Deyarli har bir bola yoshligida uchragan bu kasallik hammamizga tanishdir. Uni to'g'ri davolash juda katta ahamiyat kasb etadi. Angina asoratlaridan biri yurak xastaligi ham bo'lishi mumkin ekan... Angina kasalligining alomatlari: Tana haroratining birdaniga 38-39 darjagacha ko'tarilishi So'lak yutganda tomoqda og'riq bo'lishi Badan qahshashi Tanglay murtaklarini shishib qizarishi Angina shakllari Angina kasalligining eng oddiy va oson o'tib ketadigan shakli - bu kataral shakl bo'lib, bunda yallig'lanish tanglay murtaklarining ichki to'qimalariga o'tmaydi va kasallik 3-4 kunda asoratsiz o'tib ketadi. Keyingi shakli bu - follikulyar angina bo'lib, bunda tomoq bezlarida follikula (yiring) paydo bo'ladi. Nihoyat kasallikning oxirgi shakli - bu lakunar angina bo'lib, bunda yuqorida aytib o'tilgan follikulalar bir-biri bilan ulanib ketib yarachalar hosil qiladi. Angina sababi: Streptokkok bakteriyalari Mikoplazama va xlamidiya bakteriyalari Adenovirus Anginani davolash: Afsuski, bolada tomoq qizarib anginaga shubha paydo bo'lganda, shifokorlar tavakkaliga streptokkokga qarshi bo'lgan antibiotiklar bilan davolaydilar. Agar angina sabachisi haqiqatan sptreptokkok infeksiyasi bo'lsa, u holda bola tez tuzaladi, lekin sababchi virus yoki boshqa infeksiya bo'lsa, bola nafaqat tuzalmaydi, balki kasallik og'ir shaklga o'tib yurakka zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun anginani davolashda eng muhimi, kasallik sababchisini analizlar orqali aniqlash! Ota-ona vazifasi: Bolaga tavsiya qilingan dori-vositalarni vaqtida qabul qilishdan tashqari yotish talab etiladi. Bolaning tana harorati normallashgan bo'lsa ham, yana 2-3 kun davomida uni karavotdan turmasligini ta'minlash lozim. Chunki angina organizmda kuchli intoksikatsiya jarayonini yuzaga keltiradi, bu esa yurakka zo'riqish bo'ladi. Bir tomondan angina juda oddiy kasallik bo'lsa, ikkinchi tomondan esa u tez-tez qaytarilib surunkali shaklga o'tib qoladigan kasallik. Butunlay davolangan bola 1-2 haftadan so'ng oddiy shamollash tufayli yana angina bo'lib qolishi mumkin. Undan tashqari kasallik asorati sifatida bosha organlar ziyon ko'rishi mumkin. Bu esa juda xavflidir. Agar angina bolada tez-tez takrorlanayotgan bo'lsa, u holda albatta maxsus analizlar yordamida kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya yoki virusni aniqlash kerak. Bunda sitologik va molekulyar analizlar, qon tekshiruvlari va immunogramma tekshiruvlaridan foydalaniladi. Agar bolada angina surunkali shakl(surunkali tonzillit)ga o'tgan bo'lsa, u holda yilda ikki marta kasallikni profilaktika qilish tadbirlarini o'tkazib turish maqsadga muvofiq bo'ladi. Fiziomuolajalar - Ultra yuqori chastotali terapiya, kvant terapiyasi va elektroforez. Bolani immunitetini oshirish. Bolani quruq havoli dengiz yoki dala hovlilarga olib chiqish. Toza quruq havo, suv va quyosh nurlari bola organizmiga foydali. Tanglay murtaklarini yallig'lanishni davolovchi maxsus dori-vositalar bilan yuvib turish. Ba'zi ota-onalar bolada angina tez-tez uchrab surunkali shaklga o'tib qolganda, tanglay murtaklarini olib tashlashga qaror qiladilar. Bunga shoshilmang! Tanglay murtaklari bir tomondan, bola organizmini tashqi muhitdan himoya qiluvchi vosita bo'lib, uni olib tashlash bolani katta himoyadan xoli qilib qo'yishni anglatsa, ikkinchi tomondan, surunkali angina yurak va bo'g'im kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun tanglay murtaklarini olib tashlash zaruriyati haqiqatan borligini aniqlash juda muhim!
Chaqaloq parvarishi...!
