Yoki Sizning profilingizni allaqachon ko’pchilik biladi va uni o’chirib tashlab, yangi profil ochmoqchisiz. Lekin qanday yo’l tutasiz? Barcha do’stlaringizni bitta-bittalab o’chirib chiqasizmi? Rasmlarchi? Xatlarchi? Nicknamega (FISh)ga esa yuqoridagi g’alati nomlarni qo’yib qo’yasizmi? Yaxshisi, keling, profilni qanday o’chirishni o’rganib chiqamiz. Demak, buning uchun avvalo o’z sahifangizga kiring: Asosiy bo’limdan boshqa xohlagan bo’limga o’ting, masalan, fotosuratlar bo’limi(Chunki Asosiy bo’limda lenta mavjud bo’lib, u yerda cheksiz pastga tushish kerak) Saytning pastki qismida “Reglament” degan bo’limni topib, shu bo’limga o’ting: U yerda Litsenzion kelishuvga ko’zingiz tushadi. U juda ham uzun: Yana eng pastki qatorga tushing va u yerda siz “Xizmatlardan voz kechish” degan tugmani ko’rasiz: Shu tugmaga bossangiz, ushbu oyna ko’rinadi: Xohlagan bo’limingizni tanlab, pastki qatorda parolingizni kiriting va “Butunlay o’chirish” tugmasini bosing. Shundan so’ng siz profilingizdan Registratsiya sahifasiga o’tib qolasiz. Profilingizni o’chib ketganligini tekshirish uchun, login va parolingizni qayta terib ko’rishingiz mumkin. PS: DIQQAT!!! Profilingizni o’chirganingizda hisobdagi barcha OKlar, xatlar, rasmlar, statuslar ham o’chib ketadi va qayta tiklanmaydi!
UMS официальный диллер Нурота г.
Odkl.ru
saytidan profilni o’chirish
June 4, 2013
Ba’zan odnoklassnikida bu profildan u profilga o’tib ularni tomosha qilib o’tirganimda, g’alati narsalarning guvohi bo’laman. Bu ajoyibotlar shundan iboratki, unda profil nomi (nickname) F.I.Sh . yozilishi kerak bo’lgan joyga “Profil udalyen“, “Udalilas“, “Profil o’chirilgan” degan g’aroyib yozuvlar yozib qo’yishgan bo’ladi. Bularning sababi, o’ylashimcha, odnoklassniki.ru saytidan profilini qanday o’chirib tashlash kerak ekanligini bilmasligi deb o’yladim.
Yoki Sizning profilingizni allaqachon ko’pchilik biladi va uni o’chirib tashlab, yangi profil ochmoqchisiz. Lekin qanday yo’l tutasiz? Barcha do’stlaringizni bitta-bittalab o’chirib chiqasizmi? Rasmlarchi? Xatlarchi? Nicknamega (FISh)ga esa yuqoridagi g’alati nomlarni qo’yib qo’yasizmi?
Yaxshisi, keling, profilni qanday o’chirishni o’rganib chiqamiz.
Demak, buning uchun avvalo o’z sahifangizga kiring:
Asosiy bo’limdan boshqa xohlagan bo’limga o’ting, masalan, fotosuratlar bo’limi(Chunki Asosiy bo’limda lenta mavjud bo’lib, u yerda cheksiz pastga tushish kerak)
Saytning pastki qismida “Reglament” degan bo’limni topib, shu bo’limga o’ting:
U yerda Litsenzion kelishuvga ko’zingiz tushadi. U juda ham uzun:
Yana eng pastki qatorga tushing va u yerda siz “Xizmatlardan voz kechish” degan tugmani ko’rasiz:
Shu tugmaga bossangiz, ushbu oyna ko’rinadi:
Xohlagan bo’limingizni tanlab, pastki qatorda parolingizni kiriting va “Butunlay o’chirish” tugmasini bosing.
Shundan so’ng siz profilingizdan Registratsiya sahifasiga o’tib qolasiz. Profilingizni o’chib ketganligini tekshirish uchun, login va parolingizni qayta terib ko’rishingiz mumkin.
PS: DIQQAT!!! Profilingizni o’chirganingizda hisobdagi barcha OKlar, xatlar, rasmlar, statuslar ham o’chib ketadi va qayta tiklanmaydi!