QUR’ON AXLOQIGA KO‘RA MO‘MINNING 24 SOATI Turk tilidan erkin tarjima Tarjimon: Dilfuza Sarvarova Mas’ul muharrir: Hoji Mirzo Kenjabek « Movarounnahr» Toshkent 2006 Alloh Insonni ulug‘lab, uni O‘zining yerdagi xalifasi qilib yaratdi. Ko‘rish, hid va ta’m bilish, aql va taffakur qilish hidoyatini ato etdi. Yerni inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘zida mujassam qilgan maskanga aylantirdi. Undagi jamiki narsalarni insonga bo‘ysindirib, uni sinov va imtihon qilishni iroda etdi. Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichra yashab, ko‘zi o‘rganib qolganidan, bularga e’tibor bermaydi. Aslida Alloh yaratgan har bir narsada — chumolida ham, chivinda ham mo‘jiza bor, mo‘minga ibrat bor. O‘qing, uqing, amal qiling. Maqsadimiz — Qur’on axloqi bilan hidoyat topgan insonlarning baxtiyorligi, xotirjamligini namuna qilib ko‘rsatish, Sizni ham Haq yo‘liga da’vat etishdir. POKIZA HAYOT VASFI (yoki ogohlikka undovchi kitob) Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dunyoda barcha bandalariga, oxiratda esa O‘zi do‘st tutgan bandalariga rahm qilguvchi Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Qur’on axloqi bilan xulqlanib, eng ulug‘ xulq sohibi bo‘lgan sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi va sallamga so‘ngsiz salotu salomlar yo‘llaymiz. Alloh taolo muqaddas Kalomida: يَا أَيُّهَا النَّاسُ أَنْتُمُ الْفُقَرَاءُ إِلَى اللَّهِ وَاللَّهُ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ (١٥( "Ey insonlar! Sizlar Allohga muhtojsizlar, Alloh esa boy-behojatdir (hech narsaga, hech kimga hech qaiday ehtiyoji yo‘qdir) va hamdga loyiq zot faqat Udir!" — deb marhamat qiladi. ("Fotir", 15). Darhaqiqat, inson dunyoyu oxiratda Allohning rahmatiga muhtojdir. Alloh insonga ato etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri go‘zal axloqdirki, unga sohib bo‘lish uchun ham Allohga, Qur’onga muhtojmiz. Inson ogohqalb bilan yashasa, muqaddas Islom dini uning butun faoliyatini ibodat holiga keltiradi. "Qur’on axloqiga ko‘ra mo‘minning 24 soati" deb nomlangan ushbu kitob insonni tafakkurga, ogohlikka, go‘zal axloqqa, pokiza hayotga undaydi; Qur’oni karim asosida yashashga chaqiradi. Mo‘min odam uyg‘onganida uyqu va bedorlik, tiriklik va o‘lim, kecha va kunduz, a’zoyi badan ne’matlarini tafakkur etib, shukr qiladi. Yuvinayotganda vujud ne’matini, suv va poklik ne’matlarini o‘ylab, Alloh pok bandalarini sevishini fikrlab, masrur bo‘ladi. Kiyinayotganda badanni berkitib turadigan, issiqdan, sovuqdan va turli zararlardan saqlaydigan kiyim-kechak ne’matini, taomlanayotgan paytida halol luqma, quvvat va ibodat, meva-sabzavot, olov va taom ne’matlarini tafakkur qilib, Parvardigoriga shukr aytadi. Yo‘l yurayotganida yer va osmon, suv va quruqlik, yurish va ulov: ot, eshak, xachir, tuya, avtomashina, poyezd, samolyot, kema va hali inson zoti bilmagan turli naqliyot vositalarini fikrlab, ularga sabab bo‘lgan temir, po‘lat, mis va xilma-xil ma’danlarni o‘ylab ogohlanadi. Ish-xizmat, savdo-sotiq asnolarida rizqning orqasidan quvib Allohni unutmaslikka, dunyo hirsiga berilib, taqvoni unutmaslikka, oxiratni qo‘ldan bermaslikka urinadi. Ibodat asnosida bu ne’matni hamma narsadan ustun qo‘yib, ixlos va muhabbat bilan, xorlik va zorilik, ogoh dil bilan mehribon Parvardigoriga bandalik qilishga beriladi. Uxlash oldidan yana kecha va qunduzning almashinib turishini fikrlaydi, tavbayu istig‘for bilan, tunni libos va orom qilib bergan Robbisiga shukrlar qiladi. Xufton va bomdod namozlari orasidagi uyqusi ham ibodat o‘rniga o‘tadi. Shuningdek, mo‘min kishi oilasi va yaqinlari bilan munosabatda, turli ne’matlar oldida, go‘zallik qarshisida, betob bo‘lganida, ozor yetkazuvchi narsalarga duch kelganida, hamisha, har qachon, har qayda muqaddas Qur’onga muvofiq yashashga intiladi. Insonning o‘rinli sukuti ham ibodatga aylanadi. Jimlik ikki xildir: sukut — oddiy jim turish, sumut ("sod" bilan) — Allohning qudrati, san’ati, ne’matlarini tafakkur qilgan holda jim turish. Ikkinchi holda banda Allohga yaqinlikni kasb etadi. "Dil ba yor, dast ba kor" - "Ko‘ngil Allohda, qo‘l ishda, ya’ni, “Zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan” deb atalgan Naqshbandiya qoidasi Qur’on va sunnatga asoslanganligi ana shu hollarda ko‘rinadi. Mazkur ishlarni bajarishda mo‘min inson to‘rt ulug‘ ne’matga erishadi: 1.Kunlik hayotining hamma jarayonida muqaddas Qur’on axloqiga, uning oliy namunasi bo‘lmish Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xulqlariga rioya qilib, savob va darajotlar topadi. 2.Har qaysi ish-harakat, faoliyat onida o‘sha ish-harakatlarga tegishli oyati karimalarni tafakkur qilib, Allohga yaqin bo‘ladi. 3.Qalbi va niyatining sihhatiga qarab, insonning butun harakatlari ibodat holiga keladi. 4.Dunyoda mas’ud va baxtiyor bo‘lib, Alloh zikri va fikri bilan vujudi orom topib, inshaAlloh oxiratda ham Allohning rahmatiga, jannati va jamoliga musharraf bo‘ladi. Bas, ushbu mo‘‘jaz risola insonning g‘aflatdan qutulishiga yordam beradigan ma’nolar xazinasidir. Robbimiz undagi go‘zal tavsiyalarga amal qilib yashashni hammamizga nasib aylasin! Tarjimol va musannif Dilfuza Sarvarova "Muqaddas oylar va mustajob duolar", "Oxirat ozig‘i" tasniflari bilan kitobxonlarga tanish. Ushbu asarni ham mehribon Alloh dunyo va oxiratlari uchun manfa’atlik qilsin! Hoji Mirzo Kenjabek 18.01.2006 Sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Alloh maqtagan, Kur’oni karim o‘rgatgan xulq bo‘lib, Kur’ondagi barcha yaxshiliklarni u zotda ko‘rish mumkin edi. Sahobalar u zotning xulqlari haqvda Oisha onamiz roziyallohu anhodan so‘rashganida, bunday javob qilganlar: “Sizlar Kur’on o‘qimaysizlarmi? U zotning xulqlari Qur’on edi”.
DARDLI QALBLAR
:АБУ АБДУЛЛОХ
HORUN YAHYO
QUR’ON AXLOQIGA
KO‘RA MO‘MINNING
24 SOATI
Turk tilidan erkin tarjima Tarjimon:
Dilfuza Sarvarova
Mas’ul muharrir:
Hoji Mirzo Kenjabek
« Movarounnahr»
Toshkent
2006
Alloh Insonni ulug‘lab, uni O‘zining yerdagi xalifasi qilib yaratdi. Ko‘rish, hid va ta’m bilish, aql va
taffakur qilish hidoyatini ato etdi. Yerni inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘zida
mujassam qilgan maskanga aylantirdi. Undagi jamiki narsalarni insonga bo‘ysindirib, uni sinov va
imtihon qilishni iroda etdi.
Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichra yashab, ko‘zi o‘rganib qolganidan, bularga e’tibor
bermaydi. Aslida Alloh yaratgan har bir narsada — chumolida ham, chivinda ham mo‘jiza bor,
mo‘minga ibrat bor.
O‘qing, uqing, amal qiling. Maqsadimiz — Qur’on axloqi bilan hidoyat topgan insonlarning
baxtiyorligi, xotirjamligini namuna qilib ko‘rsatish, Sizni ham Haq yo‘liga da’vat etishdir.
POKIZA HAYOT VASFI
(yoki ogohlikka undovchi kitob)
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dunyoda barcha bandalariga, oxiratda esa O‘zi do‘st tutgan
bandalariga rahm qilguvchi Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Qur’on axloqi bilan xulqlanib, eng
ulug‘ xulq sohibi bo‘lgan sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi va sallamga
so‘ngsiz salotu salomlar yo‘llaymiz.
Alloh taolo muqaddas Kalomida:
يَا أَيُّهَا النَّاسُ أَنْتُمُ الْفُقَرَاءُ إِلَى اللَّهِ وَاللَّهُ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ (١٥(
"Ey insonlar! Sizlar Allohga muhtojsizlar, Alloh esa boy-behojatdir (hech narsaga, hech
kimga hech qaiday ehtiyoji yo‘qdir) va hamdga loyiq zot faqat Udir!" — deb marhamat qiladi.
("Fotir", 15). Darhaqiqat, inson dunyoyu oxiratda Allohning rahmatiga muhtojdir. Alloh insonga ato
etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri go‘zal axloqdirki, unga sohib bo‘lish uchun ham Allohga, Qur’onga
muhtojmiz.
Inson ogohqalb bilan yashasa, muqaddas Islom dini uning butun faoliyatini ibodat holiga keltiradi.