Bolalarda angina
Deyarli har bir bola yoshligida uchragan bu kasallik hammamizga tanishdir. Uni to'g'ri davolash juda katta ahamiyat kasb etadi. Angina asoratlaridan biri yurak xastaligi ham bo'lishi mumkin ekan...
Angina kasalligining alomatlari:
Tana haroratining birdaniga 38-39 darjagacha ko'tarilishi
So'lak yutganda tomoqda og'riq bo'lishi
Badan qahshashi
Tanglay murtaklarini shishib qizarishi
Angina shakllari
Angina kasalligining eng oddiy va oson o'tib ketadigan shakli - bu kataral shakl bo'lib, bunda yallig'lanish tanglay murtaklarining ichki to'qimalariga o'tmaydi va kasallik 3-4 kunda asoratsiz o'tib ketadi.
Keyingi shakli bu - follikulyar angina bo'lib, bunda tomoq bezlarida follikula (yiring) paydo bo'ladi.
Nihoyat kasallikning oxirgi shakli - bu lakunar angina bo'lib, bunda yuqorida aytib o'tilgan follikulalar bir-biri bilan ulanib ketib yarachalar hosil qiladi.
Angina sababi:
Streptokkok bakteriyalari
Mikoplazama va xlamidiya bakteriyalari
Adenovirus
Anginani davolash:
Afsuski, bolada tomoq qizarib anginaga shubha paydo bo'lganda, shifokorlar tavakkaliga streptokkokga qarshi bo'lgan antibiotiklar bilan davolaydilar. Agar angina sabachisi haqiqatan sptreptokkok infeksiyasi bo'lsa, u holda bola tez tuzaladi, lekin sababchi virus yoki boshqa infeksiya bo'lsa, bola nafaqat tuzalmaydi, balki kasallik og'ir shaklga o'tib yurakka zarar keltirishi mumkin.
Shuning uchun anginani davolashda eng muhimi, kasallik sababchisini analizlar orqali aniqlash!
Ota-ona vazifasi:
Bolaga tavsiya qilingan dori-vositalarni vaqtida qabul qilishdan tashqari yotish talab etiladi. Bolaning tana harorati normallashgan bo'lsa ham, yana 2-3 kun davomida uni karavotdan turmasligini ta'minlash lozim. Chunki angina organizmda kuchli intoksikatsiya jarayonini yuzaga keltiradi, bu esa yurakka zo'riqish bo'ladi.
Bir tomondan angina juda oddiy kasallik bo'lsa, ikkinchi tomondan esa u tez-tez qaytarilib surunkali shaklga o'tib qoladigan kasallik. Butunlay davolangan bola 1-2 haftadan so'ng oddiy shamollash tufayli yana angina bo'lib qolishi mumkin. Undan tashqari kasallik asorati sifatida bosha organlar ziyon ko'rishi mumkin. Bu esa juda xavflidir.
Agar angina bolada tez-tez takrorlanayotgan bo'lsa, u holda albatta maxsus analizlar yordamida kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya yoki virusni aniqlash kerak.
Bunda sitologik va molekulyar analizlar, qon tekshiruvlari va immunogramma tekshiruvlaridan foydalaniladi.
Agar bolada angina surunkali shakl(surunkali tonzillit)ga o'tgan bo'lsa, u holda yilda ikki marta kasallikni profilaktika qilish tadbirlarini o'tkazib turish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Fiziomuolajalar - Ultra yuqori chastotali terapiya, kvant terapiyasi va elektroforez.
Bolani immunitetini oshirish. Bolani quruq havoli dengiz yoki dala hovlilarga olib chiqish. Toza quruq havo, suv va quyosh nurlari bola organizmiga foydali.
Tanglay murtaklarini yallig'lanishni davolovchi maxsus dori-vositalar bilan yuvib turish.
Ba'zi ota-onalar bolada angina tez-tez uchrab surunkali shaklga o'tib qolganda, tanglay murtaklarini olib tashlashga qaror qiladilar. Bunga shoshilmang! Tanglay murtaklari bir tomondan, bola organizmini tashqi muhitdan himoya qiluvchi vosita bo'lib, uni olib tashlash bolani katta himoyadan xoli qilib qo'yishni anglatsa, ikkinchi tomondan, surunkali angina yurak va bo'g'im kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun tanglay murtaklarini olib tashlash zaruriyati haqiqatan borligini aniqlash juda muhim!