"Qur’on axloqiga ko‘ra mo‘minning 24 soati" deb nomlangan ushbu kitob insonni tafakkurga,
ogohlikka, go‘zal axloqqa, pokiza hayotga undaydi; Qur’oni karim asosida yashashga chaqiradi.
Mo‘min odam uyg‘onganida uyqu va bedorlik, tiriklik va o‘lim, kecha va kunduz, a’zoyi badan
ne’matlarini tafakkur etib, shukr qiladi.
Yuvinayotganda vujud ne’matini, suv va poklik ne’matlarini o‘ylab, Alloh pok bandalarini sevishini
fikrlab, masrur bo‘ladi.
Kiyinayotganda badanni berkitib turadigan, issiqdan, sovuqdan va turli zararlardan saqlaydigan
kiyim-kechak ne’matini, taomlanayotgan paytida halol luqma, quvvat va ibodat, meva-sabzavot, olov
va taom ne’matlarini tafakkur qilib, Parvardigoriga shukr aytadi.
Yo‘l yurayotganida yer va osmon, suv va quruqlik, yurish va ulov: ot, eshak, xachir, tuya,
avtomashina, poyezd, samolyot, kema va hali inson zoti bilmagan turli naqliyot vositalarini fikrlab,
ularga sabab bo‘lgan temir, po‘lat, mis va xilma-xil ma’danlarni o‘ylab ogohlanadi.
Ish-xizmat, savdo-sotiq asnolarida rizqning orqasidan quvib Allohni unutmaslikka, dunyo hirsiga
berilib, taqvoni unutmaslikka, oxiratni qo‘ldan bermaslikka urinadi.
Ibodat asnosida bu ne’matni hamma narsadan ustun qo‘yib, ixlos va muhabbat bilan, xorlik va
zorilik, ogoh dil bilan mehribon Parvardigoriga bandalik qilishga beriladi.
Uxlash oldidan yana kecha va qunduzning almashinib turishini fikrlaydi, tavbayu istig‘for bilan,
tunni libos va orom qilib bergan Robbisiga shukrlar qiladi. Xufton va bomdod namozlari orasidagi
uyqusi ham ibodat o‘rniga o‘tadi.
Shuningdek, mo‘min kishi oilasi va yaqinlari bilan munosabatda, turli ne’matlar oldida, go‘zallik
qarshisida, betob bo‘lganida, ozor yetkazuvchi narsalarga duch kelganida, hamisha, har qachon, har
qayda muqaddas Qur’onga muvofiq yashashga intiladi.
Insonning o‘rinli sukuti ham ibodatga aylanadi. Jimlik ikki xildir: sukut — oddiy jim turish, sumut
("sod" bilan) — Allohning qudrati, san’ati, ne’matlarini tafakkur qilgan holda jim turish. Ikkinchi holda
banda Allohga yaqinlikni kasb etadi.
"Dil ba yor, dast ba kor" - "Ko‘ngil Allohda, qo‘l ishda, ya’ni, “Zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan”
deb atalgan Naqshbandiya qoidasi Qur’on va sunnatga asoslanganligi ana shu hollarda ko‘rinadi.
Mazkur ishlarni bajarishda mo‘min inson to‘rt ulug‘ ne’matga erishadi:
1.Kunlik hayotining hamma jarayonida muqaddas Qur’on axloqiga, uning oliy namunasi bo‘lmish
Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xulqlariga rioya qilib, savob va darajotlar topadi.
2.Har qaysi ish-harakat, faoliyat onida o‘sha ish-harakatlarga tegishli oyati karimalarni tafakkur
qilib, Allohga yaqin bo‘ladi.
3.Qalbi va niyatining sihhatiga qarab, insonning butun harakatlari ibodat holiga keladi.
4.Dunyoda mas’ud va baxtiyor bo‘lib, Alloh zikri va fikri bilan vujudi orom topib, inshaAlloh
oxiratda ham Allohning rahmatiga, jannati va jamoliga musharraf bo‘ladi.
Bas, ushbu mo‘‘jaz risola insonning g‘aflatdan qutulishiga yordam beradigan ma’nolar xazinasidir.
Robbimiz undagi go‘zal tavsiyalarga amal qilib yashashni hammamizga nasib aylasin!
Tarjimol va musannif Dilfuza Sarvarova "Muqaddas oylar va mustajob duolar", "Oxirat ozig‘i"
tasniflari bilan kitobxonlarga tanish. Ushbu asarni ham mehribon Alloh dunyo va oxiratlari uchun
manfa’atlik qilsin!
Hoji Mirzo Kenjabek 18.01.2006
Sevikli Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Alloh
maqtagan, Kur’oni karim o‘rgatgan xulq bo‘lib, Kur’ondagi barcha yaxshiliklarni u zotda ko‘rish
mumkin edi. Sahobalar u zotning xulqlari haqvda Oisha onamiz roziyallohu anhodan so‘rashganida,
bunday javob qilganlar: “Sizlar Kur’on o‘qimaysizlarmi? U zotning xulqlari Qur’on edi”.